Axborot texnologiyalari



Yüklə 53,87 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü53,87 Kb.
#161273
1   2   3   4   5
berildi Jomonqulova Servis (turizm-1)

Adabiyotlar sharhi
Khurram Shehzad, Xiaoxing Liu (2019) Xitoyning turizmni rivojlantirish uchun axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) va Ipak yo‘li infratuzilmasining rolini o‘rganib chiqdi. Bundan tashqari infratuzilma Xitoyda xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlashgan3.
Brennen va Kreiss (2016) raqamli iqtisodiyot sun’iy intellekt, bulutli hisoblash va mobil aloqa kabi raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi asosida paydo bo‘ldi, deb ta’kidlashgan4.
N.Akhtar, N.Khan, M.Mahroof Khan, S.Ashraf, M.S.Hashmi, M.M.Khan va S.S.Hishan (2021) Covid-19 pandemiyasining turizm sohasiga ta’sirini tahlil qilishgan. Ularning fikricha, aynan pandemiya turizm rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqdi. Raqamli texnologiyalarni turizm sohasiga tatbiq qilish naqadar dolzarbligini yana bir bor isbotladi5.
O.Rakhimov (2022) turizm sohasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, barcha xizmatlar iste’molchilari, ham maishiy xo‘jaliklar, ham davlat organlari, ham faoliyati muayyan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadigan turizm sohasidagi firmalarga ta’sir ko‘rsatadigan murakkab jarayondir, deb ta’rif bergan. Ichki va tashqi muhitning mos omillarini shakllantirishda turizm sohasidagi korxona o‘z faoliyatini raqamli rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega6.
Tadqiqot metodologiyasi
Mazkur maqola mamlakatimizda olib borilayotgan innovasion texnologiyalardan foydalanish taraqqiyotining turizm sohasidagi muhim omili va ularni takomillashtirishga qaratilgan. Xizmat ko’rsatish korxonalari faoliyatni rivojlantirishga oid jarayonlar olingan ma’lumotlar tahlil va analiz asosida o’rganilgan, hamda xulosalash asosida amaliyotda qo’llash bo’yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tahlilda emperik metod va keys study metodidan foydalanish bilan bir qatorda “Adabiyotlar sharhi”dan ham foydalanildi.
Tahlil va natijalar
Agar mamlakatimizda asosiy sayyohlik mavsumi mart oyining o’rtalarida boshlansa va dastlabki mavsum yakuni iyun oyi so’ngiga qadar bo’lsa, shu davr mobaynida shuncha sayyoh kelib ketishini tasavvur qilish qiyin. Qolaversa, bizda mehmonxonalar yetarli emas, bori ham Yevropa mamlakatlarining mehmonxonalari narxi bilan deyarli teng va har yili narx sezilarli darajada o’sib bormoqda. Bu borada yana Parijga «murojaat» qiladigan bo’lsak, u yerda shahar va uning atrofidagi hududlardagi mehmonxonalar soni 4.260 tani tashkil etar ekan. Bizda esa bu ko’rsatkich respublika miqyosida 4 yarim barobarga past, ya’ni, yurtimiz bo’yicha atigi 750 ta mehmonxona mavjud. Malumotlarga ko’ra, ayni paytda turizmning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 foizni tashkil etadi. Bu judayam past ko’rsatkich. Turizm faoliyatini amalga oshirgan firma va tashkilotlarning soni esa 433 tadan iborat.
2017 yilning 22-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati borasida quyidagi fikrlarni bildirdi: “Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. O’zbekiston turizm sohasida dunyo bo’yicha ulkan salohiyatga ega bo’lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari mavjud va ularning qariyb 200 tasi YuNESKO ro’yxatiga kiritilgan.” Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go’zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo’nalishlar ochish mumkin.
Bugungi kunga kelib zamonaviy turizmda innovasion texnologiyalardan foydalanish, bu soha rivojlanishida muhim omil sifatida e’tirof etilmoqda. Hozirda biz hayotimizni turli xil qurilma (gadjet)larsiz tasavvur qila olmaymiz. Vaqt o’tgan sari texnologiyalarning yangidan-yangi turlari ixtiro qilinib, mavjudlari rivojlantirilmoqda. Hozirda biz uchun oddiydek ko’rinadigan ko’plab ixtirolar o’z vaqtida olamshumul kashfiyot sifatida butun dunyoni larzaga sola olgan. Albatta bu ixtirolar turizm sohasi uchun hamisha ishlab chiqilgan. Natijada insonlarning sayohat va turizm haqidagi fikrlari, qarashlari ijobiy tarafga o’zgardi. Bu esa, turizmni daromad keltirish jihatidan yetakchi sohalardan biriga aylanishiga olib keldi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish va butun dunyoga taqdim etishda oldingi o’rinlarda turuvchi Amadeus kompaniyasi, turizmni mana shunday yuqori cho’qqilarga olib chiqqan va hozirda biz kundalik turmushimizda deyarli har kuni foydalanadigan ixtirolar ro’yxatini tuzib chiqdi7. Bular:

  • GPS;

  • Onlayn bron qilish;

  • Samolyot;

  • Yelektron biletlar;

  • Fotoappart;

  • Tez yurar poyezdlar relslari;

  • Kompas;

  • Smartfon;

  • Kredit kartalar;

  • Bug’li dvigatel;

  • Bankomat;

  • Biometrik identifikator (barmoq izi orqali aniqlash);

  • Onlayn registrasiya;

  • Avtomobil.

Ushbu ixtirolarga nazar soladigan bo’lsak, ularning barchasi turistga sayohati davomida zarur bo’luvchi xizmatlarni taklif etadi. Yurtimizda asosan ziyorat turizmi rivojlanganini hisobga olsak, tashrif buyuruvchilarning asosiy qismini katta yoshdagilar tashkil etadi. Shu sababdan,mamlakatimiz turizmida qo’llanilayotgan texnologiyalar asosan katta yoshdagi insonlar uchun mo’ljallangan bo’lishi zarur. Mana shunday tehnologiya sifatida audio-gid qurilmasini qo’llash mumkin. Bu texnologiya mahalliy gidlar kam bo’lgan joylarda as qotadi. Audio-gidda tegishli obyekt, yani tarixiy obida to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi. Qurilmaga maxsus datchiklar o’rnatilgan bo’lib, u turistlarni harakati haqida ma’lumot yig’ib, obyektning aynan qaysi nuqtasiga kelganligini aniqlaydi va o’sha yetib kelgan hududi haqida ma’lumot beradi. Bu texnologiyani biroz rivojlantirib, unga video orqali ham ishlash imkoniyatini qo’shish mumkin. Bu texnologiya gidga nisbatan arzonroq va foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi. Texnologiya asosan turistlar ko’p, biroq gidlar kam bo’lgan vaziyatlarda qo’l kelishi mumkin.
O’zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki ona zaminimizda butun dunyoga ma’lum va mashhur bo’lgan ajdodlarimiz mangu qo’nim topgan. Ular qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta. Sohani yanada rivojlantirish uchun, avvalo, zarur infratuzilmani takomillashtirish shart. Birinchisi, transport, ikkinchisi logistika, deb ta’kidladi Prezidentimiz. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etgan yig’ilishda 2017 yilning 9 oyi yakuniga ko’ra, qariyb 1 million 800 ming sayyoh yurtimizga kelganligi qayd etildi. Bu 2016 yilning mos davriga nisbatan 17 foiz ko’pdir. Mamlakatimizda sayyohlik xizmatlari eksporti ham 17 foiz ko’payib, 1 milliard 86 million dollarni tashkil qilgan. Yil oxiriga qadar mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 2,5 milliondan oshishi kutilmoqda. Mamlakatimizda turizmning yangi istiqbollari ochilib, turli yo’nalishlarda keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, keyingi yillarda alpinizm, otda, tuyada, velosipedda sayohat qilish, piyoda sayohatlar, baliq ovi, rafting, hyeliski, geoturizm, ta’lim turizmi, tibbiy turizm kabi yangi sayyohlik yo’nalishlari ommalashmoqda. Turizmni rivojlantirishda xorij mamlakatlarida bo’lib o’tadigan sayyohlik ko’rgazma va anjumanlari muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimiz milliy madaniy merosini chet ellarda ommalashtirish, mamlakatimizga xorijlik sayyohlarni ko’proq jalb qilish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz sayyohlik tashkilotlari Madrid, Riga, Berlin, Parij, Tokio, London, Moskva, Istanbul kabi dunyoning yirik shaharlarida qator ko’rgazmalar tashkil etmoqda yoki xalqaro ko’rgazmalarda qatnashmoqda. Bu, albatta, o’z samarasini berib, xorijiy sayyohlarning yurtimizga oqimi tobora ko’paymoqda.

Yüklə 53,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə