Mo‟tadil fiziologik holatlarda me‟da o‟z-o‟zidan
hazmlanishi mumkin emas,
chunki uning devorlarida antifermentlar ham mavjuddir. Demak, shuni ta‟kidlash
mumkinki fermentlar tirik hujayra-to‟qima oqsillarini parchalay olmaydi, balki
faqatgina denaturatsiyaga uchragan oqsillargagina o‟z ta‟sirini ko‟rsatadi.
Me‟daning shilliq pardasi bo‟ylab harakatlanuvchi xlorid kislotaning vodorod
ionlari
uni parchalashi mumkin, lekin uning kirishiga shilliq pardaning baland
silindr shaklidagi epitelial hujayralari va qon tomirlaridan teskari yo‟nalishda
harakat qilayotgan natriy ionlari baryer sifatida qarshilik ko‟rsatadi.
Odamlar 20 yoshga kirganida me‟da shirasining ajralish miqdori va undagi
saqlanuvchi fermentlar va xlorid kislotaning miqdori ham kamayadi.
Dostları ilə paylaş: