Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


-MAVZU  AHOLINING TURMUSH DARAJASI TUSHUNCHALARI



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/46
tarix11.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#145898
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
2022-12-21-09-39-01 d18fe94d84bd07a7b20ed7b2f47734fd

3-MAVZU 
AHOLINING TURMUSH DARAJASI TUSHUNCHALARI. 
 
REJA: 
1. Turmush darajasini turli xil sabablari. 
2. Millat farovonligini oshirishda iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik omillarning 
ta`siri. 
3. Milliy boylikning kengaytirilgan, tarkibi. 
4. Iste`mol byudjeti va uning iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan o’zaro aloqasi. 
Tayanch iboralar: Havo, suv muhiti, siyosiy omillar, iqtisodiy, atrof muhiti, 
milliy boylik, tabiiy zahiralar, milliy daromad, iste`mol va jamg’arma fondi, mehnat 
unumdorligi, sub`ektiv elitar, norma va normativlar, yashash minimumi, transfertlar, 
dividentlar. 
1. Turmush darajasini turli xil sabablari 
Turmush darajasini turli xil sabablarga bog’liq bo’lgan ko’p qirrali hodisadir. 
Har bir insonning turmush darajasi havo va suv muhiti, uy-joy, maishiy va ishlab 
chiqarish sharoitlari, iste`mol tovarlarining sifati va hajmidan boshlab, to umumiy 
ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyat, shuningdek siyosiy institutlarning holatigacha 
bo’lgan qator tabiiy va ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Bulardan eng muhimlari – 


12 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy soqa hamda ilmiy-texnik taraqqiyotga, shuningdek 
ekologiyaga (atrof-muhitga) ta`sir etuvchi omillardir. 
Omillarning ta`siri tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar va zaxiralarning (inson, 
mehnat, ishlab chiqarish, moliyaviy, axborot, ma`naviy zaxiralar) mavjudligiga 
(yo’qligiga) qarab kuchayishi (susayishi) mumkin. Ammo bunda to’g’ridan-to’g’ri 
aloqa mavjud emas. Masalan, YAponiya, SHvetsiya kabi davlatlar tabiiy 
zaxiralarning 
kam 
bo’lishiga 
qaramay 
eng 
boy 
davlatlardan 
sanaladilar. 
Farovonlikning yuqori darajasi aholisi ko’p bo’lgan davlatlar (AQSH, Germaniya, 
YAponiya) bilan bir qatorda aholisi kam bo’lgan davlatlarda ham (Lyuksenburg, 
Finlyandiya, SHveytsariya) kuzatiladi. Pokiston, Afg’oniston, Tojikiston, Qirg’izton 
va O’zbekiston kabi davlatlarning iqlim sharoitlari bir-biriga deyarli yaqin bo’lsada 
ulardagi aholining turmush darajasi tubdan farq qiladi. 
Aholining ma`lumot darajasi, kasbiy bilimi (professionalizm)ning yuqoriligi, 
iqtisodiy faolligi, tadbirkorligi, ijtimoiy munosabatlari mamlakatda turmush darajasi 
yuqori bo’lishini ta`minlovchi sabablar sifatida ta`kidlanadi. Masalan, YAponiya 
erishgan 
iqtisodiy 
taraqqiyotni 
birinchi 
navbatda 
ta`lim tizimi, millatning 
mehnatsevarligi, faolligi, korxonalarda mehnatni oqilona tashkil etilishi bilan 
bog’lanadi. 
Siyosiy omillar. Har bir mamlakatdagi turmush darajasi jamiyat (davlat) 
tuzilishi, xukuq institutlarining barqarorligi va inson huquqlariga amal qilishini, 
hoqimiyat turli bo’g’inlarining nisbati va ularning mintaqa (korxona)lar bilan 
munosabatlari va shu kabilarga bog’liq bo’ladi. 
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish davrining besh tamoyili asosida 
sobitqadamlik bilan amalga oshirilgan islohotlar mulkchilik, narx-navo, agrar, tashqi 
iqtisodiy aloqalar, boshqarish va nihoyat ijtimoiy islohotlardan iboratdir. SHo’rolar 
davrida O’zbekiston sobiq Ittirofoqdagi monoiqtisodiy tizimning bir bo’lagi edi. Bu 
tizim davlatlashtirilgan, ya`ni butunlay davlatning monopol tasarrufida bo’lgan, faqat 
markazdan rejalashtiriladigan va davlat nazoratidagi iqtisodiyotdan iborat edi. U 
monopol bo’lgani bois iqtisodiy demokratizmni inkor etgan. Ana shunday 
munosabatlarning o’rnida tabiatan demokratik bo’lgan ko’p ukladli iqtisodiy tizim 
qaror toptirilmoqda. Ko’p ukladli iqtisodiy tizimga turli mulk shakllari va xo’jalik 
yuritish usullarining yonma-yon rivojlanib borishi va ulardan xech birining monopol, 
ya`ni tanqo xukmron bo’lmasligi va bir-biriga tazyiq etmasligi xosdir. Bu tizimda 
ular o’rtasidagi xo’jalik aloqalari bozor munosabatlari tarzida namoyon bo’ladi. 
Iqtisod ilmi raqamlarni xush ko’radi. SHuning uchun quyida raqamlar orqali so’z 
yuritamiz. 
Mustaqillik davrida davlat monopoliyasining barham topishi iqtisodiy 
demokratizmni yuzaga keltirib, bozor munosabatlariga yo’l ochdi. Bu aholi 
daromadlariga ta`sir etishi tabiiy, albatta. Islohotlar yangi daromadlar manbalarini 
vujudga keltirdi. Ma`lumki, sotsializm sharoitida mehnatga qarab taqsimlash shiori 
o’rtaga tashlangan bo’lsada, aslida daromadlarni mumkin qadar bir tekis 
taqsimlashga, hammani bir xil daromad bilan ta`minlashga moyillik kuchli edi. 
Daromadlarga chegara ko’yilib, ko’p pul ishlash, ya`ni boy bo’lish amalda 
taqiqlangan va ta`qib etilgan. Buni sotsializmni barbod bo’lishining sabablaridan biri 
deyish mumkin, chunki bu tuzumda kishilarning shaxsiy manfaati yuzaga chikmasligi 


13 
bois mehnat omillari o’ta zaiflashib ketib, iqtisodiyot inqirozga yuz tutdi. Islohotlar 
tufayli tadbirkorlik daromadi, aktsiyador dividendi, mulkdan kelgan daromad 
shaklidagi tabiatan yangicha bozor daromadlari paydo bo’ldi. Natijada ish haqi ham 
bozor daromadiga aylanib bormoqda. Bozor daromadi – bu ishlab topilgan daromad, 
ya`ni ish kuchi, kapital yoki boshqa boylikni o’z egasi tomonidan naqadar samarali 
ishlatilishiga qarab topiladigan daromaddir. Bozor daromadi ahamiyatining ortib 
borishi bozor munosabatlarining qaror topib borayotganligidan darak beradi. 
Islohotlar, shak-shubhasiz, daromadlar tarkibida chuqur o’zgarishlar yaratadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə