Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/27
tarix14.03.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#102451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
e4d0f402a1436d4851ab1aba1428f379 Ovqat hazm fiziologiyasi

Me’dada ovqatning hazmlanishi. 
 
Iste‟mol qilingan ovqatlar og‟iz bo‟shlig‟idan me‟daga tushadi va u yerda 
navbatdagi kimyoviy va mexanik qayta ishlanadi. 
10-12 yoshli bolalarning me‟dasining hajmi 1,5 L gacha bo‟lsa, voyaga 
yetgan odamlarda esa 3,0 L gacha bo‟ladi. Suyuqliklarni ko‟p iste‟mol qiluvchi 
odamlarda esa me‟daning hajmi ayrim paytlarda 5-10 l.gacha yetishi mumkin 
bo‟lsa, otlarda 6-15 l, qoramollarda esa – 100 l.ga yaqindir. 
Odamlar me‟dasi odatda ikkita hazmlovchi bir-biridan tuzilishi va funksiyasi 
jihatidan jiddiy farq qiluvchi ikkita bo‟shliqdan iborat bo‟lib, ular 
fundal
va 
pilorik
qismlar deb ataladi. 
Bir kamerali oshqozonga ega bo‟lgan hayvonlarda esa me‟dalar uch qismga 
farqlanadi va kardial qismi ham mavjud. Kardial qism bezsiz, fundal va pilorik 
qismlar bezli bo‟shliqlar hisoblanadi. 
Odamlarda fundal bo‟shlig‟i me‟daning umumiy hajmining 4/5 qismini 
tashkil etsa, pilorik bo‟shlig‟i 1/5 qismini tashkil etadi. Bu bo‟shliqlar doimo bir-
biri bilan uzviy aloqada bo‟lib turish bilan birga muskulli qovuzloq (pilorik oldi 
sfinektri) bilan ajralib turadi. Bunday ajralib turish ovqat hazmining ayrim 
davrlarida yuz beradi. me‟daning shilliq qavatida bez hujayralari bo‟lib, ular bosh, 
qoplama va qo‟shimcha bezlarga farqlanadi. Fundal qismidagi bosh hujayralardan 


fermentlar, qo‟shimcha bezlardan – shilliq va qoplama bezlardan xlorid kislota 
ishlab chiqiladi. Xlorid kislotaning hosil bo‟lishida oqsillarning sulfagidril guruhi 
ishtirok etadi. Fundal qismning shirasi kislotali muhitga ega bo‟lsa, pilorik qism 
esa ishqoriy muhitga ega bo‟ladi. 
Me‟daning pilorik qismida faqatgina bosh hujayralarni eslatuvchi hujayralar 
bo‟lib ularning miqdori fundal qismidagidan ancha kam va qoplama bezlar bilan 
birgalikda shilliq parda devorlarida joylashgan bo‟ladi. Bundan tashqari pilorik 
qism fundal qismidan kuchli rivojlangan muskulli devor bo‟lishi bilan farq qiladi. 
Unda moddalarning so‟rilishi kuzatiladi, lekin fundal qismida esa so‟rilish jarayoni 
juda kuchsiz holda bajariladi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə