O’zbekiston respublikasi



Yüklə 458,78 Kb.
səhifə1/7
tarix24.12.2017
ölçüsü458,78 Kb.
#17751
  1   2   3   4   5   6   7

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALIShER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
R.A.QOSIMOVA, U.S.DO’SANOV

QO’L TO’PI (GANDBOL) VA UNI O’QITISh USLUBIYaTI
Uslubiy qo’llanma
(Umumta’lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari, jismoniy tarbiya fakulteti talabalari, jismoniy tarbiya o’qituvchilari, sport murabbiylari uchun)
y qU

SamDU ilmiy-uslubiy kengashining

« 29 » iyundagi № 9 qarori bilan

nashrga tavsiya etilgan.




SAMARQAND-2011

Mualliflar:

Qosimova Ra’no Axmedovna – A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti «Jismoniy tarbiya va sport» kafedrasi dosenti;

Do’sanov Uchqun Suyunovich - A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti «Sport pedagogika fanlarini o’qitish uslubiyati» kafedrasi o’qituvchisi




Taqrizchilar:

1. J. B. Axtamov – Samarqand iqtisodiyot va servis insitituti jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri qul to’pi mutaxasisi k.o’qit.

2. S.O’tanazarov – A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti p.f.n. dosent.

Ushbu uslubiy qo’llanmada kelajak avlodni jismoniy va ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiya, sport va boshqa omillardan foydalanish, ularni davr talablari asosida tashkil qilish yo’llari o’z aksini topgan. Jismoniy tarbiya va sport turlari, jumladan, futbol, voleybol, qo’l to’pi va basketbol bilan ommaviy ravishda shug’ullanish o’quvchi yoshlarning kundalik ehtiyojiga aylanib bormoqda.

Mazkur uslubiy qo’llanmadan umumta’lim maktab o’quvchilari, akademik liseylarda tahsil olayotgan o’quvchi yoshlar, kasb-hunar kollejlari o’quvchi yoshlari, oliy ta’limning Jismoniy madaniyat fakultetlari talabalari, jismoniy tarbiya o’qituvchilari, sport murabbiylari va shu soha mutaxassislari, uslubchilari foydalanishlari mumkin.
Ushbu uslubiy qo’llanma mualliflarning bu sohadagi dastlabki urinishlaridan bo’lib, u haqidagi taklif va mulohazalarni quyidagi manzilgohga yuborishlaringizni so’raymiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, A.Navoiy nomidagi SamDU Jismoniy madaniyat fakulteti. Telefon: 233-01-04.

©SamDU R.A.QOSIMOVA, U.S.DO’SANOV 2011 y.

KIRISH


O’zbekistonning mustaqilligi va istiqboli yo’lidagi barcha islohotlar negizidagi tashkiliy, madaniy, sog’liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, sport va boshqa shu kabi muhim tadbirlar bugungi kunning asosiy vazifalariga aylanmoqda. Respublika Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek «Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta e’tibor berib kelinmoqda!»1 (3,5)

«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun (1997 y.), «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 y.), «Sog’lom avlod» davlat dasturi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun (2000 y.) hamda ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan qarorlar, farmonlar va nizomlarda o’quvchi-yoshlarni ma’naviy va jismoniy barkamolligini tarbiyalash kasb-hunarni egallashda zamonaviy bilimlar berish kabi muhim masalalar o’z ifodasini topgan.

Respublika Prezidenti I.A.Karimov «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» asarida ta’kidlaganlaridek, «Barchangiz yaxshi bilasizki, kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimiz. Bunda bir olam mantiq ifoda etilganligini anglamoq zarurdir».2

Qabul qilingan qarorlar va qonunlarda kelajak avlodlarning jismoniy va aqliy barkamolligini ta’minlash yo’llari ochib berilmoqda. Yoshlarning jismoniy tayyorgarligi, qobiliyati, qiziqishiga qarab sport turlari bo’yicha turli xil mashg’ulotlar, musobaqalar o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Shu sababli, jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy ravishda shug’ullanish o’quvchi-yoshlar va talabalarning kundalik ehtiyojiga aylanmog’i zarur. Shu bilan birga, u o’quvchi-yoshlarni har tomonlama rivojlantirishda, sog’lom turmush tarzini shakllantirishda, ularni barkamol inson bo’lib yetishishiga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.

Qo’l to’pini o’rgatish uzluksiz ta’lim tizimining deyarli barcha bosqichlarida, jumladan, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining doimiy tarkibiy qismi sifatida o’rgatish va o’rganish nazarda tutiladi.

Ushbu uslubiy qo’llanmada qo’l to’pi o’yinining texnikasi, texnologiyasi, qoidalari, ishtirokchilarning harakatlanishlari, to’pni uzatish va qabul qilib olish usullariga oid va hakamlik qilish talablari to’g’risida zaruriy dastlabki ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, ularni o’rgatish uslublarini takomillashtirib borish ushbu qo’llanmaning asosiy maqsad va vazifalaridan hisoblanadi.

Qo’l to’pi o’yini hozirda umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida doimiy ravishda o’rgatiladigan sport o’yinlaridan hisoblanadi. Ammo, uni uzluksiz ta’limning turli bosqichlarida yoshlarning o’ziga xos xususiyatlariga mos holda o’rgatish uslublari to’liq holda yaratilgan. Ushbu qo’llanmada qo’l to’pi o’yining texnikasi, ishtirokchilarning harakatlari, to’pni uzatish va qabul qilib olish va musobaqalarni o’tqazishni rejalashtirish va tashkil qilishga doir dastlabki ma’lumotlar keltirilgan.
1. Qo’l to’pi o’yinining tarixi, mohiyati va tavsifi.

Reja.

1. Qo’l to’pi o’yinining tarixi.

2.O’zbekistonda qo’l to’pi o’yining paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari.

3.Qo’l to’pi o’yinining mohiyati va tavsifi.



Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga qo’l to’pi sport turining tarixiy taraqiyot bosqichlarini o’rgatish, qo’l to’pi sport turining inson organizimini rivojlantirishdagi ahamiyati va ta’sirini anglashga erishish. O’quvchilarni ushbu sport turiga bo’lgan qiziqishini oshirish.

Dars o’tish vositalari: o’quv reja, ishchi dastur, ma’ruza matinlari, amaliy mashg’ulotlar, darslik va qo’llanmalar, ko’rgazmali vositalar, sport anjomlari, slayd, mustaqil topshiriq savollari.

Dars o’tish usullari: nazariy, amaliy, suhbat, savol-javoblar.

Tayanch iboralar: Qo’l to’pi sport turining tushunchalari: qo’l to’pi sport turining tarixi, O’zbekistonda qo’l to’pi sport turining tarixi, rivojlanish bosqichlari, uch bosqichli sport musobaqalarida qo’l to’pi sport turining o’rni, qo’l to’pi sport turining o’quvchilarni jismoniy sifatlarini oshirishdagi tutgan o’rni,


  1. Yüklə 458,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə