Alohida kredit turlari



Yüklə 36,89 Kb.
səhifə4/5
tarix31.03.2022
ölçüsü36,89 Kb.
#84925
1   2   3   4   5
Alohida kredit turlari

4. Alohida kredit turlari
Jahon amaliyotida kreditlarni yagona, umumlashgan tasnifi yo’q. Chunki kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, uning urf-odatlariga, axoli orasida kreditlarni berish va qaytarish buyicha tarixan shakllangan (tovar shaklida, pul shaklida, boshqa shakllar va shartlarda) usullariga bog’liq bo’ladi.

Umuman kreditning shakllari uning turi va usullariga ko’p jihatdan bog’liq.

Kreditning asosiy turlari:


  1. Bank krediti.

  2. Davlat krediti.

  3. Iste’mol krediti.

  4. Tijorat krediti.

  5. Lizing krediti.

  6. Xalqaro kredit.

Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining biri bank kreditidir. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus lisenziya olgan bo’lishi zarur. Bunda kredit munosabatlarining asosini kredit shartnomasi tashkil etadi.

Bank kreditlari quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi:



  1. Kreditlash obyektlarining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra

    1. tovar-moddiy boyliklar uchun beriladigan kredit.

    2. ishlab chiqarish harajatlari (xom-ashyo va boshqalar) uchun beriladigan kredit.

  2. To’lash muddatiga ko’ra (qisqa, o’rta va uzoq muddatli)

    1. Muddatli

    2. Muddati kechiktirilgan

    3. Muddati o’tgan.

  3. Kreditni to’lash manbalariga ko’ra.

    1. Qarz oluvchining o’z mablag’lari hisobiga.

    2. Garant mablag’lari hisobidan

    3. Yangi kreditlar jalb qilish hisobidan.

  4. Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab.

    1. Bevosita to’g’ri ta’minlangan (o’z mulki va mablag’i hisobiga).

    2. Bilvosita ta’minlangan kreditlar (uchinchi shaxs kafolati)

    3. Ta’minlangan kreditlar (sug’urta va yuqori tashkilotlar)

  5. To’lanadigan foiz darajasiga ko’ra

    1. Past foiz stavkali.

    2. O’rta foiz stavkali

    3. Yuqori foizli

    4. Foizsiz (hukumat qaroriga ko’ra ayrim sohalarni rivojlantirish yoki tadbirlarni amalga oshirish uchun).

Bank krediti qaytarish muddatiga ko’ra qisqa, o’rta va uzoq muddatli kreditlarga bo’linadi. Bu mezon turli mamlakatlarda turli muddatni o’z ichiga oladi. Jumladan:

Muddati

Rossiya

AQSh

Buyuk Britaniya

Fransiya

O’zbekiston

Qisqa

1 yilgacha

1 yilgacha

3 yilgacha

1 yilgacha

1 yilgacha

O’rta

1-3 yil

1-6 yil

3-10 yil

2-7 yil

1-3 yil

Uzoq

3 yildan ortiq

6 yildan ortiq

10 yildan ortiq

7 yildan ortiq

3 yildan ortiq

Qisqa muddatli kreditlar asosan aylanma mablag’larni moliyalashtirishga, o’rta va uzoq muddatli kreditlar asosiy kapitalni moliyalashtirishga beriladi.

Davlat kreditining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlatning bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi, qarz beruvchi vazifasini bajara turib davlat davlat kredit institutlari, jumladan Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har xil sohalarini kreditlashni o’z zimmasiga oladi. Bu markazlashgan kreditlar iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini kreditlash, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan aniq tarmoq va sohalarga, agar byudjetdan moliyalashtirish imkoniyati bo’lmaganda vaqtincha foydalanishga mablag’ ajratilishi mumkin.

Undan tashqari tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit resurslarini kim oshdi savdo yo’li bilan yoki to’g’ridan to’g’ri sotish jarayonida davlat tomonidan mablag’lar vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin.

Davlatning qarzlari ko’paygan hollarda davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi.

Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo’li bilan banklarning, aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag’larini yig’adi va ularni davlat qarzi va byudjet kamomadini qoplashga sarflaydi. Davlat o’z qarzidan voz kechishi ham mumkin.

Bundan tashqari davlatni ichki va tashqi qarzlari, davlat kafil va kreditor sifatida ham bo’lishi mumkin.

Iste’mol kreditining xususiyati u jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga savdo va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo’lishi mumkin.

Iste’mol krediti ikki shaklda: pul shaklida va tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga bunday kreditlar ko’chmas mulkka egalik qilish uchun, har xil tovar va xizmatlar, uy jixozlarini sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun beriladi.

O’zbekistonda hozirgi vaqtda bunday kreditlar uy-joy sotib olish va qurishga, avtomobil sotib olishga va boshqa maqsadlarga berilmoqda. Mamlakatimizda 2001-2002 o’quv yilidan boshlab talabalarga o’qish xizmati uchun «Oltin davrim» krediti berilmoqda.

AQShda bu sohaga kam foizli yiliga 2500 dollar, oxirgi kursda 5000 dollar miqdorida kredit berilib talaba uni o’qishni tugatib ishlash davomida uzadi.

Tijorat krediti iqtisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining dastlabki shakllaridan hisoblanadi. Tijorat kreditining obyekti bo’lib sotiladigan tovarlar, subyekti bo’lib mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar hisoblanadi. Bu kreditning asosiy maqsadi tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu orqali foyda olishdan iborat.

Tarixan tijorat kreditining quyidagi usullari mavjud:



  1. Veksel usuli

  2. Ochiq schyot orqali

  3. Chegirma berish.

  4. Mavsumiy

  5. Konsignasiya

Veksel bu qarz majburiyati bo’lib, qarz oluvchi o’z zimmasiga qarzni ko’rsatilgan so’mmada, ko’rsatilgan shartlarda, belgilangan muddatda to’lash majburiyatini oladi.

Amaliyotda vekselni oddiy va o’tkazma turlari mavjud.

Oddiy vekselni qarz oluvchi korxona qarz beruvchi korxonaga beradi va tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun unga to’lash majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

O’tkazma vekselda (bu hujjat tratta ham deyiladi) kreditor tomonidan belgilangan tovar va xizmatlar so’mmasi uning topshirig’iga asosan uchinchi shaxsga yoki vekselni ko’rsatuvchiga o’tkazilishi lozim va hokazo.

Ochiq schyot orqali hisoblashilganda haridor tovarga buyurtma berilishi bilan yuklab jo’natiladi, to’lov esa o’rnatilgan muddatlarda kelishilgan summa chegarasida vaqti-vaqti bilan amalga oshirilib boriladi. Bunda haridor har gal tovar olishda kreditni rasmiylashtirib o’tirmaydi, ya’ni kreditga murojaat qilmaydi.

Chegirma berish usulida haridor to’lov hujjatlari yozilgandan so’ng, shartnomada kelishilgan ma’lum davr ichida to’lovni amalga oshirsa to’lov yig’indisidan chegirma beriladi. Agar ushbu davrda to’lay olmasa, unda belgilangan muddatda to’lovni to’liq amalga oshiradi.

Mavsumiy kredit odatda o’yinchoqlar, suvenirlar va boshqa xalq iste’mol mollarini sotishda qo’llaniladi. Masalan, o’yinchoqlarni vaqtidan oldin olib yangi yil o’tgach yanvar-fevral oyida to’laydi. Buni ishlab chiqaruvchilar uchun qulayligi ular o’yinchoqlarni omborlarda saqlash harajatlaridan xolos bo’ladilar.

Konsignasiya usulida tovarni sotib oluvchilar hyech qanday majburiyatsiz sotib oladilar, ya’ni tovarlar sotilganidan keyin puli to’lanadi, agar u sotilmay qolsa egasiga qaytarib beriladi.

Xorijiy mamlakatlarda tijorat kreditidan keng foydalaniladi. MDH mamlakatlari amaliyotida tijorat kreditidan kam foydalaniladi. Umuman jaxon amaliyotida ham tijorat kreditining ochiq schyot, konsignasiya, chegirma berish usullari kengroq foydalaniladi.

Tijorat kreditining salbiy tomoni bo’lib tovarlarni kreditga bergan tashkilot unga pul tushgunga qadar mablag’ga muxtoj bo’lishi, uni o’zi kreditga murojaat qilishga majbur bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham korxonalarni tijorat kreditidan foydalanishi bank kreditidan foydalanishni inkor qilmaydi.

Yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarni hisobga olmagan holda tijorat krediti tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va korxonalarning aylanma mablag’larini xo’jalik faoliyatidan tezroq bo’shashini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.

Kreditning xalqaro kredit shakli bilan fanning «Xalqaro kredit va uning tashqi iqtisodiy munosabatlarining riojlantirishdagi o’rni» mavzusida, lizing krediti bilan fanning «Banklar va bank tizimi» mavzularida batafsil tanishish mumkin.




Yüklə 36,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə