2. Tarbiyachining innovasion faoliyati. Tarbiyachida ta’lim jarayoniga innovasion yondashuvni qaror toptirish bosqichlari



Yüklə 1,4 Mb.
tarix23.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#156344
portal.guldu.uz-Taqdimot (1)


Tarbiyachining mashg’ulotlar jarayoniga innovasion yondashuvi
Tayyorladi: M.M.Fayziyeva
Tarbiyachining mashg’ulotlar jarayoniga innovasion yondashuvi
Reja:
1. “Innovasion ta’lim texnologiyalari” tushunchasining mazmuni.
2. Tarbiyachining innovasion faoliyati.
3. Tarbiyachida ta’lim jarayoniga innovasion yondashuvni qaror toptirish bosqichlari
Lug’aviy jihatdan “innovasiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) yangilik kiritish degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida muayyan tizimning ichki tuzilishini o’zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi
Ta’lim tizimida qo’llaniladigan innovasiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
  • Faoliyat yo’nalishiga ko’ra: pedagogik jarayonda yoki ta’lim tizimini boshqarishda qo’llaniladigan innovasiyalar.
  • Kiritilgan o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra: radikal, modifikasiyalangan hamda kombinasiyalangan innovasiyalar.
  • O’zgarishlarning ko’lamiga ko’ra: tarmoq (lokal), modul va tizim innovasiyalari.
  • Kelib chiqish manbaiga ko’ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o’zlashtirilgan innovasiyalar

Innovasion faoliyat – tarbiyaching ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo’naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to’ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi
Tarbiyachida ta’lim jarayoniga innovasion yondashuvni qaror toptirish bosqichlari:
1-bosqich: tayyor metodik tavsiyanoma (mavjud innovasiya)lardan foydalaniladi;
2-bosqich: mavjud tizimga ayrim Pedagoglarning innovasion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:
  •  yangilikni qo’llashga tayyorgarligi;
  • pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
  • novatorlik darajasi;
  • kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
  • ijodkorligi

Tarbiyachining innovasion yondashuvi natijalari:
faoliyat maqsadini aniq belgilab olish;
  • nostandart vaziyatlarda tezkor qarorlar qabul qilish;
  • o’quv yoki ilmiy-tadqiqot jarayoni bilan bog’liq masalalarni samarali yechish usullarini egallash;
  • muammolarni hal etishda eng samarali vosita va metodlarni tanlay olish;
  • o’z ustida mustaqil ishlashni rejalashtira olishida;
  • faoliyati natijasini nazorat va tahlil qilish;
  • zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasining mavjud bo’lishi;
  • yangi g’oyalarni izlab topa olishi bilan belgilanadi

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ekologik ta’lim - tarbiya berishda kompyuterli “Sayoxatdan” foydalanish mumkin. Buning uchun, Internetdan o’simliklar va hayvonlar dunyosi hamda turli xil qushlarning tasvirlarini topib, kompyuter xotirasiga fayl sifatida saqlanadi. Ma’lum bir mavzuga tegishli ekologik mashg’ulotda ularni namoyish etiladi va tarbiyachi tomonidan sharxlab tushuntirib beriladi. Natijada, bolalar uzoq xududlar, qit’alar va mamlakatlardagi o’simlik va hayvonot dunyosi bilan tanishib, butun dunyo bo’yicha “Sayohat”ga chiqqan bo’ladilar.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanishning keng imkoniyatlari mavjud bo’lib, bu jarayondagi asosiy vazifamiz rivojlangan davlatlar darajasiga yetib olishdan iboratdir. Yuqorida bayon etilganlardan quyidagi xulosa va takliflarga kelish mumkin:
  • maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining birinchi turi bo’lgani uchun uni uzluksiz ta’lim tizimida boshqa ta’lim turlari bilan uzviyligini ta’minlash;
  • maktabgacha ta’limga tegishli o’ziga xos va mos multimedia texnologiyasidan foydalanish, innovasion texnologiyalarni ishlab chiqish, yaratish va ularning metodikasini shakllantirish;
  • kompyuterni o’yin vositasida emas, balki ta’lim berish vositasi sifatida foydalanish, turli ta’limiy va rivojlantiruvchi kompyuter o’yinlarini yaratish;
  • maktabgacha ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalarini, shu jumladan, multimedia texnologiyasini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishga oid ilmiy-tadqiqot ishlariga ko’proq jalb etish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bu esa barkamol avlod tarbiyasida xamda maktabgacha ta’lim muassasalarining mashg’ulotlar jarayonida innovasion yondoshuv bo’lib xisoblanadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə