Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari


Matematika - fan va o’quv predmeti sifatida



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

1.Matematika - fan va o’quv predmeti sifatida. 
“Matematika” so`zi grekcha “bilish, fan” so`zidan olingan bo`lib, bizga qadimgi 
Yunonistondan yetib kelgan. Bu fan o`z rivojlanish davri mobaynida quyidagi davrlarni bosib 
o`tgan: 
1) 
Matematikaning paydo bo`lish davri 
2)
O`zgarmas miqdorlar davri

3) 
O`zgaruvchi miqdorlar davri
4) 
O`zgaruvchi munosabatlar davri 
Matematika fan sifatida ham, o`quv predmeti sifatida ham yosh avlodga o`rgatilishi talab 
etiladi. Bunga sabablar quyidagilar:
Matematika o’quv predmeti sifatida: o’quvchilarga matematikadan bilim, ko’nikma va 
malakalar beriladi; matematik bilimlar berishda o’quvchilar yosh xususiyatlari hisobga olinadi
yangi matematik tushuncha yoki qonun kiritishga yondashish muhim ahamiyatga ega va shu 


14
asosda uni bayon etish usuli tanlanadi; abstrakt tushunchalar izohlar va misollar bilan beriladi; 
o’qitishda takrorlash ham amalga oshiriladi; o’quv predmeti fan tizimini qisqartirish va buzish 
mumkin emas. 
"Metodika" so’zi yunoncha "metod" yoki "usul" so’zidan olingan. Matematika o’qitish 
metodikasi (uslubiyati) fani deb jamiyat tomonidan qo’yilgan ta’lim maqsadlarga mos ravishda 
matematika o’qitish usullarini, qonuniyatlarini uning ma’lum rivojlanish darajasida o’rganadigan 
va tadqiq etadigan pedagogikaning bo’limiga aytiladi. 
Matematika fan sifatida:
moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy munosabatlarini aks 
ettiruvchi qonunlarni to’la va chuqur o’rganish, targib etishni talab etadi; o’rganilayotgan 
qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi va ularning qanday usul bilan asoslanganligi 
rivojlanish darajasi bilan hisoblashmaydi; unda tadqiqotchining shaxsiy fazilatlari, u yoki bu 
matematik qonunning qanday kashf etilganligi muhim emas; matematika fani ma’lum tizimda 
yaratiladi va rivojlanadi, u bir –biriga bogliq qat’iy ketma–ket keluvchi qonunlarni ochib beradi. 
fanda asosiy tushunchalar, qabul qilingan aksiomalar uning boshlangich asosi bo’lib hisoblanadi. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə