Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/32
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#146260
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
toshmurodova n undov talqid modal so\'zlarni o\'qitish usullari bmi (1)

278-mashq
. Berilgan so‘zlar ichidan modal so‘zlarni ajrating. Ular 
ishtirokida gaplar tuzing. 
“So‘zdan so‘z yasash” 
o‘yini. Bu o‘yin ikkita o‘quvchi 
ishtirokida malga oshadi. O‘quvchilarni so‘z boyligini oshirishga, qayta 
xotirlashga va mantiqan fikrlashni kengaytirishga undaydi. doskaga o‘qituvchi 
tomonidan mashqdagi bir so‘z yozib qo‘yiladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi ma’lum 
vaqt davomida ana shu so‘z harflaridan foydalangan holda boshqa so‘z 
yasashlarini aytadi. Belgilangan vaqtda qaysi o‘quvchi ko‘proq so‘z yoza olgan 
bo‘lsa shu o‘quvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.
29
Ehtimol umuman kelmagandur. 
Attang, faqat, birdan, aftidan, qo‘qqisdan, haqiqatan, essiz, nahotki, nihoyat, 
xayriyat, xullas, hatto, masalan, biroq, ehtimol, umuman. 
29
Saydullayeva A
.
Darslarni samarali tashkil etishda foydalanadigan o'yinlar.
– Til va adabiyot
jurnali, 2016. – B. 115. 


51 
MODAL SO‘ZLARNING MA’NO TURLARI 
“Ustunchalar” o‘yini o‘tgan mavzulni qayta xotirlash va mustahkamlash
chaqqonlik va tez fikrlay olish qobiliyatlarini o‘stirish uchun ayni qo‘l keluvchi 
o‘yindir. O‘quvchilar daftar varog‘ini mashqdan kelib chiqib 2, 3, 4 yoki 5 ta 
ustunchaga bo‘lishadi. Ustunchalar boshiga mavzu nomi yoziladi. Har bir 
ustunchaga belgilashingizga qarab 5 tadan yoki 7 tadan mavzuga oid so‘zlarni 
yozish kerak bo‘ladi. Birinchi yozib bo‘lgan uch o‘quvchini yozuv taxtasiga taklif 
qilasiz. Ular barchasini to‘g‘ri va bexato bajarishgan bo‘lsa qo‘shimcha baho bilan 
siylashingiz mumkin. 281-mashq. Gaplarni ustunchalarga ko‘chirib, modal 
so‘zlarning ma’no turlarini aniqlang. Bu o‘yinda mashqdagi modal so‘zlar birinchi 
ustunchaga qo‘yiladi va oxirgi ustunchaga yetguncha uning ma’nosi, ma’no turi 
yozilib natijasi chiqariladi. 
1. Avvalo, insonning qalbi go‘zal bo‘lmog‘i kerak. 2. Afsuski, besh qo‘l barobar 
emas. Oramizda yomon niyatli kimsalar ham uchrab qoladi. 3. Ularga qarshi 
kurashish hammamizning burchimiz, albatta. 4. Xayriyat, odamlarimizga insof va 
diyonat qaytib kelmoqda. 5. Xullas, biz ulug‘ odamlarning farzand-! larimiz. (A. 
Oripov) 6. Qizlar jim edilar. Aravakash zerikdi, shekilli, astagina ashula boshladi. 
(Cho‘lpon) 7. Darhaqiqat, Zulfiya she’riyati mardona she’riyat. (E. Vohidov) 8. 
Balki, ustoz Oybekdek to‘lib, Yozajaksan yangi bir doston. Balki, Habib Abdulla 


52 
bo‘lib, Sahrolarda ochajaksan kon. (A. Oripov) 9. Mening beshigimga otilgan ul 
o‘q, Sizning umringizni uzgan, ehtimol. (A. Oripov) 
Maktab o‘quvchilariga an’anaviy dars tizimidan noan’anaviy dars tizimiga 
o‘tish kerak,shundagina o‘quvchining diqqatini darsga qaratish lozim. 282-mashq 
Gaplarni yozing. Modal so‘zlarni topib, ularning qanday ma’no anglatayotganini 
tushuntiring. “TUSHUNCHALAR TAHLILI” metodi
Xullas 
1. Xullas, ana shu ajriqzordan sal o‘tgandan keyin qishloqcha boshlanadi. 
(Sh. Xolmirzayev) 2. Abduqodirning ham tomog‘iga bir narsa kelib tiqildi, 
shekilli, gapirolmadi. (O‘. Umarbekov) 3. Karimberdi otasiga bir qaradi-yu
nimadandir xijolat bo‘ldi, shekilli, darrov ko‘zini olib qochdi. (X. To‘xtaboyev) 4. 
Lekin Me’morning, avvalo, raiyat, qolaversa, saltanat oldidagi mavqeyi, Xuroson-
u Movarounnahrdagi shuhrati unga qarshi keskin chora ko‘rishga yo‘l qo‘ymas edi. 
(Mirmuhsin)5. Shu yer, shu Quyoshga bo‘lsinki qasam, Albatta, sen buyuk olim 
bo‘lursan! (E. Vohidov) 
Ta’limda sohasida yangi mavzuni qay darajada tushunganligini, 
o‘quvchilarning uyga vazifani bajarishiga qarab ham bilib olish mumkin. 7-sinf 
o‘quvchilarini og‘zaki va yozma nutqini to‘g‘ri, ravon, o‘z fikrini mustaqil 
ravishda bayon qilishi uchun ko‘proq kichchik hikoya va matn yozishga undash 
kerak. 
Bugundi 
kunda 
o‘quvchilarning savodxonligiga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. 283-mashqida uyga vazifasidatida u«Mustaqillik – millat ravnaqi» 
mavzusida matn tuzish berilgan. Bunda modal so‘zlardan ham foydalanish zarur.
30
SOF VA VAZIFADOSH MODAL SO‘ZLAR 
30
Yarlayeva L. Tasviriy san’at va chizmachilik fani o`qituvchisi. –

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə