Ikkinchi nazariya so‟lak bezlarining faol sekretsiyasi tufayli so‟lak hosil
bo‟ladi, deb xisoblaydi. O‟tkazilgan juda ko‟p tajribalar bu nazariya‟ni to‟g‟riligini
tasdiqlaydi. Jumladan faol uchraydigan
bezda kislorod sarfi ortib, karbonat
angidrid hosil bo‟lishining kuchayishi kuzatilgan. Yana bir dalil shuki tomirlarni
kengaytirib, bezning qon bilan ta‟minlanishining yaxshilaydigan va shu tariqa
filtratsiyaning zo‟rayishi va yo‟l ochadigan modda – atropin yuborish so‟lak
ajralishini kuchaytirmaydi.
4-rasm. Yolg’ondakam oziqlantirilayotgan it.
So‟lak bezlarining hujayralarida endokrin va apokrin bez sekretsiaylar
kuzatiladi. Bez hujayralari o‟z suyuqligini ishlab chiqarish
uchun zarur barcha
moddalarni o‟ziga keladigan qondan oladi. Bez sekreti hujayra ribosomasi
ishtirokida hujayraning endoplazmatik to‟ri va Golji apparatida hosil bo‟lib,
hujayraning uch qismiga to‟planadi va u yerda asta-sekin hujayra pasti orqali
alveolaga ya‟ni bez pufakchasiga chiqariladi. Sekret endokrin yo‟l bilan
chiqarilganda hujayra hech shikastlanmaydi, apokrin yo‟l bilan chiqarilganda esa
hujayra emerilib, sekret bilan birga alveola ichiga chiqadi.
Alveolalarga chiqqan
sekret epiteliy hujayralarining qisqarishi natijasida alveola yo‟llariga, bu yo‟llar
esa, ulardagi silliq muskul tolalarining qisqarishi tufayli bez yo‟liga o‟tadi.
So’lak ajratishning boshqarilishi
. So‟lak bezlarining faoliyati organizm
ehtiyojiga mos holda neyro-gumoral yo‟l bilan muntazam boshqarilib turadi.
Neyro –gumoral yo‟l bilan boshqarilishi sababli so‟alk bezlari o‟z faoliyatini tez
o‟zgartira oladi va natijada yeyilayotgan ozuqaning hiliga,
xarakteriga, miqdoriga
va tarkibiga mos tushadigan so‟lak ajrata oladi. Og‟izga tushgan ozuqa va oziqmas
moddalar og‟iz devori, lunj va tildagi xilma-xil (mexano, xemo, termo)
retseptorlarni ta‟sirlaydi; hosil bo‟lgan qo‟zg‟alish nerv impulsi sifatida uchlik
nervining til tarmog‟ida til halqum nervi va adashgan nervning hiqildoq osti
tarmog‟i tarkibidagi tegishli afferent tolalar orqali uzunchoq miyadagi so‟lak
ajratish markaziga beriladi. Oqibatda markaz qo‟zg‟aladi. Markaziy javob
reaksiaysi parasimpatik
va simpatik nerv
tizimini
tegishli tolalari orqali so‟lak
bezlariga yetib keladi. Natijada bezlardan so‟lak ajralib chiqadi. Bu shartsiz
refleks yo‟li bilan so‟lak ajralishidir. Parasimpatik nerv tolalari qo‟zg‟alganda ko‟p
miqdorda suyuq, simpatik nerv tolalari qo‟zg‟alganda esa kam miqdorda quyuq,
ya‟ni organik noorganik moddalarga boy so‟lak ajraladi.
So‟lak ajratishni boshqaradigan markaz faqatgina uzunchoq miyada
bo‟masdan, oraliq miya, talamus va gipotalamus hamda bosh miya po‟stlog‟idagi
nerv hujayralarining ma‟lum guruhlari ham bu jarayonda ishtirok etadi. So„lak
ajralishini boshqarilishida po‟stloq hujayralarining ishtirok etishi so‟lak bezlari
tabiyatini shartli refleks yo‟li bilan boshqarilishidan darak beradi. I. P. Povlov
shartli refleks yo‟li bilan so‟lak ajralishini o‟rganib, oliy
nerv foaliyati xaqidagi
ta‟limotga dastlab asos solgan. Kundalik hayotda hayvonga ozuqa bilan birgalikda
turli-tuman ta‟sirlar ozuqaning ko‟rinishi, joyi hidi va boshqalar ta‟sir etib turadi.
Ozuqani yemasdan oldin uni ko‟rish, hidlash po‟stloqdagi tegishli zonalarni
ta‟sirlashtirsa so‟ngra ozuqani istemol qilish, uzunchoq miyadagi, pirovardida esa
po‟stloqdagi so‟lak ajratish markazlarning qo‟zg‟alishiga sabab bo‟ladi. Bu xodisa
shu tartibda bir necha marta takrorlanganidan so‟ng po‟stloqdagi ko‟rish, hid bilish
va so‟lak ajratish markazlari o‟zaro funksional jihatdan bir-biriga bog‟lanib,
o‟zaro aloqador bo‟lib qoladi.Bunday aloqadorlik
ancha mustahkamlanganidan
so‟ng, ozuqaning ko‟zga ko‟rinishi yohud hidini burunga kirishining o‟zidayoq
mustaqil, ravishda hayvon ozuqani hali yutmasdan turib so‟lak ajralishiga sabab
bo‟laveradi. Kundalik hayotda ozuqalanish bilan bog‟liq bo‟lgan xilma-xil
ta‟sirotlarga jovaban so‟lak ajralish bilan bog‟liq shartli reflekslari hosil bo‟lib
turadi. Hayot uchun ahamiyatini yoqotgan, “25 kundan”ya‟ni shartli ta‟sirot
shartsiz ta‟sirot bilan, mustahkamlanayotgan shartli refleks esa yoqoladi. Shunday
qilib so‟lak ajralishi jarayonini shartsiz va shartli murakkab reflektor yo‟l bilan
boshqarilib turadi.
Nerv tizimi bilan bir qatorda gumoral sistema ham so‟lak
ajratishning
boshqarilishida ishtirok etadi. Jumladan, parasimpatik nerv sistema qo‟zg‟alganda
kallekrein degan to‟qima gormoni hosil bo‟ladi. U qon tomirlarini kengaytirib va
hujayralar po‟stining moddalar o‟tkazish qobiliyatini o‟zgartiradi; shu bilan so‟lak
ajratishga ijobiy ta‟sir ko‟rsatadi.
Dostları ilə paylaş: