Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Mehnat resurslari strukturasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/46
tarix11.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#145898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
2022-12-21-09-39-01 d18fe94d84bd07a7b20ed7b2f47734fd

 
3.Mehnat resurslari strukturasi 
Qaror topgan statistik amaliyotga ko’ra mehnat resurslari mehnatga qobiliyatli 
yoshdagi mehnatga layoqatli fuqoralardan va mamlakat iqtisodiyotida ishlayotgan 
yoshroq va kattaroq yoshdagi mehnat qobiliyatdagi yoshdagi kishilardan iborat 
bo’ladi. Ko’pincha yoshroq bo’lganlarni ishlovchi o’smirlar, katta yoshdagi kishilarni 
ishlayotgan pensionerlar deb atashadi. 
Tarixdan mehnatga layoqatli yosh chegaralari ijtimoiy va iqtisodiy sabablarga 
ko’ra o’zgarib to’rgan. Hozirgi vaqtda «mehnatga layoqatli yosh»ning pastki 
chegarasi 16 yosh, yuqori chegarasi erkaklar uchun 59 yosh va ayollar uchun 54 yosh 
hisoblanadi. 
Pastki yosh chegarasi etti yillik maktab ta`limi majburiy bo’lgan yillarda paydo 
bo’lib, ta`lim olish esa sakkiz yoshdan boshlangan. SHunday hisob qilinganki, yigit
va qizlar taxminan 15 yoshdan biroz oshganda o’qishni to’xtatgandan keyin ozroq, 
kasbga tayyorgarlik ko’rib amalga 16 yoshdan mehnat hayotiga kirishishlari mumkin 
bo’lgan. 
YOsh chegarasi erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga etgandan so’ng pensiya 
belgilanadi. Biroq bu qoidadan istisno ham bor. Organizmga yuksak ruhiy fiziologik 
bosimlar bilan bog’liq kasb faoliyatining ayrim turlari uchun pensiya chizig’i sezilarli 
ravishda 5-10 yilga pastroq, ba`zan undan ham ko’proq. Bu erda imtiyozli shartlarda 
qarilik pensiyasi tizimi amal qiladi. Ayollar uchun pensiya yoshi odatdagi xalqaro 
tajriba darajasida bo’lsada, hamma joyda erkaklarning o’rtacha umr ko’rishi 
ayollarga nisbatan sezilarli ravishda kamroqdir. 
Bu narsa ko’p xollarda og’ir mehnat sharoitlari bilan bog’liqdir. SHuningdek 
bu narsa zarur bo’ladigan mehnat formasini saqlash imkoni, yillar o’tishi bilan 
yo’qolib boradigan kasblar bilan shug’unllanish uchun (masalan balet) ham 
ta`luqlidir. 
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, real hayotda ko’pgina imtiyozli pensionerlar 
avvalgi kasblarida yoki boshqa ishlarda o’z ishlarini davom ettirmoqdalar, shuning 
uchun ham ular mehnat resurslari tarkibida qoladilar. Ishlamayotgan pensionerlar esa 
mehnat resurslarining tarkibidan chiqariladi. 
Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ma`lum qismni sira ishlamagan yoki 
sog’ligi uchun ishlashdan to’xtagan kishilar tashkil etadi. Bu o’rinda gap 1 va 2 guruh 
nogironlari haqida bormoqda, davlat ularni pensiya bilan ta`minlab turadi. Bu kishilar 
mehnat resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Birok 1 va 2 guruh nogironlarining ayrimlari 


10 
(agar ishlab chiqarishda qo’lay sharoitlar yaratilsa) ishlashlari mumkin. SHuning 
uchun ham mehnatga layoqatli yoshdagi ishlab mumkin bo’lgan davlat tomonidan 
pensiya yoshi belgilangan yoshgacha fuqoralar mehnat resurslariga kiradi (1 va 2 
guruh nogironlaridan ishlamaydiganlar bundan mustasnodir). Mehnatga layoqatli 
yoshdagi aholi orasida ishlamaydigan nogironlarining soni nisbotan kamroq va 
nisbotan barqarordir. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə