o‟zida turli odamlardagidek, aynan bir odamning o‟zida ham o‟zgarib turadi (pH-
5,25-7,54). So‟lakning muhiti ovqatlangandan keyin kislotali tomonga ham o‟tishi
mumkin.
So‟lakning reaksiyasi va tarkibi jihatidan hayvonlarnikidan odamlarniki farq
qiladi. Odamlar so‟lagining zichligi 1,002 dan 1,017 gacha o‟zgarib turadi.
So‟lakning tarkibida suv 98,5 dan 99,5 % gacha va qattiq moddalar esa 0,5 dan 1,5
% gacha bo‟lib, uning 2/3 – qismiga yaqini organik moddalar va 1/3 –qismiga
yaqini tuzlardir.
So‟lakda; a) xlorid, fosfat, sul‟fat tuzlarining qoldiqlari, natriy,
kaliy va
kalsiy bikarbonatlari, azotning achchik tuzi, ammiak, odamlar so‟lagi tarkibida esa
yuqoridagilardan tashqari sul‟fotsianli kislotalar birikmasi – rodanidlar kabi
anorganik moddalar saqlanadi. b) musin, globulin hamda aminokislotalar,
kreatinin, siydik kilotasi va mochevina kabi organik birikmalar ham saqlanadi.
Sulakning tarkibida mikroblarni juda tez
eritib yuboruvchi fermentga
o‟xshash modda lizosim saqlanadi, uncha katta bo‟lmagan miqdorda proteolitik va
linolitik fermentlar va shular qatorida oksidaza va peroksidazalar ham saqlanadi.
O
2
, N va ayniqsa CO
2
kabi jiddiy miqdordagi gazlar ham saqlanadi.
So‟lak va ovqat hazmlash kanaliga tushadigan dastlabki suyuqlik sifatida
quruq moddalarni yumshatadi, eruvchi
moddalarni eritadi va qattiq, dag‟al
moddalarni
shilimshiq
modda-musin
bilan o‟rab ularning yutilishini
yengillashtiradi. So‟lak zararli moddalarni neytrallaydi,
ularni konsentrasiyasini
suyultiradi hamda og‟iz bo‟shlig‟ining shilliq pardasiga o‟tirib qolgan zaharli va
zararli moddalarni yuvadi.
Odamlar so‟lagida kraxmalni parchalab qator dekistrinlardan keyin
glyukozaga aylanishini ta‟minlovchi ptialin, hayvonlarda
esa amilaza fermenti
saqlanadi. Ptialin ishqorli, neytral va kuchsiz kislotali muhitda ta‟sir ko‟rsatadi.
Me‟daning kislotali shirasi bu fermentning ta‟sirini tormozlaydi,
lekin uni
parchalamaydi va bu fermentning faoliyat ko‟rsatishi uchun eng qulay muhit pH-
6,7 dir. 20 yoshdan boshlab odamlar so‟lagida ushbu fermentning kamaya borishi
kuzatiladi.
So‟lak tarkibida katta miqdorda ishqorlarning saqlanishi, so‟lak
hosil
bo‟lishida ularning qondan ajralishi qon reaksiyasining nisbatan doimiyligini
ta‟minlashga yordam beradi. Bundan tashqari so‟lak tarkibidagi ishqorlar me‟da
shirasining ortiqcha kislotaligini pasaytiradi.
Dostları ilə paylaş: