Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


 ‘zbek tiliga o‘zlashgan ruscha-baynalmilal terminlar



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/63
tarix30.05.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#88390
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63
O\'zbek terminologiyasi. Dadaboyev H.

0 ‘zbek tiliga o‘zlashgan ruscha-baynalmilal terminlar. 
Ruscha 
so‘z + ruscha so‘z yoki 
baynalmilal so 'z 

ruscha so ‘z 
strukturali qo‘shma 
terminlar o‘zlashish jarayonida o‘zbek tili qonuniyatlariga bo'ysunadi.
Ruscha-baynalmilal qo‘shma terminlarning o‘zbek tilida o‘zlashishi 
tubandagi usullar bilan amalga oshadi:
1. Ruscha-baynalmilal terminlarning rus tiliga xos ikkinchi kompo- 
nenti o‘zbek tilidagi mos so‘z bilan emas, balki so‘z yasovchi affiks bilan 
almashtiriladi. Oqibatda, ruscha-baynalmilal qo‘shma termin o ‘zbek tilida 
yasama terminga aylanadi:

soz: mashina-soz 
(mashinostroitel), 
vagon-soz 
(vagonostroitel), 
sa-
molyot-soz 
(samolyotostroitel), 
raketa-soz 
(raketostroitel), 
shahar-soz
(gradostroitel
) va h. k.;
-sozlik:mashina-sozlik 
(mashinostroyeniye), 
shahar-sozlik 
(grados- 
troitelstvo) 
vagon-sozlik 
(vagonostroyeniye), 
pribor-sozlik 
(priborostroy- 
eniye), 
raketa-sozlik 
(raketostroyeniye) va h. k.;
-shunos: material-shunos 
(materialoved), 
mashina-shunos 
(ma- 
shinoved) va h. k.;
2. Ruscha-baynalmilal qo‘shma terminlarning ikkinchi komponen- 
ti ayni o‘zbekcha mutanosibi bilan almashtiriladi yoxud kalka usuli bi­
lan tarjima qilinadi: 
bomba - qidirgich 
(bomboiskatel), 
bomba -pana
(bomboubejishe), 
giper - tovush 
(giperzvuk), 
kino - qurilma 
(kinousta- 
novka), 
elektr - hisoblagich 
(elektroschetchik), 
elektr-sim 
(elektro- 
provod), 
radio-niqoblash 
(radiomaskirovka), 
mikro-qarz 
(mikrokred- 
it) 
alfa-sinov 
(alpha-testing), 
kross-brauzerlik 
(cross-browser) va sh.k.
Ushbu metod ruscha-baynalmilal xarakterdagi qisqartma qo‘shma ter­
minlami о‘zlashtirish jarayonida ham qo‘l keladi: 
aero-chana 
(aerosani), 
tele-markaz 
(teletsentr), 
termo-qarshilik 
(termosoprotivleniye), 
gelio-qu-
rilma 
(gelioustanovka), 
tele-sharhiovchi 
(telekommentator), 
avia-soz-
lik 
(aviastroyeniye), 
avto-yo 
7 (avtodoroga), 
veb-hujjat 
(veb-dokument), 
veb-anjuman 
(veb-konferensiya), 
motoo ‘qchi rota 
(motostrelkovaya rota) 
va sh.k.
3. Ruscha 
baynalmilal terminning har ikki komponenti o ‘zbekcha 
mutanosibi bilan almashtiriladi (yoki kalka qilinadi): 
ко ‘prikqo ‘ygich
(mostoukladchik), 
havoisitgich 
(vozduxonagrevatel), 
havosovutgich
(vozduxooxladitel), 
havotozalagich 
(vozduxoochistitel) va sh.k. So‘nggi 
paytlarda birinchi komponenti qisqartmalardan tashkil topgan ikki kom- 
ponentli terminlarning o‘zbek tili terminlar tizimida faol qo‘llanishi ku-
115


zatilmoqda. Chunonchi, internet tarmog‘ida qo‘llanayotgan 
DNS serveri,
BGP bayonnomasi, NSFNET tarmog'i, ISDN standard, BRI interfeysi,
CASE tizimi 
shular jumlasidandir.
Ruscha-baynalmilal murakkab qo‘shma terminlarning o ‘zlashishi. 
Hozirgi o ‘zbek terminologiyasi tizimida haddan ziyod miqdordagi rus­
cha-baynalmilal murakkab qo‘shma terminlar qo‘llanmoqda. Ushbu 
murakkab qo‘shma terminlarning m a’lum qismi o ‘zbek tili tomonidan 
tayyor, asl holda o ‘zlashtiriladi: 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə