Annotatsiya. Ushbu maqola bank ishining dastlabki faoliyati, kapitalizmning yuzaga kelishi bilan banklar ahamiyatining ortib borishi, banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonunlar va O’zbekistonda birinchi bank



Yüklə 69,56 Kb.
səhifə1/3
tarix07.07.2023
ölçüsü69,56 Kb.
#119381
  1   2   3
maqola bank



O`ZBEKISTONDA BANK ISHI FAOLIYATI VA UNGA OID HUJJATLARNING KELIB CHIQISH MANBALARI

Annotatsiya. Ushbu maqola bank ishining dastlabki faoliyati, kapitalizmning yuzaga kelishi bilan banklar ahamiyatining ortib borishi, banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonunlar va O’zbekistonda birinchi bank, O’zbekistan tijorat banklar uyushmasi tashkil topishi hamda O’zbekiston chet el bank va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qo’shma bank faoliyatlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar. Bank, ssuda, kapital, kridit, valyuta, pul, sarrof
Kirish. Bank (italyancha banco-skameyka, pul alashtiruvchi tangalar qo’ygan stol ansa- sarrof peshtaxtasi )- kridit moliya muassasasi; asosan vaqtincha bo’sh pul mablag’larini to’plash, korxonalar, idora- tashkilotlar va umuman pulga ehtiyoj sezgan barcha muhtojlarga kredit, ssuda (bankning foiz to’lovi sharti bilan kriditga berilgan pul mablag’i; qisqa, o’rta, va uzoq muddatli turlarga bo’linadi.) berish naqt pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qog’ozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shug’ullanadi.
Biz bilamizki ,bank ishining dastlabki sohalari bo’yicha belgilari quldorlik jamiyatida paydo bo’lgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bog’liq hisob kitob ishlarini bajargan jiro- banklar(mijozlar o’rtasida hisob kitobni naqt pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar(arabcha pul almashtiruvchilar) pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shug’ullangan. Bankning ayrim belgilariga ega bo’lgan muassasalar o’rta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, so’ngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi.[8;92-103]
Kapitalizimning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi bo’lib XVII asrdan boshlab Angliyada, so’ngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. Bankning ko’payishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri bo’lib qoldi. Asta- sekin bank yiriklashib , ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. Bank muomalaga xususiy veksellar(nem. Wechsel-ayirboshlash-ko’rsatilgan muddatda muayyan miqdordagi pulni to’lash majburiyati qayt etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat) o’rnida ishlatadigan kredit pullarbanki – banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Ko’pgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqt pulsiz hisob-kitoblar paydo bo’ldi. Kapitalizimning rivojlanishi bilan kridit va to’lovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassalarga talab ortib bordi. Bank bosh pul vositalarini yig’ib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varag’ini yuritib, korxonalar o’rtasida eng yiriklari. Ayniqsa, XIX- ars oxiriga kelib bank ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini qisqartirishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular o’rtasida o’zaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab bo’ldi. Bank to’lov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi ya’ni korxonalarga egalik xuquqini rasmiylashtirishni yo’lga qo’ydi va ularni xo’jaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar ta’sis etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qo’shilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi(yun. Oligarchia-ozchilik hokimyati, davlat boshqaruv shakli ) vujudga keldi, bu oligarhiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi. [9]
Mavzuning dolzarbligi, Bugungi kunga kelib mamlakatimizning ko’plab joylarida (masalan, 90-yillar boshida AQSHda 14,5 mingdan ortiq bank bo’lgan) bir qancha bank bo’lishiga qaramay, ulardan 3-4 tasigina yetakchi o’rinlarni egallay boshlagan. Turli mamlakatlardagi yirik bank nihoyatda sertarmoq bo’lib, faqat o’z mamlakati doirasi bilan cheklanmasdan, jahonning juda ko’p mamlakatlarida bo’lim va filiallariga ega. Rivojlangan mamlakatlarda bank iqtisodiyotini boshqarish va rag’batlantirish muassasasi vazifalarini bajaradi. Bank pul kopitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishida qatnashib, foyda normasining tenglashinuvini ta’minlaydi.
O’zbekistonda birinchi bank muassasasi 1875 yil Toshkentda ochilgan bo’lib dastlab Rossiya imperyasi davlat bankning filiali bo’lgan. O’zbekistanda mustaqil bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991yil 15 fevralda Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab berilgan O’zbekistan Respublikasining “Banklar va Bank faoliyati to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. [2:6-31]
O’zbekistan Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xo’jalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichma-bosqich o’tkazish dasturiga mos keladi. O’tgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda- Markaziy bank, quyi bosqichda – tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Banklarning soni tobora ortib bordi va ularning hizmat turlari ham ko’paydi.
1995-1996 yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. O’zbekistan Respublikasining “O’zbekistan Respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi” (1995y.21dek.) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini to’ldiribgina qolmasdan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining aloxida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” 1996 yil 25 apreldagi yangi Qonuni esa tijorat bank faoliyatining barcha huquqiy asoslarini standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari bo’lgan O’zbekistan Respublikasi Markaziy banki O’zbekistan Respublikasining bosh banki hisoblanadi. Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan. Bank ularning filoli va vakolathonalari, kooperativ va hususiy bank tashkil etildi.
Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohatlarining eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashtirilgan bankni tuzish yo’li bilan amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan bankning tashkil etilishi bozorga yo’naltirilgan bank tizimini yaratish yo’li bilan amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan bankning tashkil etilishi bozorga yo’naltirilgan bank tizimini yaratish yo’lidagi zaruriy va tabiiy bosqich bo’ldi.
1995-96 yillarda “Asaka” ixtisoslashtirilgan davlat aksiyadorlik tijorat banki, “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki, “Toshkent ijtimoiy uy joy bank ” aksiyadorlik tijorat banki, “O’zsayohat invest bank” O’zbekistan aksiyadorlik tijorat investiyasi banki va “Zamin” ixtisoslashtirilgan davlat aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi. “O’zdehkonsanoat bank” aksiyadorlik tijorat banki “Paxtabank”ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, “O’zjamg’armabank” Xalq bankiga aylantirildi.
Tijorat bank xalq xo’jaligining turli sohalaridagi korxona tashkilotlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisob kitob hizmati ko’rsatishni amalga oshiradi. Bu bank to’la mustaqildir. Ularning aksiyalari turli mulk shakllariga mansub bo’lgan korhonalar, shuningdek jismoniy shaxslar o’rtasida taqsimlangan. Tijorat bankning xususiy zahiralari yetishmay qolganda ular kridit resurslari bozoridan zarur pul mablag’larini sotib olishlari mumkun.
O’zbekistan Respublikasining barcha mintaqalarida 800 ga yaqin filiallarga ega bo’lgan 35 tijorat bank faoliyat ko’rsatadi, ulardan 5 tasi chet el kopitali ishtirokida, ulardan 5tasi chet el kapitali ishtirokida, 11 tasi xususiy banklardir. Xususiy bankning huquqiy bazasini rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997 yil 24 apreldagi “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag’batlantirish choratadbirlar to’g’risida” farmoni muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Farmonga ko’ra respublika hududida faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari bilan bir qatorda xususiy bank ham tashkil etila boshladi. 1998 yilda 5 ta xususiy (“Alp Jamol”, “Turkiston”, “Istiqbol”, “XIFbank” va “O’ktambank ”) bankga bank operatsiyasini amalga oshirish uchun dastlabki ruhsatnoma berildi.
1995 y. 24 oktabrda O’zbekistanda tijorat banklar uyushmasi faoliyat yurita boshladi. Shuningdek uning tarkibiga xususiy banklar ham kirgan. Respublikada 1992 yildan “O’zbank audit”- banklararo aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan auditorlik firmasi ish olib boradi. 1996 yildan buyon “O’zbankaudit” bilan bir bir qatorda “Deloyt end Tush” va “Ernst end Yang” kabi 5 ta xalqaro auditorlik kansalting firmalariga hamda “Xolis” guruhi va “Odil audit” mahalliy audit firmalariga O’zbekistan Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank auditi o’tkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, sug’urta kompaniyalari, tashkilot va korhonalarning buyurtmasi bilan ularning moliyaviy- xo’jalik faoliyatini tekshiradi (taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar o’tkazadi.

Yüklə 69,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə