Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

120 
 
 
 
Samarqand - 2010 
 
 
Ro’yxatga olindi 
№____________ 
2010 yil 


12
Ushbu fan dasturi fakultet Ilmiy Kengashining 2010 yil 29 avgustdagi majlisida 1-
son bayonnoma bilan tasdiqlangan. 
 
 
Fakultet dekan: dots. H.Qurbonov 
 
 
 
Ushbu fan dasturi fakultet o’quv-uslubiy kengashining 2010 yil 29 avgustdagi 
majlisida 1-son bayonnoma bilan tasdiqlangan. 
 
 
Fakultet o’quv-uslubiy kengashi raisi: dots. E.Sattorov 
 
 
 
Ushbu fan dasturi kafedraning 2010 yil 27 avgustdagi №1 majlisida 1-son 
bayonnoma bilan tasdiqlangan. 
 
 
Kafedra mudiri: dots. A.Abdirashidov 
 
 
 
 
Tuzuvchi: dots. Sh.S.Mamatov
 

 
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2010 
 


13
1.1.
 
FANGA KIRISh, UNING DOLZARBLIGI, MAKSAD VA VAZIFALARI,
UNI UZLAShTIRIShGA KUYILADIGAN TALABLAR. 
 
 
1.1.1. Kirish 
(Fanning o`rni va axamiyati, rivojlanish taraqqiyoti, nazariy va metodologik 
asosi va o`rganiladigan muammolari bayon etiladi) 
Ushbu dastur universitet mexanika–matematika fakulteti matematika ta’lim yo’nalishi
talabalari uchun mo’jallangan. 
Matematika va informatika o’qitish uslubiyati keng tarmoqli fan bo’lib, u pedagogika, 
psixologiya va didaktika bo’yicha ilmiy tadqiqotlarda muhim g’oyaviy qurol vazifasini bajaradi. 
Ushbu fan pedagogika, psixologiya va didaktika sohalarida mavjud bo’lgan va ta’lim jarayonida 
o’quvchtilarni intellektual qobiyalitlarini rivojlantirish uchun matematik bilim,ko’niukma va 
malakalarni shakllantirish usullari va matematik ta’limning umumiy qonkiyatlarini va o’qitishga 
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususiyatlarini o’rganishga xizmat qiluvchi 
qudratli qurol hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi davrda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va 
«Ta’lim to’g’risidagi Qonun» talablaridan kelib chiqib, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar 
tayyorlashni har tomonlama takomillashtirishni talab etmoqda. 
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim tizimini ikki bosqichli 
tizimga,ya’ni to’qqiz yillik umumta’lim, hunar-kollejlari va akademik liseylarida o’qish tizimiga 
o’tkazish amalga oshirilmoqda. 
Hunar-kasb kollejlari yoshlarning ko’prok qismini kasb mehnatiga, ishlab chiqarish
ta’limdagi va madaniyatdagi faoliyatga tayyorlash vazifalarini amalga oshirishi zarur. akademik 
liseylar esa yoshlarldda nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ularda 
intellektual faoliyatga qiziqishga qobiliyatli, kelgusi hayotini oliy o’quv yurtlariga kirish va 
ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishni maqsad kilib qo’yganlarini tarbiyalab yetishtirishi lozim. 
Bunday sharoitlarda zamonaviy ilmiy-uslubiy saviya matematika bo’yicha o’quv-tarbiya 
jarayonini tashkil eta oladigan matematika o’qituvchilariga katta ehtiyoj tug’ilmoqda, ular turli 
o’quv yurtlarida ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’qita oladigan o’qituvchilar ham 
bo’lishi zarur. Bunda asosiy o’ringa o’qitishning «Matematikani chuqurlashtirib o’qitish», 
«Matematik iqtidorlik» kabi dasturlari chiqmog’i lozim. Shuning uchun universitetlarning 
mexanika-matematik fakultetlarida yuqori malakali matematik o’qituvchilari tayyorlashga imkon 
beruvchi matematika o’qitish uslublari va nazariyasi fanini o’qitish sifatini oshirish zamon talabi 
va juda ham zarur hisoblanadi. 
Fanni kiritishdan maqsad talabalarga umumta’lim maktablarida matematika o’qitish 
qonuniyatlari va ushbu qonuniyatlardan o’quv jarayonida qo’llanish usullarini o’rgatish, ularda 
kelgusi faoliyatlarida nazariy va amaliy jihatdan pedagogik faoliyatda foydalana olish ko’nikma 
va malakalarni shakllantirish qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi. 
Matematika va informatika o’qitish uslubiyatini o’rganish jarayonida pedagogika, 
psixologiya, didaktika, axborot texnologiyalari, yangi pedagogik texnologiyalar kabi 
matematikaning turli tarmoqlari tadqiqot metodlari va natijalaridan keng foydalaniladi. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə