Амалий машгулот№11


Kristallanish markazlarining hosil bo’lishi



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə61/66
tarix29.11.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#139801
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Tasdiqlayman

Kristallanish markazlarining hosil bo’lishi. O’ta to’yingan yoki sovitilgan eritmalarda kristallanish markazlarini sun’iy ravishda hosil qilish mumkin. Masalan, eritmaga mayin dispers zarrachalar yoki “tomizg’i” qo’shish yo’li bilan yoki erkin, o’z – o’zidan hosil bo’ladi.
O’z – o’zidan kristallanish markazlarining hosil bo’lishiga induksion davr sababchi, chunki bu davrda kristallanish yuz bermaydi. Ushbu davrda kristallik asoslari eritma bilan harakatchan muvozanatda bo’ladi. Kristallik asoslar va eritma orasidagi harakatchan muvozanat buzilishi bilan yoppasiga kristallanish boshlanadi. Eritmani silkitish yoki aralashtirish va temperatura ortishi bilan kristall asoslari hosil bo’lish tezligi ko’payadi.
Kristallarning o’sishi. Eritmada erigan modda zarrachalarining hosil bo’lgan kristall asoslarda adsorbsiyasi hisobiga bo’ladi.
Kristallanish jarayonida kristall hamma qirralari bo’ylab bir vaqtda o’sadi, lekin o’sish tezligi har xil bo’ladi. Bu hol kristallar o’lchami va shaklining o’zgarishiga olib keladi.
Kristallarning shakli asosan kristallanayotgan modda tabiatiga bog’liq. Agar, kristallik asoslar erkin va bir tekisda yuvilib tursa, to’g’ri shaklli, yaxshi qirra va tomonli kristallar hosil bo’ladi. Agar qurilma devori va aralashtirish moslamasiga kristallar ishqalansa yoki urilsa, uning qirralari silliqlanishi hisobiga kristall shakli buziladi, ya’ni mahsulot sifati yomonlashadi.
Odatda, olinayotgan kritallar har xil bo’lishi, eritmani yomon aralashtirilishi bilan bog’liqdir. Lekin, eritma intensiv aralashtirilishi bir tomondan kristallanish tezligini oshirsa, ikkinchi tomondan – mayda kristallar hosil bo’lishiga sababchi bo’ladi.
Olingan mahsulot granulometrik tarkibini yaxshilash maqsadida klassifikatsiya qilinadi.
Kristallar tozaligi kristallanish jarayonini o’tkazish sharoitlariga, hamda kristallarni filtrlash va yuvishga bog’liq.


Kristallanish usullari

Kristallanish jarayonini davriy va uzluksiz tashkil etish mumkin. Davriy kristallanish jarayoni kam tonnajli, uzluksiz esa – ko’p tonnajli ishlab chiqarishda qo’llaniladi.


Sanoat miqyosida quyidagi kristallanish usullaridan foydalaniladi: eritmalardagi erituvchining bir qismini bug’latish; eritma temperaturasini o’zgartirib kristallash; kombinatsiyalangan usullardan foydalanib kristallash.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə