Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/63
tarix30.05.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#88390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
O\'zbek terminologiyasi. Dadaboyev H.

2020


KIRISH
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomida- 
gi Toshkent davlat o ‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish” va 
“0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo ‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to ‘g ‘risida”gi Farmonlari, 0 ‘zbekiston Respublikasining “D av­
lat tili haqida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan ke­
lib chiqqan holda o ‘zbek terminologiyasi sohasining predmeti, maqsadi va 
vazifasini yoritish, fan doirasida o ‘rganiladigan bosh masalalaming maz- 
mun-mundarijasini belgilash, talabalarda terminologiyaning maxsus ilm- 
iy-texnikaviy m a’nolami ifodalovchi termin yoki so‘z birikmalari tizimi, 
uning muayyan adabiy til so ‘z boyligida albatta mavjudligi, leksikaning 
ajralmas bir qismi ekanligi, terminlar bilan leksika orasida farq borligi xu- 
susida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, terminlar shakllanishida intral- 
ingvistik va ekstralingvistik omillaming roli, terminlarning struktur-gram- 
matik qurilishi qatlamlari, hosil bo ‘lish yo‘llari, term inlar tarkibidagi 
leksik-semantik jarayonlar, terminlami tartibga solish, muvofiqlashtirish, 
terminologik tadqiqotlar, terminologik lug‘atlar borasida m a’lumot berish 
muhim vazifalardan hisoblanadi.
Fanning maqsad va vazifalari. 
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o ‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g ‘risida”gi Far- 
monda ta’kidlanganidek: “Eng avvalo, ona tilimizning qo‘llanish doirasini 
kengaytirish, uning tarixiy ildizlarini chuqur o ‘rganish va ilmiy asosda har 
tomonlama rivojlantirish bugungi kunda o ‘ta dolzarb masalaga aylanmoq- 
da. Bu haqda gapirganda, birinchi navbatda, fundamental fanlar, zamonaviy 
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, 
yurispmdensiya, diplomatiya, harbiy ish va shu kabi o ‘ta muhim tarmoqlar- 
da o ‘zbek tili o ‘zining haqiqiy o ‘mini egallashiga erishish, shu maqsadda 
zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lug‘atlar yaratish, zarur atama 
va iboralar, tushuncha va kategoriyalami ishlab chiqish oldimizda muhim 
vazifa b o iib turganini qayd etish lozim”. Mazkur vazifalardan kelib chiqqan 
holda fanni o ‘qitishning maqsadi terminologiya sohasining predmeti, obyek-
3


ti va vazifalarini yoritish, fan doirasida o ‘rganiladigan asosiy masalalaming 
mazmun-mundarijasini belgilash, o ‘zbek tenninologiyasining shakllanish va 
taraqqiyot bosqichlari, qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o ‘zbek adabiy 
tili, hozirgi o ‘zbek adabiy tili va mustaqillik davri o ‘zbek tili terminologiya­
sining shakllanish va rivojlanishiga turtki bo ‘lgan ijtimoiy shart-sharoit va 
omillar, terminlar sistemasining taraqqiy etishida o ‘zbek tili qatori boshqa 
tillaming salmoqli o ‘mi, tenninlaming yasalish qoliplari, terminologik izla- 
nishlar, istiqlol yillari o ‘zbek terminologiyasida yuz bergan jarayonlar haqi­
da m a’lumot berishdan iborat.
Fanni o ‘qitishda l‘0 ‘zbek terminologiyasi” fanining vujudga kelishi va 
rivojlanishi bo ‘yicha bilimlami o ‘zlashtirish va mustahkamlash, talabalar- 
da o ‘zbek temiinologiyasi bo ‘yicha boshlang‘ich bilim ko‘nikmalarini hosil 
qilish, jamiyatda ro‘y beradigan har qanday o ‘zgarishlaming terminologi­
yada yaqqol ifodasini topishi, o ‘zbek terminologiyasi sistemasining dastlab 
qadimgi turkiy til bitiklarida ko‘zga tashlanishi, uning eski turkiy til va eski 
o ‘zbek adabiy tilida miqdor va sifat jihatdan o ‘sib borishi, hozirgi o ‘zbek ad­
abiy tilida tub o ‘zgarishlarga uchragani, uning sof turkiy (o'zbekcha) hamda 
o'zlashma qatlamlardan iboratligi, terminlaming stmktur-grammatik qurili­
shi haqida bilim berish singari vazifalami amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ushbu qo‘llanma terminologiya sohasida nafaqat respublika, balki chet 
el tilshunoslari tomonidan yaratilgan lug‘atlar, monografiyalar, qo‘llanma- 
lar, yoqlangan dissertatsiyalar asosida tayyorlangan b o ‘lib, terminshunos- 
likka oid bilim, xususiyat va k o ‘nikmalami egallashga qaratilgan. Mav- 
zulami xronologik izchillik va tartib bilan joylashtirishda talabalaming 
malakasi hamda fikrlash qobiliyatlari e ’tiborga olingan.
Q o‘llanmada berilgan savol va topshiriqlar, testlar mavzulami inter- 
faol metodlar hamda innovatsion texnologiyalar yordamida m ustahkam ­
lash uchun m o‘ljallangan.
4



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə