Ovqat hazmining moslanish evolyusiyasi.
Ovqat hazmi organlarining tuzilishi va uning funksiyalari
oziq-ovqatlarning
sifati va miqdoriga moslashgan. Ovqat hazmining evolyusiyasida sekresiyaning
ikki tipi farqlanadi: morfokinetik va morfostatik.
Evolyusiyaning dastlabki bosqichlarida juda ko‟pchilik
umurtqasiz
hayvonlarning bitta hujayrasi ham fagositoz, ham sekresiya funksiyalarini bajargan
– morfokinetik tip, bunday hujayralarni
xalqali chuvalchanglar va
bug‟imoyoqlilarda uchratish mumkin. Yemirilayotgan yoki o‟layotgan sekresiya
hujayrasining plazmasi ichak bo‟shlig‟iga to‟kiladi,
shu sababli yangi sekresiya
qiluvchi hujayra hosil bo‟ladi. Ovqat hazmi organlari tuzilishi jihatidan
o‟zgaruvchan bo‟ladi.
1-rasm. 1-og’iz bo’shlig’i, 2-so’lak bezlari, 3-halqum, 4-qizilo’ngach, 5-jigar,
6-me’da, 7-o’t xaltasi, 8-me’da osti bezi, 9-ingichka ichak, 10-yo’g’on ichak, 11-
chuvalchangsimon o’simta, 12-to’qri ichak, 13-o’n ikki barmoq ichak.
Morfokinetik sekresiyadan morfostatik sekresiyaga bir qator o‟xshashliklar
o‟tgan, oxirgi uchun sekret ajratuvchi hujayralar tuzilishi
jihatidan nisbatan
o‟zgarmas (doimiydir) va ajralgan sekret to‟g‟ridan-to‟g‟ri yoki chiqaruv yo‟llari
orqali ovqat hazmi bo‟shlig‟iga tushadi. Morfostatik sekresiya umurtqali
hayvonlarda bo‟ladi. Demak, tashqi sekresiyali ovqat
hazmi odamlarda va yuqori
darajada rivojlangan hayvonlarda hujayra ichidagi ovqat hazmidan yuzaga kelgan.
Turli turdagi hayvonlarda ovqat hazmi organlarining tuzilishi va funksiyalari
bir-biridan
jiddiy farq qiladi, ayniqsa o‟simliklar bilan oziqlanuvchilar va go‟shtli
ovqatlar bilan oziqlanuvchilar orasida kuzatiladi.
I.P.Pavlov laboratoriyasida bir turdagi hayvonlarda hazm shiralarining
miqdori, unda saqlanuvchi fermentlar ovqatlarning miqdori va tarkibiga bog‟liq
holda turlicha bo‟lishi aniqlangan.
O‟simlik va go‟sht ozuqalar bilan oziqlantirilganida proteolitik va amilotitik
fermentlarning ikki turi aniqlanadi: 1) go‟shtli
ozuqalardagi oqsillar va
uglevodlarni parchalovchi va 2) o‟simlik oziqlaridagi oqsillar va uglevodlarni
parchalovchilar (A.I.Ugolev,1961).
Birgina hayvonning o‟zida uning yoshiga va iste‟mol
qilinayotgan
ovqatlarining o‟zgarishiga qarab ovqat hazm organlarining tuzilishida va
funksiyasida o‟zgarishlar kuzatiladi.
Hazm bezlari hujayralarida –