I.P.Pavlov laboratoriyasida darvoza venasining pastki kovak venalar bilan
tutashtirish yo‟li bilan jigarni umumiy qon oqimidagi ishtirokini yo‟qotish usuli
ishlab-chiqildi. Ana shu operasiya jigarning himoya,
baryer funksiyalarini, ovqat
hazmi kanalidan so‟riluvchi zaharli moddalarning, hamda hazm bezlari faoliyati
natijasida hosil bo‟ladigan zaharli mahsulotlarni jigar tomonidan zararsizlantirish
jarayonlarini o‟rganishning imkonini berdi.
I.P.Pavlov ovqat hazmining turli
qismlarini izolyasiya qilish, teri ostiga
ichaklarni chiqarish, hazmlash yo‟lining barcha qismlariga ko‟plab fistulalar
qo‟yishi yo‟li bilan, uning harakatlanish ishlarini o‟rganish yo‟llarini yangi
usullarini ishlab chiqdi.
Odamlarni mo‟‟tadil sharoitda hazm bezlarining
faoliyatini organizmni
jarohatlamasdan o‟rganish usullari ham yaratildi. Ovqat hazmi funksiyalarini
o‟rganish uchun klinikada jarohatlangan va kasal kishilar ustida olib borilayotgan
kuzatishlar hamda odamlarni va hayvonlarni Rentgen nurlari bilan yoritish yo‟li
bilan kuzatishlarni ahamiyati katta. Hozirda ovqat hazmi polietilen kapsulaga
o‟ralgan uzunligi 15-20 mm, diametri 0,8 mm bo‟lgan odamlar yengil yutadigan
radiouzatgichlar
yordamida bosim, harorat, fermentlar miqdori butun hazmlash
kanalidagi pH darajasi o‟rganilmoqda.
Dostları ilə paylaş: