Axborot texnologiyalari



Yüklə 53,87 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü53,87 Kb.
#161273
  1   2   3   4   5
berildi Jomonqulova Servis (turizm-1)


Jomonqulova Fazilat Esirgapovna - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dosenti, t.f.n.

INNOVASION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH TARAQQIYOTINING TURIZM SOHASIDAGI
MUHIM OMILI
Annotasiya: Ushbu maqolada hozirda rivojlanib borayotgan sohalardan biri, turizmda qo‘llanilayotgan innovasion texnologiyalar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bevosita innovasion texnologiyalar ko'rsatkichlari bilan baholanadi. Bundan tashqari ushbu texnologiyalardan mamlakatimiz turizmni yanada rivojlantirishda foydalanilishi yaxshi natijalarga olib kelishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: Gadjet, audio-gid, turniket, innovasion texnologiya, turizm, milliy iqtisodiyot, daromad, istiqbolli tarmoq, global bronlash kompyuter tarmoqlari.
“Turizm — iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o’zi taqozo etmoqda”
Shavkat Mirziyoyev
Kirish
Zamonaviy turizmga bo‘lgan e’tibor XX asrda boshlangan bo‘lsada, uning rivojlanishi XXI asrga tegishli buldi va bu asrni turizm asriga aylanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bugungi kunda dunyoning 193 davlatidan 150 dan ortigi turizm bilan shugullanadi. COVID-19 pandemiyasidan oldingi o‘n yilliklarda jaxon turizmi barqaror o‘sish sur’atini ko‘rsatdi. Jahon yalpi ichki mahsulotining salmoqli ulushini egallagan turizm jahon iqisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Jumladan, 2019 yilda xalqaro turizmning dunyo YaIMdagi hissasi 10,3% ni tashkil etdi. Bu davrda sayohat va turizm sektori 3,5% ga o‘sgan, jahon iqtisodiyoti esa atigi 2,5% ga o‘sgan. Jahon turizm mintaqalarida eng tez o‘sish 5,5% bilan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘ldi, keyingi o‘rinni 5,3% o‘sish bilan Yaqin Sharq egalladi1, ushbu ko‘rsatkichlar 2021 yil sayohat va turizmning global yalpi ichki mahsulotga (YaIM) umumiy hissasi 2020 yilga nisbatan 21,7 foizga o‘sdi. Umuman olganda, sayohat va sayyohlik 2021 yilda jahon YaIMga 5,81 trillion dollar hissa qo‘shdi, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilda koronavirus (COVID-19) pandemiyasi tufayli keskin pasayganidan so‘ng qariyb bir trillion dollarga o‘sdi, ammo pandemiyadan oldingi darajadan pastligicha qolmoqda2.
Zamonaviy turizm biznesini tegishli axborot ta’minotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Dunyo bo‘ylab qamrov aviakompaniyalarning tashqi aloqa tizimlarini mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari va avtoo‘lovlarni ijaraga berish firmalarining kompyuter tarmoqlari majmuasi bilan birlashtirgan global bronlash kompyuter tarmoqlari bilan ta’minlanmoqda. Yangi axborot texnologiyalari “turist-agent-turoperator” klassik sxemasini asta-sekin yo‘qotmokda, sayyohlik agentliklari xizmatlari esa tobora kamayib bormoqda. Uning o‘rnini Internet orqali bronlash va buyurtma berish amaliyoti egallamoqda.
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilyapti. Sayyohlar oqimini yanada oshirish, ularni ohanrabodek jalb qilish uchun nima qilishimiz kerak? Nahotki shuncha tarixiy va boy madaniy meroslarimiz bo’la turib, ularni dunyoga tanita olmasak? Buning uchun bizda arzigulik va maqtagulik boy tarixiy merosimiz yetarli. Birgina Fransiyaning Parij shahriga yiliga 15 million sayyoh tashrif buyurar ekan. Biz esa har yili sayyohlar sonini sanashdan, o’tgan yildagidan biroz ko’paygan bo’lsa, uni baralla ovoza qilishdan nariga o’tmayapmiz. Nahotki yirik bir sayyohlik salohiyatiga ega davlat bo’la turib, bitta shaharchalik natijaga erisha olmasak? Raqamlarda mamlakatimizga 1 million 800 ming nafar sayyoh tashrif buyurgani qayd etilgan.

Yüklə 53,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə