oziqlanayotgan paytda o‟t pufagi va jigaridan birdaniga o‟t chiqariladi.
Qushlarning ko‟r ichagiga faqat ximusning bir qismi tushadi. Ko‟r
ichakka
bakteriyalar ishtirokida oqsillar, yog‟lar va uglevodlar parchalanadi. Sut
emizuvchilar ichagida ko‟zatiladigan harakatlarga o‟xshash bo‟lib, peristaltik
harakat bilan birgalikda ancha jonli-antiperistaltik harakat ham kuzatiladi. Shu
sababli qushlarning ichagida hazm bo‟layotgan ozuqa yengillik bilan me‟dasiga
qaytarilishi mumkin. Qushlarning ichagi to‟g‟ri
ichak bilan tugallanadi, to‟g‟ri
ichak kloakaga ochiladi. Kloaka 4 qismdan iborat bo‟lib, to‟g‟ri ichak uning eng
katta qismiga ochiladi. Keyingi qismiga tuxum yoki urug‟ yo‟llari
va siydik
yo‟llari ochiladi. Defekatsiya jarayoni ham sut emizuvchilardagidek yuzaga
chiqadi. Qush axlati tarkibida 74% atrofida suv bo‟ladi,
chunki siydik ham axlat
bilan birga chiqariladi. Gong ustida mochevina oq kristallari bo‟ladi. Qushlarda
so‟rilish jarayonlari intensivdir. Ichakning shilliq pardasida juda ko‟p so‟rg‟ichlar
bor. Ular ko‟ndalang egri-bugri bo‟lib
joylashgan, bu so‟rilish jarayonlarining
intensiv kechishini ta‟minlaydi. Yo‟g‟on ichaklarida
suv va unda erigan ayrim
ohak va mineral moddalar so‟riladi. Ichaklarda kuzatiladigan sekretor va motor
jarayonlar sut emizuvchilardagidek boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: