Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

Matematika o’qitish uslubiyati
fani "matematika pedagogikasi" sifatida ta’limning 
umumiy qonuniyatlarining matematika sohasida namoyon bo’lish xususiyatlarini o’rganadi. 
Matematika o’qitish uslubiyati fani avvalo o’zaro bir-biriga boglik to’rtta savolga javob 
berishi lozim. 
Birinchisi 
– nima uchun matematikani o’rgatish kerak? 
Ikkinchisi 
– kimni matematikaga o’rgatish kerak? 
Uchinchisi
–o’rganiladigan matematika mazmuni qanday bo’lishi kerak? Yoki nimani 
o’rgatish kerak? 
To’rtinchisi 
– matematikani qanday o’rgatish kerak? 
Matematika o’qitish uslubiyati fanining asosiy vazifalari quyidagilar:: matematikani 
o’rganishning maqsadlari va o’quv predmeti mazmunini aniqlash; qo’yilgan masalalarni 
amalga oshirish uchun eng qulay usullar va asosiy o’qitish shakllarini yaratish.
Matematika o’qitish uslubiyati uchta bo’limdan iborat: matematika o’qitish 
umumiy 
uslubiyati
(masalan, o’qitish usullari prinsiplari va hokazo masalalar kiradi); matematika
o’qitish xususiy uslubiyati (maktab matematika kursining ayrim bo’limlari yoki tushunchalari 
yo’nalishlarini o’rganish usul va yo’llari qaraladi); matematika o’qitish maxsus uslubiyati 
(masalan, akademik lisey, kasb-hunar kollej va maxsus o’quv yurtlarida matematika 
o’qitishning xususiyatlari o’rganilishi mumkin). 
Matematika o’qitish uslubiyati fani o’z oldida turgan vazifalar ko’lamiga ko’ra boshqa 
fanlar bilan uzviy aloqada. Avvalo matematikaning o’zi bilan mustahkam bogliq bo’lib, shu 
asosda o’qitishning mazmuni va usullari takomillashib boradi.
Matematika o’qitish uslubiyati pedagogik fan bo’lganligi uchun tabiiy ravishda 
pedagogika fani yutuqlariga tayanadi. Bundan tashkari u 
psixologiya
qonuniyatlari asosida 
matematika o’qitish konuniyatlarini ochib beradi,chunki ta’lim jarayonida o’quvchilarning 
ma’lum guruhi(sinf) va hatto ayrim o’quvchilar xususiyatlariga e’tibor berish, ularning qiziqish 
va diqqat-e’tiborlari, xotiralarini hisobga olish, o’zlashtirish bosqichlari, aql, xulqi xususiyatlari 
va h.k.larni hisobga olish talab etiladi. 
Maktabda matematika o’qitish uslubiyati mantiqqa ham tayanadi.Bunga sabab bir tomondan 
matematika o’qitish bir vaqtning o’zida mantiqiy matematik tilga o’rgatish hisoblansa, 
ikkinchi tomondan, fan sifatida matematikaning o’zi mantiq qonunlari asosida qurilgan. 
Maktabda matematika o’qitishda asosiy narsa o’qituvchining pedagogik mahorati bo’lib, 
u hyech qanday ta’rif va tavsifga muhtoj emas, chunki bu san’atdir. San’atni o’rganish lozim, 
san’atni egallash kerak. Pedagogik mahoratni egallashdagi birinchi va zarur bosqichlardan biri 
matematika o’qitish uslubiyatini o’rganish hisoblanadi. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə