Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/32
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#146260
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
toshmurodova n undov talqid modal so\'zlarni o\'qitish usullari bmi (1)

 
Jizzax

2016. – B. 29. 


53 
284-mashqni o‘quvchilarga tushuntirishda faqat qoida bo‘yicha emas,balki 
o‘quvchining boshqa tomonlarini ham hisobga olgan holda amalga oshirishimiz 
kera. Masalan: bu mashqimizda juftliklarni o‘qing va ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar 
qanday ma’nolarda qo‘llanganini tushuntiring. Biz “MUNOSABAT” metodimiz 
orqali o‘quvchilarning imloviy savodxonligini ham tekshiramiz. Bu metodda bitta 
so‘z berilib, guruhlar shu so‘zga munosabat bildiradi,gapda qo‘llangan so‘zdan 
oldin yoki keyin qo‘yilgan tinish belgilarni ham tushuntirib o‘tadi 
1. Chamasi....... 
1. Bo‘ron bo‘lishi ehtimol, qizim. (Mirmuhsin) Ehtimol, bu onasidan yagona 
esdalik. 2. Chamasi, hammasining og‘zi tekkan ekan o‘sha go‘shtga. 
Gulchehraning chamasi to‘g‘ri chiqdi. 3. Onajonim,balki, bir kun Men ham shoir 
bo‘larman. (A. Oripov) U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham shunday 
muomalada bo‘lar edi. 4. Aftidan, G‘ulomjon bu g‘alvalarni ataylab boshlagan. 
Uning «ko‘cha bolasi» ekanini aftidan bilib olish qiyin emas edi. 
285-mashq.Avval sof, keyin vazifadosh modal so‘zlar qatnashgan gaplarni 
ko‘chiring. O‘quvchilarga bu mashqni bajartirishda “
Baliq ovi
” o‘yinidan 
foydalanamiz. Doskaga ikkita tomoniga akvarium va o‘rtasiga dengiz rasmi 
tushiriladi. Dengizda baliqlar bo‘ladi ya’ni savollar baliq shaklidagi doskaga 
yopishtirishga qulay qog‘ozga yozib tayyor holida olib kelinadi va o‘quvchi
dengizdagi baliqlardan birini tutib uni orqa qismidagi savollarga javob beradi. 
Javob to‘g‘ri bo‘lsa baliqni akvariumlardan biriga soladi, noto‘g‘ri bo‘lsa 


54 
dengizga 
qo‘yib 
yuboradi. 
1. Haqiqatan ham, ko‘rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar orasidagi jonivorlardir. 
(«Gulxan»dan) 2. Xullas, shunday edi olam va ishlar Seni tanimagan paytlar. 
(Asqad Muxtor) 3. Darhaqiqat, chang-to‘zon ancha narilab, Karki tomonga ketardi. 
(Mirmuhsin) 4. Me’morning xayol surib giyohvandlardek qotib qolganini ko‘rgan 
Xorunbek ... bu, ehtimol, achchiq alamning oqibatidir deb o‘ylardi. (Mirmuhsin) 5. 
Uning oldida bakni qaynatishyapti, shekilli, bak karnayidan qizil alanga chiqib 
qolardi. (Sh. Xolmirzayev) 6. Amakimning farzandi bo‘lmagani uchun otam meni 
amakimga o‘g‘il qilib bergan. Bu, taxminan, 3–4 yoshlarimda bo‘lsa kerak. (S. 
Dolimov) 
Bugungi kunda og‘zaki va yozma nutqni shakillantirish bilan birga eshtib 
yozish, tasavvur doirasini kengaytirish maqsadida audo,vidio materiallardan ham 
foydalanishmiz, darsning tushunarli va qiziq bo‘lib o‘tishiga yordamlashadi. 
Quyidagi 286-mashqda berilgan modal so‘zlar qatnashgan biron bir badiiy asardan 
parcha o‘qib eshittiriladi. So‘zlar ichidan modal so‘zlarni ajratib,ularni sof yoki 
vazifadoshligini tushuntirib, ular ishtirokida gaplar tuzing. 
• sof modal so'z
Akvarium
• vazifadosh modal 
so'z
Akvarium


55 
Ammo, hamisha, avvalo, so‘ng, afsus, shubhasiz, noiloj, albatta, taxminan, balki, 
ehtimol, biroq, birdan, aftidan, masalan, darhaqiqat.
31

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə