2-rasm. Odamning so’lak bezlari.I-quloq oldi II-til osti III-jag’ osti.
So‟lak bezlari faqatgina ovqat hazmida ishtirok etmasdan, balki moddalar
almashinuvining oxirgi mahsulotlarini chiqarib tashlashda (ajratish funksiyasi)
hamda me‟daosti bezi gormoniga o‟xshash uglevodlar
almashinuvida ishtirok
etuvchi gormonni ham ajratadi (ichki sekresiya funksiyasi). Ayrim hayvonlarda,
masalan itlarda so‟lak bezlari issiqlik almashinuvida ham ishtirok etadi. Odamlar
va hayvonlarda so‟lak bezlarining faoliyati turlichadir.
Ma‟lumotlarga kura, odamlarda quloqoldi, tilosti va jag‟osti bezlari tinimsiz
faoliyat ko‟rsatadi va tinch holatda bir minutda 0,25 ml so‟lak ajraladi.
Har bir
so‟lak bezidan ajralgan so‟lakning miqdori deyarlik bir xildir. Bir kecha-kunduzda
har xil hayvonlardagidek, aynan bir odamning o‟zida ham ajralayotgan so‟lak
miqdori turlichadir. Gapirgan va yozgan paytda so‟lak ajralishi tezlashadi. Kunduz
kuni ajralayotgan so‟lak miqdori ko‟paysa, kechasi esa so‟lakning miqdori juda
kuchli o‟zgaradi. Oziqlarning qabul qilinishi asosiy sekresiyani oshirsa, och qolish
esa uni kamaytiradi.
Odamlarda
so‟lak
ajralishiga
yeyiladigan
ovqatlarning
quruqligi
hayvonlardagidek ahamiyatga ega emas. Shu sababli ham suvli ovqatlar va suvsiz
oziq moddalarga ajraladigan so‟lak miqdori orasidagi farq unchalik katta emas.
Odamlarda reflektor ravishda so‟lak ajralishi ular suvsiz qoldirilganida kamayadi.
Suvning isitilishi yoki sovutilishi so‟lak
ajralishini tezlashtiradi, lekin suvning
sovutilishi yoki muz, issiq suvga nisbatan so‟lak ajralishini tezlashtiradi.
Oziqlar chaynalgan paytda, so‟lak
ajralishi tezlashadi, ovqat qancha mayda
chaynalsa so‟lak ajralishi shuncha jadal kechadi.
Oziqlar og‟iz bo‟shlig‟ini qaysi tomonida chaynalsa o‟sha tomonda so‟lak
ko‟p ajraladi, xuddi otlardagidek. Jismoniy ish bajarilgan paytda so‟lak ajralishi
kamayadi, lekin uning yopishqoqligi ortadi.
So‟lak ajralishi aqliy-mehnat va his-hayajonli vaqtlarda tormozlanadi.
So‟lak ajralishini reflektor ravishda o‟zgarishi me‟da va o‟n
ikki barmoqli
ichaklarga borib tushgan suv va suyuq oziqlar hisobiga kuchsiz mexanik va
kimyoviy qo‟zg‟atuvchilar reseptorlarni qo‟zg‟atilishi tufayli o‟zgarishi yuz beradi.
Odamlarda bir kecha-kunduzda o‟rtacha 1,5 L so‟lak ajraladi va uning
deyarlik barchasi yutiladi, faqatgina juda kam qismi tupurish hamda og‟iz
bo‟shlig‟i yuzasidan bug‟lanish hisobiga yo‟qoladi.
Dostları ilə paylaş: