Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida mansabdorlar va maqtanchoqlar haqidagi psixologik holatlarning ifodasi



Yüklə 18,59 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü18,59 Kb.
#162310
  1   2
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida mansabdorlar va maqtanchoqlar haqidagi psixologik holatlarning ifodasi

Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida mansabdorlar va maqtanchoqlar haqidagi psixologik holatlarning ifodasi

09.02.2022


11780
Ulashish
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida mamlakatdagi u yoki bu toifaga taalluqli kishilarga o‘z munosabatini bildirganda, asosan ularni kontrast ikki tipga mansub deb baholaydi. Negadir, ularning barchasi bir xil darajadagi johillar yoki odillar turkumiga dahldor ekanligi, yaʼni ijobiy yoki salbiy xarakterli deb mutafakkirni tan olishi ayrim shubhalarni vujudga keltiradi. Lekin insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida yomonlik bilan yaxshilik o‘rtasida uzluksiz kurash borishi shaxsning psixologik xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari tarkib topishida ham baholashning bu ikki mezoni faol ishtirok etadi. Xuddi shu bois, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurashda ham adolat yoki yaxshilik g‘alaba qiladi, o‘z-o‘zidan yomonlik (yovuzlik) mag‘lub bo‘ladi. Bu ijtimoiy voqelik xalq ijodiyotida markaziy o‘rin egallaydi. Bu borada biz Navoiyning shaxsiy qarashlariga tanqidiy munosabat bildirishdan yiroqmiz, biroq shaxslarning individual-psixologik xususiyatlari aynan bir-biriga identik emasligini taʼkidlab o‘tmoqchimiz, xolos.
Diyonatsiz sadrlar (mansabdorlar) to‘g‘risida Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida fikr bildirganida, asosan, ularning psixologik xususiyatlarini tavsiflanadi va oxir oqibatda ruhiy qiyofasi yaratiladi, muallifning o‘ziga xos qarashlari yaxlit munosabat majmuasini vujudga keltiradi. Biroq qaysi vaziyat va holatlar, voqelik va sharoitlar shaxsda illatlarini yuzaga keltiradi, degan savolga muallif obrazlar talqini orqali javob beradi.
Navoiy mansabdor shaxslarning psixologik olamini tahlil qilganda, turlicha tomonlari yuzasidan fikr yuritadi. Jumladan, “vijdonsiz, harom-xarishdan tortinmaydigan, bediyonat sadrlar–hech zarurati bo‘lmagan bidʼatdir”. Muallif ularga nisbatan munosabatini bildirishda davom etib: “Agar u nokas, ilmsiz bo‘lsa, butun qilmishi – buzuqlik, fisqu fujurdir. Uning bazmidagi soz va kuy ohanglari ilm va taqvoga tutilgan azaning motam faryodidir”, deb taʼkidlaydi.
Mutafakkir ularning illatlari to‘g‘risida mulohaza yuritganida, xarakter-xususiyatiga baho berganida, quyidagi salbiy xulq-atvor, kuchsiz irodaga egalik, or-nomusda tubanliklarni tavsiflashga intiladi:
1) olimlar tarafidan gulob (gul sharbati) solib keltirilgan shishalar bo‘shagach, xizmatkorlari bu idishlarni may bilan to‘ldiradilar. Natijada mayxo‘rlik davom etib, tubanlikgacha boradi;
2) ular uchun keltirilgan novvatni ushatib, sadrlar o‘z ichkiliklariga gazak qiladilar.
Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, diyonatsiz mansabdorlar olimlarning aql-zakovati yuksak ekanligini tan olmas, ularga xizmatkorlardek qarashadi, lekin tanqidiy (o‘ziga nisbat), teran fikrlash bundaylarga begonadir. Shuning uchun ularning asosiy vazifalari, holatlarga masʼulligi hayot va faoliyatning boshqa jabhalariga, narsalarga ham jismoniy, ham ruhiy ko‘chirilgan. Ichkilikbozlik, meʼyorni bilmaslik, o‘zini iroda eta olmaslik sadrlarning illatlari bo‘lib hisoblanadi.
Ularning fikricha, bunga o‘xshash davralarda “yaramaslik unda g‘olib, talabalar esa yugurdaklik qiladilar. Ularning xizmatkorlari xonaqo uchun ajratilgan taomga, mahram bolalari esa shayx va mudarris maoshiga sherik”. U fikrni davom ettirib, shunday deydi: “bazmiga may keltirishga muhtasib rozi va unga may suzguvchi soqolli qozi”.
Alisher Navoiyning“Mahbub ul-qulub” asarida yuqoridagi diyonatsizliklarni umumlashtirib shunday xulosa chiqaradi: “mamlakatda shu kabi maʼn qilingan narsalar rivoj topaversa, islom va shariatga hurmat bo‘larmidi?” degan ijtimoiy muammoni muxokamaga qo‘yadi. Muallif o‘zi ilgari surgan g‘oyaga o‘zi javob berishga harakat qilishi bilan qanoat qilibgina qolmasdan, muayyan tavsiyalar ham ishlab chiqadi. Ular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi: birinchidan, “sadr-olimlariga dastyor, shayxlariga xizmatkor, sayidlariga ko‘makchi va fuqaro xizmatiga hamma tayyor bo‘lmog‘i kerak. Ikkinchidan, ular zulm rishtasini uzguvchi, vaqf yerlarining buzilganini tuzuvchi va ziroat – dexqonchilikni avj oldirishga saʼy–harakat ko‘rgizuvchi bo‘lmog‘i kerak”.
Navoiyning mulohazalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, jazolash bilan guruhiy, ijtimoiy xususiyat, kasb etuvchi illatlarni bartarab qilish imkoniyatini quyi bo‘lganligi tufayli kishilarga hatto mansabdorlarga taʼsir o‘tkazishning boshqa shakllarini tatbiq etish yuzasidan jamiyatga va uning boshqaruvchisiga taklif beriladi. Bizningcha, Navoiy mansabdorga tanbeh berish, psixologik maslahat (konsultatsiya)ni amalga oshirish, hakimlar tomonidan psixokorreksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, ular bilan mashg‘ulot (trening) o‘tkazish ijobiy natijalarni ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida fikr yuritgan bo‘lsa, ajab emas.
Maʼlumki, zindonband qilish, osish, boshini chopish orqali mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish, shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mumkin emas. Navoiy ana shunga iqror bo‘lganligi sababli sadrlarga jamoatchilik fikri yordami bilan taʼsir o‘tkazish yuqori samara berishi haqidagi ilmiy faraz (taxmin)larini ilgari suradi. Shu bilan birga reoriyentatsiya (hayotga qaytadan yo‘naltirish)ni turmushga tadbiq etish imkoni mavjud ekanligiga ishonch his-tuyg‘usi vujudga keladi, demak uning uchun xalqparvarlik (millatparvarlik) ustuvor ahamiyat kasb etishidan darak beradi. Alisher Navoiy yuqoridagi fikrlarni ilgari surishi bilan turmushda keskin islohotlarni amalga oshirishi o‘ta murakkab muammo ekanligini to‘g‘ri (adekvat) tasavvur qilganligi uchun dastlabki qarashlardan mutlaqo voz kechmaydi. Shuning uchun sadrlarga dahldor masnaviyni fuqarolar hukmiga havola qiladi:
Sadr buzmas faqat mayxo‘r, palidni,
U buzg‘ay hojani, hatto sayidni.
O‘zi ayyoru makkordir sarosar,
So‘zi ko‘p yaltiroq, to‘n zebu zevar.
To‘rtlikda mansabdorlarni xaqiqiy psixologik qiyofasini, xarakterologik xususiyatlarini ochib tashlashga xamisha tayyor ekanligini anglatadi, shu bilan birga, xalqimizning dono hikmatlariga to‘liq (mansab kishini buzadi; sadoqatini sinash uchun unga amal berib ko‘r va h.k) rioya qiladi.
Xulosa qilib aytganda, Navoiy o‘z ijodida individual tarbiyaning ijtimoiy asoslari hamda ularning inson ruhiy olamidagi obyektiv va subyektiv xususiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahlil qilishni emas, balki shaxsning ijtimoiy faoliyati, individual xislati orqali ko‘zga tashlanadigan belgilarni badiiy umumlashtiradi. Shu bois shaxs xarakterining tadriji shaxsning aktiv faoliyati jarayonida kuzatiladigan hatti-harakatlariga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Eng muhimi avoiy tomonidan badiiy tasvirga olingan mansabdor shaxslar faoliyatidagi salbiy illatlar, xarakter-xususiyatlar adekvat(mos) asosli bo‘lib, bu illatlar har qanday davrda va jamiyatda kuzatiladi. Zero, bu kabi xarakterning tarkib topishi muayyan psixologik qonuniyatlar taʼsirida yuzaga keladi. Ana shu nuqtai nazardan qaralganda, Navoiy merosi nafaqat badiiy jihatdan, balki psixologik, kognitologik jihatdan ham tadqiq etilmog‘i lozim.

Yüklə 18,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə