Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/46
tarix11.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#145898
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
2022-12-21-09-39-01 d18fe94d84bd07a7b20ed7b2f47734fd

 
2
.
Millat farovonligini oshirishda iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik omillarning 
ta`siri
Millat farovonligini oshirishda iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa 
omillarning ham ta`siri muhim. 
Iqtisodiy omillar. Aholining turmush darajasi milliy boyliklarni o’z ichiga 
oluvchi iqtisodiy salohiyatga bog’liq. Milliy boylik – jamiyat tasarrufida bo’lgan 
moddiy zaxiralar, to’plangan mahsulotlar, iqtisodiy aylanmaga kirgan yoki jalb 
etilgan tabiiy zaxiralarning yig’indisini aks ettiradi. Milliy boylik hisobiga ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot (ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot va boshqalar) muntazam 
oshib boradi (oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish). 
Milliy boylik ko’rsatkichlari ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy shart-
sharitlarini, shuningdek umuman jamiyat hayotini ifodalaydi. To’plangan boyliklar 
va ijtimoiy mahsulot hajmi mamlakatning iqtisodiy salohiyatini, demakki aholining 
iste`moli, daromadi, turmush darajasini oshirishning iqtisodiy imkoniyatlarini aks 
ettiradi. 
Milliy boylikning kengaytirilgan, tarkibi 2.1. rasmda berilgan. 
2.1-rasm. Milliy boylik tarkibi. 
Миллий бойлик 
Миллий мулк 
Табиий заҳиралар 
Ишлаб 
чиқаришда 
фойдалани-
лиётган 
Ноишлаб 
чиқаришда 
фойдалани-
лаётган 
Шахсий истъемол 
фонди 
Ижтимоий ноишлаб 
чиқариш истъемол 
фонди 
Ер фонди 
Ўрмон фонди 
Фойдали қазилмалар 
захиралари 
Сув захиралари 
Бошқа захиралар 


14 
Milliy mulk milliy boylikning asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, jamiyatning 
moddiy farovonligini ta`minlash uchun zarur bo’lgan mol-mulkni o’z ichiga oladi. 
Uning salmog’i va tarkibi yalpi mahsulot ishlab chiqarishda va aholi farovonligini 
oshirishda katta imkoniyatlar yaratadi. 
Mamlakat aholisining turmush darajasi ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi va 
tarkibi bilan ifodalanadi. YAkuniy shaxsiy iste`mol tarkibi (shaxsiy iste`mol 
xarajatlari), ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. 
Iste`molning umumiy hajmida uzoq muddat foydalanishga mo’ljallangan 
tovarlar ulushining yuqoriligi aholining turmush darajasi va mamlakat iqtisodiy 
taraqqiyoti darajasining yuqoriligidan dalolat beradi. 
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulotdan aholining 
rivojlanish indeksi va mamlakatning ijtimoiy taraqqiyoti indeksini hisoblashda 
foydalaniladi. U jamiyat taraqqiyoti darajasi bo’yicha davlatning xalqaro miqyosdagi 
o’rnini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 
Iqtisodiy omillar orasida milliy daromadning o’sishi alohida e`tiborga loyiq. 
Bu ko’rsatkich hozirgi avlod mehnatining samarasi tarzida aholi turmush darajasi 
o’sishining manbai hisoblanadi. 
Milliy daromad yil davomida moddiy ishlab chiqarish sohasida yangitdan 
yaratilgan qiymat yoki natura shaklidagi umumiy ijtimoiy mahsulotning uni ishlab 
chiqarishga sarflangan barcha moddiy xarajatlar. Bu qiymat jamiyatning «sof 
daromadidir». 
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad ajratib 
ko’rsatiladi. Foydalanilgan milliy daromad o’z navbatida iste`mol fondi va 
jamg’arma fondlariga bo’linadi. 
Iste`mol fondi – bu milliy daromadning aholi, va umuman, jamiyatning moddiy 
va ma`naviy ehtiyojlarini (ishlab chiqarish sohasi va mudofaa xarajatlari) qondirishga 
mo’ljalangan qismidir. 
Jamg’arma fondi – bu milliy daromadning fan-texnika taraqqiyoti va ishlab 
chiqarish rivojlantirishga yo’naltiriladigan qismidir. 
Ko’rsatib o’tilgan fondlar o’rtasidagi nisbat odatda iste`mol fondining 
foydasiga bo’ladi, ammo bu ustunlik ma`lum me`yorda bo’lishi lozim (masalan, 
bozor munosabatlariga o’tish sharoitida milliy daromadda iste`mol fondi qissasining 
oshirilishi investitsiyalarning keskin kamayishiga olib keldi, bu o’z navbatida 
fantexnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta`sir 
o’tkazadi). 
Milliy daromad va yalpi mahsulotning o’sishi ish haqi, pensiyalarning eng kam 
miqdorini, ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish, turli ijtimoiy dasturlarni bajarish va 
hoqazolarga imkon yaratadi. 
Milliy daromadning hajmi va dinamikasi mehnat unumdorligi, ish bilan 
bandlik, tarmoqtarkibi, investitsiyalar hajmi, ijtimoiy sohaning rivojlanish darajasi 
kabi omillarga bog’liq. 
Mehnat unumdorligi darajasi va o’zgarishi yalpi mahsulot va milliy 
daromadning o’sishini belgilovchi muhim omillardan biri bo’lib, aholining turmush 
darajasi mehnat unumdorligining o’zgarishiga bog’liq holda oshadi (kamayadi). O’z 
navbatida mehnat unumdorligi ilmiy texnika taraqqiyoti, mehnat, ishlab chiqarish va 


15 
boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy omillarga (xo’jalik 
mexanizmini 
takomillashtirish, 
mehnatni 
rag’batlantirishni 
oshirish, 
ijtimoiy 
sohaning rivojlanishi va boshqalar)ga bog’liq bo’ladi. 
Ijtimoiy sohaning (fan, ta`lim, sog’liqni saqlash, madaniyat) rivojlanishi 
aholining ijtimoiy (ma`naviy, madaniy) ehtiyojlarini qondirishni ko’zda tutadi, 
millatning salohiyatini oshirish ko’maklashadi, uning salomatligini saqlaydi va 
mustaqkamlaydi, jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta`sir o’tkazadi. 
Keltirib o’tilgan barcha omillar orasida uzviy aloqa mavjud bo’lib, ularny 
birgalikda ko’rib chiqish orqaligina turmush sifatining barcha tarkibiy qismlarini 
tavsiflash mumkin. 
Ijtimoiy taraqqiyot turmush darajasining yaxshilanib borishida (ayrim 
davlatlarda pasayishi mumkin) ifodalanadi. XX – asrning o’rtalariga kelib barcha 
rivojlangan davlatlarda aholi farovonligi oshib bordi, majburiy ish vaqti qisqardi, 
mehnat sharoitlari yaxshilandi, o’rtacha umr ko’rish davri uzaydi. 
Tahlillar shuni ko’rsatadi, oxirgi 30-40 yil ichida rivojlangan davlatlarda ham 
keskin siljish ruy berdi. O’rtacha umr ko’rish davri shu yillar ichida 15-18 yilga o’sdi, 
go’daklar o’limi 2 baravar qisqardi, boshlang’ich va o’rta maktablarda ta`lim 
oluvchilar soni 1,5 barobar oshdi. 
Taraqqiyotdagi muvaffaqiyatlarga qaramay, ko’pgina mamlakatlarda insonning 
kundalik ehtiyojlari to’la qondirilgan emas. Rivojlanayotgan davlatlar aholisining har 
uchinchisi muhtojlikda yashamoqda, 1 mlrd. dan ortiq odam eng zarur ijtimoiy 
ta`minot (birlamchi tibbiy xizmat, boshlang’ich ta`lim, toza ichimlik suvi bilan 
ta`minlanish va to’yib ovqatlanish)dan mahrum. Rivojlangan davlatlarda yashovchi 
salkam 100 mln. kishi davlatdan yordam olishiga qaramay rasmiy qashshoqlik 
darajasidan kam daromadga ega. 
Hozirgi kundagi rivojlanish sur`ati, tinchlik va taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik 
umumjahon ahamiyatiga ega bo’lgan vazifalarni hal etish uchun imkoniyatlar 
yaratmoqda. Kelgusi asrda insoniyat salohiyatining rivojlanishiga ko’maklashish 
uchun aholi o’sishini, ijtimoiy xizmat ko’rsatishi tartibga solish, yangi ish o’rinlarini 
yaratish, qashshoqlikka barham berish, tabbiy muqitlarni yaxshilash kabi 
muammolarni hal etishda xalqaro kelishuvlarga erishish lozim. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə