Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari


 Maktabda matematika o’qitishning mazmuni va vazifalari



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

3. Maktabda matematika o’qitishning mazmuni va vazifalari
 
Maktabda matematika o’qitishning asosiy maqsadlari quyidagilar: umumta’lim, 
tarbiyaviy va amaliy maqsadlar. 


15
Umumta’lim maqsadlari
o’quvchilarga ma’lum matematik bilim, ko’nikma va 
malakalar sistemasini berish; o’quvchilarga olamni o’rganishning matematik usullarini 
egallashlariga yordam berish; o’quvchilarni ogzaki va yozma matematik nutqqa o’rgatish; 
o’quvchilarning ta’lim jarayonida va o’z ustida ishlashlarida faol bilish faoliyatini oshirish uchun 
zarur bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollanishga hamda qo’llashlari uchun yetarli 
matematik ma’lumotlarni olishiga erishish. 
Tarbiyaviy maqsadlari:
matematika faniga bo’lgan turgun qiziqishni tarbiyalash
o’quvchilarni axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, estetik va ekologik tarbiyalash( masalan, 
mehnatga hurmat, burch hissi, go’zallik, ziyraklik, iroda va chidamlilik va h.k. xislatlarni 
tarbiyalash); o’quvchilarning matematik tafakkur va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda 
matematik madaniyatni shakllantirishdan iborat. 
Amaliy maqsadlari:
olingan bilimlarni oddiy hayotiy masalalarni yechishga, boshqa 
o’quv fanlarni o’rganishda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish; matematik asboblar va 
jihozlardan foydalana olishga o’rgatish; bilimlarni mustaqil egallay olish ko’nikmalarini tarkib 
toptirish. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematik ta’limning vazifalari kuyidagilar: son 
haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish va hisoblashning inson tajribasidagi o’rnini ko’rsatish; 
hisoblashning amaliy ko’nikmalarini va hisoblash madaniyatini shakllantirish; algebraik 
amallarni bajarish ko’nikmalarini shakllantirish va ularning matematika va boshka sohadagi 
masalalarni yechishda qo’llash; elementar funksiyalarning xossalari, grafiklarini o’rganish va 
ularni tabiatdagi mavjud munosabatlarni tahlil qilish hamda ularni bayon qilishda foydalanish; 
planimetriyaning usullari va asosiy ma’lumotlarini o’zlashtirish; o’rganilayotgan tushuncha va 
uslublar hayotda va tabiatda ro’y berayotgan hodisalarni matematik modellashtirish vositasi 
ekanligi to’grisida tasavvurlarni shakllantirish; fazoviy jismlarning xossalarini o’rganishda bu 
xossalarning amaliyot masalalarini yechishga tadbiq qilish ko’nikmalarini shakllantirish. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə