Amaliy fanlar universiteti



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#141828
1   2   3   4   5
Bazarova Gulbaxor KURS ISHI

III BOB 3.1 Maktabgacha ta'lim mutaxassislari ta'lim tizimida innovatsion g'oyalarni yaratish va joriy etish zamonaviy bolalar bog'chasini rivojlantirish uchun zaruriy shartdir degan fikrga kelishib olishadi. Moliyalashtirish yuzasidan davlat muassasalari "Maktabgacha tarbiyachiga pul ketayotganda" innovatsion tashkiliy echimlarining kundalik tartibida kiradigan innovatsion tashkiliy echimlarning kunlik tartibiga kiritilishi institutning obro'sini sezilarli darajada oshiradi va rivojlanishning keyingi yo'nalishlarini belgilab beradi. O'quv jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etish Psixofizik yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, maktabgacha tarbiyachilar tomonidan har doim ijobiy seziladi, ular faoliyatni osongina o'zgartiradilar. O'z navbatida, tashabbus pedagogik kompozitsiya Ota-ona jamoatchiligi, bolalar bog'chasini o'quvchilarning oilalari bilan o'zaro ta'siri mexanizmlarini takomillashtirish zarurati, shuningdek, muhim ahamiyatga ega. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, shtatlardagi innovatsion texnologiyalar nafaqat mumkin, balki ehtiyoj ham. Biroq, buni yodda tutish kerak pedagogik Tayanch sozlar: mashg'ulot, bilim, frontal, madaniyat, ta’lim, didaktik.
Mashg'ulot ta’lim muassasida bolalarga ta'lim berishning asosiy shaklidir. Mashg'ulot-pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir.
Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy gigenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko'nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg'ulot egallaydi. Mashg'ulotlar maktabgacha ta'lim muassasasida ta'limni tashkil etish shaklidir.
Ta’lim shakli deganda ta'lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o'tkaziladi.
Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o'rtasidagi o'zaro ta'sir xususiyatiga, o'tkazish joyiga shuningdek, kun tartibida egallagan o'rniga qarab bir-biridan farq qiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'limning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta'lim berish ishlari ekskursiya, didaktik o'yinlar orqali kun davomida bolalarning mashg'ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o'yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi.
Mashg'ulot maktabgacha ta'lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o'rin va vaqt ajratilgan. Mashg'ulot tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi mashg'ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg'ulotlarini tashkil etadi. O'quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg'ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg'ulot orqali bolalar o'quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta’lim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish kat­ta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta'sir etishadi, o'z tashabbusi, topog'onligini namoyon qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar oldiga umumiy zo'r berishning talab etuvchi vazifa qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs o'yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o'qishda paydo bo'lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do'stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg'ulotda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi o'qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o'zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to'g'ri sifatlar hosil qilinadi.
Bolalarni maktab ta'limiga ruhiy jihatdan tayyorlashi ularning boshlang'ich sinflarda dastur materialni yax shi o'zlashtirib olishlarini ta’minlovchi bilim va malakalar mashg'ulotlar jarayonida hosil qilinadi.
Mashg'ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g'oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi.
Mashg'ulotda tarbiya vazifalari hal etiladi. Mashg'ulot bo­lalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi ta’Iim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida o'tkaziladigan mashg'ulotlar soni va vaqti belgilab qo'yilgan.
Tayyorlov guruhlarida mashg'ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol ta­fakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik, xissi takomillashtirilib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi.
Bolalarni mustaqillikka o'rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi.
MTMda kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat bi­lan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvirlarini o'stirish mashg'ulotlari, musiqa mashg'ulotlari, qurish-yasash, jismoniy tarbiya mashg'ulotlari olib boriladi.
Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlar katta yoshdagi kishilarning har bir bola bilan rejali suratda muomalada bo'lishidan iborat bo'lib, bu mashg'ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir; bu esa bolalarni mashg'ulotlarga tayyorlash bosqichidir; go'daklar ixtiyoriy diqqat o'sib borgani sari, bunday mashg'ulotlar bir necha bola bilan, keyinchalik esa butun guruh bolalari bilan bir yo'la olib boriladi.
Mashg'ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab etadi, ya’ni u bolani aktiv faoliyati bilan hog'liq bo'lib bola ma’lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg'ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e'tiborga olish zarur: mashg'ulotning vaqtini, kun lartibidagi o'rnini dasturning har xil bo'limlarini to'g'ri almashtirib turishni oldindan o'ylab, aniq belgilab olish zarur.
Mashg'ulotlarni kuning birinchi yarmida o'tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorug'lik bilan yaixshi ta'minlangan bo'ladi.
Har bir yosh guruhida necha marta mashg'ulot o'tkazilishi, ishning mazmuni va har bir mashg'ulot yosh guruhlari bo'yicha necha daqiqa davom etishi MTM tarbiya dasturida ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda belgilab berilgan.
Birinchi kichik guruhda mashg'ulot bolalarni ikki guruhga bo’lgan holda o'tiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo'ladi. Mashg'ulot jadvalini tuzganda haftada bolalarning ish qobiliyati yuqoriroq bo'ladigan kun tanlanadi. Ma’lumki haftaning o'rtalarida (seshanba, chorshanba, payshanba) bolalarning ish qobiliyati yuqori bo'lar ekan, bu kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini talab etuvchi murakkabroq mashg'ulot tanlanadi (elementar matematika, nutqni rivojlantirish, savodga o'rgatish va h.k). Jadval tuzganda bu mashg'ulotlarni birinchi qo'yish kerak, bolalardan ko'p harakat qilishni, hissiy nagruzkani talab etuvchi mashg'ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qo'yildi.
Bolalar o'zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiyalovchi bo'lishi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilimlarning (bular tabiatga muhabbat uyg'otadi, o'simliklar va hayvonlarga g'amxo'rlik bilan qarash hissini tarbiyalaydi), tarkib toptirishni nazarda tutadi: bilimlarni o'zlashtirib olish asosida bolalarda jonajon shahriga, o'z vataniga, xalqiga muhabbat, ulug' kishilarga muhabbat va hurmat, o'lkaning ijtimoiy hayotiga qiziqish paydo bo'ladi. Maktabgacha yoshidagi bolalarda ijtimoiy hodisalar, voqealar to'g'risida, umumlashgan tasavvurlar tarkib topadi. Masalan, qo'shni o'lkalardagi bolalarning hayoti, oddiy kishilarning mehnati, boshqa xalqlarning hayoti va do'stligi haqidagi dastlabki tasavvurlar vujudga keladi. Tarbiyachi yangi mashg'ulotlarning mazmunini belgilar ekan, ular u yoki bu mashg'ulotlarda o'zlashtirilgan bilimlar bilan qanday bog'lanishini o'ylab ko'radi. Masalan, oshpaz, kutubxonachi bi­lan o'qituvchining mehnati haqidagi bilimlar xilma-xil mehnat turlari haqidagi ma’lumotlar sistemasining bir qismidir.
Pochtadagi turli xodimlar mehnati haqidagi bilimlar-ijti­moiy mehnatning jamoa xarakteri to'g'risidagi bilimlar siste­masining bir qismi. Mehnatning ijtimoiy xarakteri, mohiyatini tushunish uchun bola shunga o'xshash ko'pdan ko'p mehnat turlari bilan tanishishi lozim. Mashg'ulot quyidagi turlarga bo'linadi:
Bolalarga yangi bilm beruvchi mashg’ulotlar
Mashg’ulot turlari
Bolalarni to’plagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi mashg’ulotlar
Bolalarni bilimini sinovchi mashg’ulotlar
Kompleks mujassam mashg’ulotlar
1.Bolalarga yangi bilim beruvchi mashg'ulotlarni o'tkazishdan maqsad-ularniyangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, voqealar to'g'risidagi bilimlarini aniqlash va kengaytirishdir. Bunday mashg'ulotlarga yangi obyektni kuzatish, hikoya qilib so'zlab berish va boshqalar kiradi. Mazkur mashg'ulotlar hamma yosh guruhlarida o'tkaziladi.
2.Bolalarning to'plagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi va sistemaga soluvchi mashg'ulotlar. Undan ko'zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarning anglab olish va dastlabki umumlashtirishga o'rgatishdir. Buning uchun tanish obyekt kuzatiladi, ikki narsa, solishtiriladi (xona o'simliklari, daraxtlar, hayvonlar), didaktik o'yinlar, suhbatlar o'tkaziladi. Bunday mashg'ulotni o'tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o'zlashtirib olganu, nima yaxshi o'zlashtirilmaganini bilib oladi. Tarbiyachi mashg'ulot jarayonida bolalarning bilimini yangi narsalar-detallar bilan boyitib boradi.
3.Bolalarning bilimini sinovchi mashg'ulotlar. Bunday mashg'ulotlardan maqsad tarbiyachi bolalar dastur bo'yicha o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim va malakalarni o'zlashtirib oladilarmi-yo'qmi, shuni bilib oladi va o'zining bo'lajak ish mazmuni, metodini belgilaydi. Mashg'ulotning tarbiyachi o'z xohishi bilan kvartal, yarim yil va yilning oxirida, shuningdek mudira va metodistning iltimosiga binoan o'tkazishi mumkin.
Kompleks mujassam mashg'ulotlar bolalar bog'chasi tajribasida keng tarqalgan bo'lib, bunday mashg'ulotlarda bo­lalarga yangi bilim beriladi, egallangan bilimlar mustahkamlanadi va takrorlanadi, sistemaga solinadi, olgan bilim va mala­kalarni amalda qo'llashga o'rgatiladi. MTMda tasviriy faoli yat, konstruksiyalash, tevarak-atrofdagi ijtimoiy hayot va tabiat bilan tanishtirish, nutqni o'stirish, savod o'rgatish, eng oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish, musiqa va jismoniy tarbiya mashg'ulotlari o'tkaziladi. Mashg'ulotga to'g'ri tayyorgarlik ko'rib, uyushgan holda o'tkazilganda bolalar oldiga ma'lum aqliy vazifa qo'yilgan taqdirda, ularning fikrlash faoliyati rivojlanadi. Aqliy vazifalarning birligi va muayyan qiyinchilik bolalarni uyushtiradi va ularning diqqatini ma’lum tomonga yo'naltiradi. Eng avvalo, bolaning aqliy vazifani hal etish yo'lidagi qiyinchilikni yengish imkoniyati tug'iladi, natijada bolada faoliyatga qiziqish uyg'onib, u malakani egallash uchun mustaqil intiladi, o'ylaydi va vazifaning uddasidan chiqish uchun fahm-farosatini ishga soladi.
Nusxa olish tarzidagi vazifani bajarish natijasida bo­la tarbiyachi ko'rsatmasi va namunasiga qarab malaka va ko'nikmalarni o'rganadi. Bu bolalarni amaliy va aqliy faoliyat usullarini egallab olishlari uchun zarurdir. Bolalar qalamni, mo'yqalamni, qaychini ushlashni, rasm chizish, narsa yasash, solishtirish, umumlashtirish, abstraktiyalashni o'rganadilar. Tarbiyachi bir narsaning takrorlanaverishiga yo'l qo'ymasligi kerak.Mashg’ulot muvaffaqiyatli o’tishi uchun jihozlarni o’z vaqtida tayyorlash zarur. Ularni tanlash mashg’ulotning mazmuniga va tarbiyachi belgilagan metodik usullarga bog’liq.Odatda metodika kabinetida «MTMda ta’lim-tarbiya dasturi»ning hamma bo’limlari bo’yicha metodik qo’llanmalar bo’ladi. Yetishmaganini tarbiyachi o’zi tayyorlaydi, ba’zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarini jalb etadi. Mashg’ulot uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, didaktik materiallar hamma bolalar uchun yetarli ekanligini tekshiradi.
texnologiyalarMaktabgacha bolalarning o'quv jarayonida qo'llanilishi mumkin, bir nechta qat'iy talablar berildi. Bularga quyidagilar kiradi:

  • Kontseptuallik, o'quv jarayoni ma'lum ilmiy tushunchaga asoslanishi kerakligini anglatadi.

  • Tizimga tegishli texnologiyalar, bu texnologiyalar tizimga xos bo'lgan barcha belgilarga ega bo'lishi kerak. Ya'ni, ular yaxlit, mantiqiy va ularning elementlarining tarkibiy qismlari bo'lishi kerak - o'zaro bog'liq.

  • Ishlov berish - pedagogik jamoa muayyan maqsadlarni belgilash, o'quv jarayonini rejalashtirish, ish jarayonida, bir yoki boshqa lahzalarni tuzatish imkoniyatini tushunish kerak.


Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə