Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


 Mehnat resurslari iqtisodiyoti fanini rivojlantirish holatlari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/46
tarix11.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#145898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
2022-12-21-09-39-01 d18fe94d84bd07a7b20ed7b2f47734fd

 
5. Mehnat resurslari iqtisodiyoti fanini rivojlantirish holatlari 
Mehnat resurslari iqtisodiyoti fanini rivojlantirish uchun quyidagi holatlar ham 
muhimdir. Ijtimoiy bozor iqtisodiyotida mehnat resurslari iqtisodiyoti fani sohasidagi 
nazariy va amaliy bilimlarning murakkablik darajasi keskin oshmoqda, bunga sabab 
ularda ijtimoiy sheriklik sub`ektlari manfaatlarini ob`ektiv ravishda aks ettirish 
zarurligidir. SHuning uchun ham mehnat resurslari iqtisodiyotaning bu sub`ektlardan 
faqat bittasining xizmatkoriga aylanib qolmasligi, uning idoraviy manfaatlariga amal 
qilib qolmasligi nihoyatda muhimdir. 
Hozirgi sharoitda mehnat resurslari iqtisodiyoti fanining mazmuni va uning 
ta`lim bosqichlari bo’yicha tuzilishi masalasi mehnat sohasi to’g’risidagi jahon fani 
yutuqlari va qorijiy pedagogik amaliyot yutuqlarini hisobga olgan holda hal etilishi 
lozim. Mehnat resurslari iqtisodiyoti fani ish kuchiga bo’lgan talab va taklifni 
belgilab beradigan omillarni, ish kuchi bahosini, inson kapitaliga qo’yilgan 
investitsiyalarni, ishsizlik bilan inflyatsiyaning nisbatini, kasaba uyushmalarining 
mehnat bozoriga ta`sir munosabatlarini boshqarish sohasidagi kasbiy bilimlarni, 
malakalarni sifat jihatidan o’zgartirish va kengaytirish imkonini beradi. 
Bu yangi bilim mehnat sohasidagi sotsial adolat to’g’risida, iqtisodiyotni har 
tomonlama kengaytirish jarayonlari haqida, texnologik taraqqiyotidagi, mehnat 
munosabatlaridagi o’zgarishlar to’g’risida: mehnat bozorining harakat mexanizmlari 
va rasmiy negizlari to’g’risidagi bilimlar, mehnat bilan bandlikning yangi 
kontseptsiyasi va insonning mehnat sohasidagi xulq-atvori, sotsial sheriklik va 
mehnat bozoridagi kamsitilish to’g’risida, ishsizlik, muxrfaza va hokazolar 
to’g’risida tasavvur beradi. Bu o’z navbatida shak-shubxasiz korxona yoki firma 
ichidagi kadrlar siyosati, mehnat unumdorligi, kasbga ko’nikish va mehnat sababiga 
doir dasturlarga baho berish va ularni tahlil qilish usullari to’g’risidagi bilimlarga 
ham taallukdidir. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə