jag‟ osti so‟lak
bezlari esa, shilliq modda – mutsin ajratadi. Asosiy so‟lak
bezlarining faoliyatini o‟rganish uchun tegishli bez yo‟liga fistula qo‟yiladi. Yoxud
bez yo‟li lunj orqali teri yuzasiga chiqarib tikiladi. So‟lak bezlari yo‟liga fistula
qo‟yish usuli I.P.Pavlov laboratoriyasida D.L.Glinskiy tomonidan ishlab chiqilgan.
Bu usul qo‟yidadilargan iborat: so‟lak bezining chiqish yo‟li lunjning ichki
yuzasidan atrofdagi shilliq parda bilan birgalikda kesib olinadi, so‟ngra lunj devori
teshilib, bezning yo‟li
tashqariga, teri yuzasiga chiqarilib, tikiladi. Operatsiya
jarohati bitib ketganidan so‟ng tegishli moslama yordamida so‟lak maxsus idishga
yig‟ib olinadi (32-rasm).
3-rasm. It va qo’yning quloq oldi so’lak bezlari yo’liga fistula o’rnatish.
Bez yo‟lining joylashuviga qarab bu operatsiya otlar, qoramollar, cho‟chqalar
va boshqa hayvonlarda turlicha amalga oshiriladi. Masalan, qo‟ylar quloq oldi
bezining yo‟lini tashqariga chiqarib tikish uchun lunj 3-4 jag‟ tishlarining
ro‟parasidan teshiladi. Operatsiyaning qolgan qismi xuddi itlarnikidek amalga
oshiriladi. Bu usul
uncha maqsadga muvofiq emas, chunki bunda vazifa
hayvonning tegishli sulak bezining yoi‟li tashqariga chiqarilib teriga tikib
qo‟yilganidan, organizmda ishlanadigan so‟lakning bir qismidan mutlaqo maxrum
bo‟ladi. Natijada hazm jarayonlari ozmi-ko‟pmi izdan chiqadi:
Shu sababli hozir
bu usulning bir muncha mukammallashtirilgan ko‟rinishidan, jumladan, fistuladan
chiqadigan so‟lakni lunj devorida ochilgan ikkinchi teshik orqali rezina naycha
bilan oziqa qayta quyish usulidan foydalaniladi: istalgan paytda so‟lak olish
imkoniyati bo‟ladi-yu ammo tekshirish o‟tkazilmaydigan paytda u og‟iz
bo‟shlig‟iga
qayta quyilib, hazm jarayonlarida odatdagidek ishtirok etaveradi.
Barcha chorva mollarida so‟lak ajralishini shu usul yordamida o‟rganish mumkin.
Otlarda esa bundan tashqari ezofagotomiya (qizilo‟ngachdan sun‟iy teshik ochish)
usuli ham qo‟llaniladi.
Buning uchun operatsiya qilinib, qizilo‟ngachdan sun‟iy teshik ochiladi.
Hayvon davolanib, opertsiya jarohati tuzatiladi.
Bunday hayvon ozuqa yeganda
yutgan luqmasi qizilo‟ngach teshigi orqali tashqariga tushadi: Tashqariga tushgan
luqmani maxsus idishlarga yig‟ib olib, tarkibidagi so‟lakni tekshirish, o‟rganish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: