Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/63
tarix30.05.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#88390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
O\'zbek terminologiyasi. Dadaboyev H.

Alim
“qarz, kredit”, 
he rim
“to‘lov, qarzni qaytarish”, 
beglig 
“beklik”, 
bitigci 
“mirza, munshiy, kotib”, 
yatgaq
“tungi soqchi”, 
yarisa 
“ko‘rshapaIak”,
yargu 
“ajrira”,
ya rg u ci“qozi,
sudya”, 
qaliq
“havo”, 
obuz 
“qattiq yer”, 
tirgas 
“ko‘lmak suv” kabi turkcha, 
rabat 
“karvonsaroy”, 
malik 
“hukmdor”, 
siyasat 
“siyosat”, 
'amil 
“ish yuritu- 
vchi”, 
tib 
“meditsina, tibbiyot”, 
nujum 
“astrologiya”, 
handasa 
“geometri- 
ya” singari arabcha, 
la 'skar 
“qo‘shin”, 
mayfurus 
“may ichuvchi; may sotuv­
chi” singari forscha-tojikcha
daruga 
“qal’a, qo‘rg‘on komendanti”, 
тйгап
“daryo”, 
niikdr/ndvkdr 
“navkar, askar” kabi m o‘g ‘ulcha tenninlar bu davr 
tenninologik tizimida nisbatan keng ko‘lamda ishlatilgan.
Eski o ‘zbek adabiy tili terminologiyasining takomillashuvida, uning 
yanada yuqoriroq bosqichga ko‘tarilishida tilning ichki qonuniyatlari qatori 
tashqi ta’sir, ya’ni ekstralingvistik omillaming roli salmoqli bo‘lgan. 0 ‘zbek 
adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy, uning Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Ya- 
qiniy singari salaflari, Bobur, Muhammad Solih, Ogahiy, Munis kabi izdosh- 
lari tomonidan ta’lif etilgan badiiy, tarixiy, ilmiy asralar leksik boyligi tah- 
lilidan kelib chiqqan holda aytish joizki, o ‘zbek tili ichki imkoniyatlaridan 
keng foydalanilgan tarzda termin yaratish bu davr uchun ancha sermahsul 
usul hisoblangan. Ona tiliga millatning bosh ko‘zgusi tarzida munosabatda 
b o ‘lish zaruriyatining Alisher Navoiy tomonidan ziyolilar, olimlar, shoir-u 
yozuvchilar oldida kun tartibiga qat’iy va ro‘yi rost qo‘yilishi o ‘z ijobiy 
aksini terminlar tizimida ham topgan edi. Aniq fanlar qatori, ijtimoiy-gu- 
manitar fan sohalarining shakllanib borish jarayoni ularga taalluqli maxsus 
tushunchalami ifodalovchi terminlar yaratilish bilan baqamti kechdi. Bunda, 
birinchi galda, eski o ‘zbek adabiy tili, jonli so‘zlashuv tili, lahja va shevalar- 
da mavjud leksik birliklar tenninlar safini kengaytirdi, o ‘zbek tilda so‘z ya­
sashda keng qo‘llangan affikslar yordamida katta miqdorda terminlar hosil 
qilindi. Arab, fors-tojik, m o‘g ‘ul tillaridan o ‘zlashgan terminlar soni shiddat 
bilan oshib bordi. Chet tillardan kirib kelgan so‘z yasovchi qo‘shimchalar 
ham terminlar yasashda muhim o‘rin egalladi. Xususan, harbiy qurol-yarog‘, 
texnika bilan bog‘liq 
top 
“zambarak”, 
qazan 
“og‘ir to‘p”, tu
far] 
“miltiq” kabi 
asl o ‘zbekcha terminlar bilan yonma-yon arabcha 
ra'd  
“ yonib turgan neftni 
dushman tomon irg‘ituvchi to‘p”, 
arrada 
“paloqmon”, 
manjaniq 
“katapul- 
ta”, forscha-tojikcha 
zarbzan 
“zambarak turi”, 
farangiy 
“Yevropa, Kichik 
Osiyoda quyilgan to ‘p”, 
zanburak
“zambarak” kabi istilohlar jam iyat a ’zola- 
rining m a’lum qatlami tilidan o ‘rin oldi. Ijtimoiy-siyosiy tenninologiyada 
ham muayan o ‘zgarishlar yuz berdi. Chunonchi, davlat boshqaruvida yan-
15


gidan-yangi rutba, lavozim va mansablaming joriy qilinishi natijasida 
va.su-
vulbasi, tabibbasi, qosbegi, naqib, inaq, biy, divanbegi, toqsaba, p a rvanaci,

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə