Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Biografik tadqiqotlarning tarixi



Yüklə 3,03 Mb.
səhifə38/122
tarix05.06.2022
ölçüsü3,03 Mb.
#88922
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122
Eksperimental psixologiya

Biografik tadqiqotlarning tarixi
va asosiy yo’nalishlari
Turmush tarixiga qiziqish XIX asr oxirida paydo bo’lishiga qaramay, bu boradagi dastlabki jiddiy yutuqlari 20-30 yillarga tyegishli bo’lib, u Tomas va Znanyetskiy («Yevropa va Amyerikada polyak dyehqoni» 1918 yil) nomlari bilan bog’liqdir. Ular 10-yillarda AQSHda yuz byergan ommaviy migratsiyalar jarayoni sharoitida polyak komyutyetinig ichki turmushini tahlil qilishga e’tiborlarini qaratadilar. Xatlarda ko’rsatilgan polyak migrantlarning turmush tarixini tahlil qilarkanlar, ularga madaniyat borasidagi nizolar, jinyelar munosabati, insoniy baxtiyorlikni tushunish kabi ijtimoiy fyenomyenlarni ko’ra olish imkoniyati tug’iladi.
Biografik bilishdagi singari ular tomonidan ishlab chiqilgan yondashuvning falsafiy asosi uchun ijtimoiy va individual, ob’yektiv va sub’yektiv, o’zini va boshqalarni angalash dualizmining o’zaro ta’sirini taxmin qiluvchi ramziy intyeraktsionizm yo’nalishi yuzaga kyeladi. O’z tadqiqotlarining amaliyotida ushbu nazariy modyellarni rivojlantira turib, ular ijtimoiy hodisalarning sub’yektiv tomoni to’g’risida ma’lumotlar bo’lmasa, bilish mumkiin emas, dyeb takidlaydilar.
Yigirmanchi yillarda Tomas va Znanyetskiy pozitsiyalari qo’llab-quvvatlanib, CHikago maktabi faoliyatida, jumladan, marginollar, og’ishma hulq-atvor, o’zini-o’zi o’ldirish, oilani tadqiq etishda rivojlantiradi. Bu yondashuv tarafdorlarining fikricha, mikrotadqiqot va sase studyga e’tibrni qaratish o’z mohiyatiga ko’ra, psixologiya uchun biologiyada mikroskopning ixtiro qilinishi bilan baravar va ijtimoiy jarayonlarni tadqiq etishda inqilobni yuzaga kyeltirish darkordir. Biroq, sub’yektiv psixologiya tarafdorlarnig nuqtai nazarlari pozitivistlar tomonidan ryepryezintativlikning mavjud emasligiga qaratilgan edi.
SHaxsiy hujjatlardigi dalilllar tyekshiruvida mustaqil ma’lumotlarning yo’qligi ilmiy maqsadlar shakllantirilmaganligi uchun ma’lumotlardan foydalanishda yo’l qo’yilagn xatoliklar tufayli qattiq tanqid ostiga olinadilar.
Qattiq tanqid tagiga olinish natijasida myetod obro’sizlantiriladi va 60-yillarga qadar ijtimoiy psixologik tadqiqotlar amaliyotida umuman qo’llanilmaydi, chunki psixologiyada pozitivistik an’ana ustun bo’lib chiqadi.
Usulning ikkinchi bor tug’ilishi va pozitsiyalarning tyezda kuchayishi jamiyatchilik fikridagi o’zgarishlar, ya’ni 60-yillardagi gumanistik ijtimoiy harakatlar va individga tarixiy jarayonlarning faol ishtirokchisi sifatida qiziqishning uyg’onishi bilan bog’liqdir.
Hozirgi vaqtda biografik usul yanada ko’proq shuhrat qozonishiga muvvaffaq bo’ldi. Hususan, uch Yevropa maktablari: ingliz, frantsuz va nyemis maktablari mashhur bo’lib, biografik tadqiqotlarning ingliz maktabi asosan Essyeks unvyersityeti va P. Tompsan, R. Pyerks, K. Robyertye, D. SHyeridan kabi ijtimoiy tarixchilar atrofida to’planadilar. Ular, asosan, bitta avlodga va tarixiy ajdodlarning sub’yektiv tajriba (vyektorian davri shohidlari; ikkinchi jahon urushni boshidan kyechirgan kishilar) lariga taluqli bo’lgan kishilar tarjimai hollarni qiyosiy tahlil qilishga diqqatni qaratadilar. O’z navbatida, frantsuz maktabi ommaviy (xalq) tabaqalar va alohida ijtimoiy guruhlar tajribalarini tadqiq etishga ko’proq jalb etiladi. (D. Byerto, P. Buruye, E. Viyyam-Byertto va boshqalar shahardagi tabaqalar, migrantlar, kichik burjuaziya, siyosiy harakatlar). Nyemis maktabi esa «turmush kontsyeptsiyasi», ya’ni «hayotiy konstruktlar» singari ma’lum tarjimai hollarning ichki mazmunini tadqiq etishga ko’proq intiladi (A. SHuttsye, M. Koli va boshqalar). Ushbu usul AQSHda tor doirada ya’ni yopiq jamoalarni va siyosiy harakatlarni tadqiq etish doirasida qo’llaniladi (T. Xavaryen, G. Eldyer, R. Gril). E’tirof etilgan maktablardan tashqari, industirial taraqqiyot jarayonida indyentichlik o’zgaruvchanligi bilan shug’ullanuvchi skandinaviya va finlandiya maktabi byenihoya qiziqishni kasb etadi (P. Rosye va boshqalar). Makaziy va SHarqiy Yevropada ham biografik tadqiqotlar postkammunistik davrda kyeng qo’lamda qo’llanila boshlandi. Biografiyada ushbu tadqiqotlar madaniy an’analar doirasida o’tkazilib, Pol’shada emigrantlarni, Vyengriyada esa milliy indyentichlikni tadqiq etish borasidagi pozitsiyalar kuchlidir.
Sobiq ittifoq va SHarqiy Yevropa davlatlaridagi ijtiomiy fanlar uzoq yillar mobaynida ilmiy qiziqish doirasida bo’lmay, balki davlat manfaatlariga bo’ysundirilgan edi. Oxirgi yillarda yuz byergan voqyealar ijtimoiy fanlar gumanizatsiyasiga imkoniyat tug’dirib, shaxs va uning sub’yektiv ijtimoiy tajribasiga yanada ko’proq e’tiborni qaratadi.
Turli ijtimoiy stratalardan olingan oilalar tarixi ryekonstruktsiyasiga asoslanib, biz qanday «o’yin qoidalari»ga binoan sovyet kishisining hayoti aniqlanganligini, qaysi stratyegiya hayotiy muvaffaqiyat va ijtiomiy zina bo’yicha ko’tarilish sari olib borishini, farzandlariga munosabati bo’yicha ota-onalar nimalarni kutishlarini, ma’lum hayotiy stratyegiyani tanlashda ijtiomiy imkoniyat va chyeklashlar qay darajadaligini aniqlamoqchimiz.
Dastavval loyiha bo’yicha D. Byerto va o’sha paytda Sotsilogiya institutida faoliyat olib borgan V.Syemyenova, M. Malshyeva o’rtasidagi intyellyektual hamkorlik sifatida amalga oshiriladi. Kyeyinchalik esa asosiy o’zagini Psixologiya instituti xodimi (L. Koklyagina, Ye. Myeshyerkina, V. Syemyenova, S. Rojdyestvyenskiy, Ye. Fotyeyeva, shuningdyek M. Malishyeva, O. Litvyekchyenko, V. Biguaa)larni tashkil etuvchi ixtiyoriy ilmiy jamoa sifatida rasmiylashtirilib, loyiha «Rossiyada ijtimoiy mobyellik asari» dyeb nom oldi.
Umuman olganda, sifatli o’tkazilgan tadqiqot ryepryezyentativ tanlovni talab qilmagan holda, ushbu loyiha maqsadlari uchun dastlabki ma’lumotlarni tanlash ryepryezyentativ longityuyud «Rossiya avlodlari yo’llari» asosida amalga oshiriladi (tadqiqot 1985 yil psixologiya institutida o’tkazilib, tadqiqot rahbarlari L. A. Koklyagina va V.V. Syemyenovlardir).
Longityud tadqiqotini tanlash biografik loyiha uchun ikkita jahati bilan asoslanadi.
Birinchidan-oilaviy o’tmishlarni ijtiomiy qiyoslash imkonini byerib, turli ijtiomiy guruhlani ko’rsatuvchi ryespondyentlar va ular oilalarining tanlovi uchun longityud baza bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchidan-inqilobdan so’ngi vatanimiz tarixi uch avlod hayotiga tyegishlidir. SHuning uchun «farzand»larni orqaga qaytarish butun sovyet tarixi davrini o’z ichiga qamrab olish imkonini byeradi: Buvalar xotirasida an’anaviy Rossiya jamiyatinig buzilishi sodir bo’ldi, ota-onalar «mumtoz» sovyet davlatining tashkil topishi va taraqqiyotning guvohlaridirlar, farzandlar esa ularning inqirozi va davlat tanlagan kyeyingi yo’lni boshlaridan kyechirmoqdalar.
Tanlash bo’yicha olib borilagan dastlabki ishlar natijasida 68 ta oila tanlanib, har bir oilaning uchta a’zosida intyervyu olindi. Oila a’zolardan biri ryespondyent bo’lsa, qolgan ikkitasi esa kattaroq yoshdagi avlod (ota-onalar va ularnig ota-onalari)ga taalluqlidir. Empirik tadqiqotlar ryespondyentning hayot yo’li to’g’risidagi chuqur yarimstrukturali intyervyu (1,5-2 soat) myetodi shaklida o’tkazilib, bu asr boshidan boshlab oila tarixini shakillantirish imkonini byeradi. YOsh ryespondyentlarning ota-onalari asosan 30-40 yillarda, buva va buvilari esa 1900-1920 yillarda tug’ilgan bo’lib, o’z navbatida, ularning ota-onalari inqilobni boshlaridan kyechirganlar. Dyemak, 1900 yilda tug’ilgan kishi eng qari hikoya qiluvchi hisoblanadi.
Oilaning gyenyeologik ildizlari turli ijtimoiy qatlamlari va Rossiyaning turli mintaqalariga borib taqaladi. Tabiiyki, o’tmishda ko’pgina oilalar dyehqonlar qatlamiga mansub bo’lganlar. Inqilobgacha bo’lgan jamiyatda to’qqizta oila davlatmand qatlamlardan: savdogarlar, oqsuyaklar, sanoatchilar, rossiya intyelyegyentlaridan kyelib chiqqandirlar.
Oila borasidagi har bir hikoya nafaqat o’zi va yaqin qarindoshlari haqidagi dalillarni, shuningdyek, amaki, amma, xola va tog’aning qizlari va jiyanlar ham kiritilgan «katta oilaviy urug’ jamoasi» to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga qamrab oladi. SHu sababli, har qanday voqyea 20-30 kishi hayoti trayektoriyasini tasvirlaydi. O’z navbatida, bu 2000 kishi hayoti haqidagi ma’lumotlarni byeradi.
Ushbu loyiha sotsial mobyelikning gyendyer jihatlari vagyendyer indyentichligi (M.Malshyeva, Ye.Myeshyerkina), ijtimoiy va madaniy mavqyelar transmissiyasining avlodlararo muammolari (V.Syemyenova), jamiyatning inqilobiy transformatsiya sharoitida oilaning ijtimoiy moslashishi tahlili (D.Byerto, Ye.Fottoyeva), sovyet davrida turli ijtimoiy guruhlarining taqdiri (O.Litvinyenko, V.Biguaa) va boshqalari chiqish imkonini byerdi.
Tahlil uchun oilaviy o’tmishlar tanlovida nafaqat oilalarning ijtimoiy–tipik stratyegilarini yanada kyeng qo’lamda tasavvur qilishga, balki ularning ijtimoiy-tarixiy noyobligi va individualligini ko’rsatishga intilamiz. Dyemak, Osipovalarning oilaviy o’tmish tarixida Ural qishlog’i sharoitidagi dyehqon hayotining ijtimoiy noyob tajribasi tasviri mavjuddir: kolyektivlashtirish davrida mahalliy dyehqonlar kolhozning rasmiy ko’rinishini tuzadilar, aslida esa ular xo’jalik yuritishning odatiy individual oilaviy usulini olib borishni davom ettiradilar. YOhud xususiy va ko’chmas mumkin ekspropriatsiya qilish sharoitida 30-yillarning 2-yarmiga qadar oilaviy uylarni shaxsiy mulk shaklida saqlashga erishgan Jurkalistovlar oilasini misol qilish joiz. Misol orqali ijtimoiy-noyob vaziyatlarda totalitar jamiyatda mavjud bo’lib, ijtimoiy tanlovning nihoyat darajada chyeklanishi natijasida ham oddiy kishilarning hayotiy tajribalari to’g’risidagi ushbu ma’lumotlar tahlilida qo’llaniluvchi tyexnik V. Glazyer va A.Strauslar tomonidan yaratilgan myetodologiyaga mos tushadi. Ularning kontsyeptsiyalariga muvofiq, yashab o’tilgan hayot to’g’risida hikoyani so’zlash mobaynida tadqiqotchi tomonidan qo’lga kiritilgan «shaxsiy» ma’lumotlar asosida ijtimoiy psixologik mazmun va tasvirning qayta ishlanishi yuz byeradi. Qayta ishlashning kyeyingi qadami konkryet ijtimoiy tajribadan kyelib chiquvchi gipotyezalarning asoslangan shakli hisoblanadi. Bunday nazariya bilan shug’ullanish butun jamiyatni darhol gyenyeralizatsiya qilishga olib bormay, ushbu tyexnika tasviri tadqiqotchiga asta-syekin qadamma-qadam ma’lum jarayonning turlicha o’tmishini tushunishga imkon byeradi. Straus va Gyeazyer fikricha, induktiv mantiqning qo’llanilishi dyeduktsiyaning qaytadigan yo’lini chiqarib tashlamaydi, aksincha, uning ryeal hayotiy mazmunini to’ldiradi va ochib byeradi.
Ma’lum hodisa, Gyeazyer va Straus nuqtai nazaricha, ijtimoiylikning namoyon bo’lishida misol bo’ladi. Binobarin, hayotiy o’tmishning sub’yektivligi uning zaif va kuchli tomonlari bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi paytda biografik tadqiqotlar Psixologiya institutidan tashqari, Rossiyaning boshqa ilmiy markazlarida ham o’tkazilmoqda. Jumladan, Pyetyerburgda ushbu tadqiqotlar bilan V.Golofast, Ye.Zdravomislyev, V.Pavlyenko shug’ul- lanmoqdalar.
Yirik tadqiqot markazi Ukraina (migratsiya, milliy idyentifikatsiya, tarixiy xotira muammolari)da tashkil etilgan bo’lib, Latviyada tuzilgan markazida esa T.Tizyenkopf tadbirkorlarda idyentichlik o’zgaruvchanligi muammolari bilan shug’ullanmoqdadir. Kyeyingi paytda bu borida mamlakatimizda ham qator ilmiy tadqiqot institutlari va markazlar kyeng ko’lamli ishlarni olib bormoqdalar. Bu borada «Ijtimoiy fikr» Ryespublika jamoatchilik fikrini o’rganish markazi faoliyati kyeltirish mumkin. Mikropsixologiyaning rivojlanishi jamiyatni dyemokratlashtirish sharoitida qonunchilik va faol ijtimoiy faktor sifatida shaxsga e’tiborni kuchaytirish hisoblanadi.

Yüklə 3,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə