Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


 Iqtisodiy jihatdan faol aholi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/46
tarix11.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#145898
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
2022-12-21-09-39-01 d18fe94d84bd07a7b20ed7b2f47734fd

 
5. Iqtisodiy jihatdan faol aholi. 
Rivojlangan mamlakatlarda allaqachon «iqtisodiy jihatdan faol aholi» 
tushunchasi qaror topgan. Xalqaro standartlarga muvafiq ularga mehnat bilan band 
aholi va ish qidirayotgan ishsizlar kiradi. SHuningdek «fuqarolik jihatidan iqtisodiy 
faol aholi» tushunchasi ham tarqalgan bo’lib, unga xarbiy xizmatchilar kiritilmaydi. 
SHunday qilib, «mehnat resurslari» o’zining mazmuniga ko’ra «iqtisodiy faol 
aholi» tushunchasidan kengroqdir. Iqtisodiy faol aholidan tashqari mehnat resurslari 


11 
yana mehnatga layoqatli yoshdagi o’quvchilarni ham, shuningdek ana shu yoshdagi 
uy bekalari va mamlakatning qolgan barcha aholisini, ya`ni ishsiz bo’lmasa ham, 
qandaydir sabablarga ko’ra mamlakat xo’jaligida ish bilan band bo’lmagan aholini 
ham o’z ichiga oladi. 
Mavjud adabiyotlarda «ish kuchi» tushunchasi ko’p ishlatilsada, uning 
chegarasi aniq belgilanmagan. Ba`zan ish kuchi deganda ham xaqiqiy xodimlar, ham 
potentsial xodimlar, ya`ni amalda o’sha «mehnat resurslari» ning o’zi tushuniladi. 
Ko’pincha bu tushuncha tor ma`noda-xodimlarning umumiy soni tushuniladi. 
Bunga sabab shu bo’lganki, ko’pgina mualliflar mehnat bozoridagi vaziyatga 
baho berar ekanlar, «ish kuchiga bo’lgan talab», «ish kuchini taklif qilish» degan 
tushunchalardan ham foydalanadilar. 
«Mehnat resurslari» tushunchasi markazlashgan rejalashtirishni iqtisodiyotga 
davlat ta`siri usuli sifatida ishlatgan mamlakatlarda qaror topgan edi. Bu o’rinda gap 
sobiq ittifoq va o’zaro Iqtisodiy YOrdam Kengashi mamlakatlari xaqida borayotir. 
Bu tushuncha rejalashtirish talablariga muvofiq vujudga kelgan edi. 
O’z – o’zini tekshirish savollari. 
1.
Moddiy ne`matlar deganda nimani tushunasiz? 
2.
Inson resurslari va mehnat resurslarini farqi nimada? 
3.
Jismoniy va ma`naviy tushunchasini aytib bering? 
4.
Mehnat resurslari nimalardan iborat? 
5.
Mehnat qilishga qobiliyatli aholi, kimlar? 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə