Amaliy fanlar universiteti



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#141828
1   2   3   4   5
Bazarova Gulbaxor KURS ISHI

Kurs ishining maqsadi: MAKTABGACHA TA`LIMNING
MAZMUN-MOHIYATI VA TA`LIM TIZIMIDA TUTGAN O`RNI
Ishning vazifasi:
1. Maktabgacha ta`lim tashkilotida ta’limiy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil etish turlari
2. Maktabgacha ta’limning maqsadi va vazifasi metodologik asosi, tushunchalari va ilmiy tadqiqot metodlari
Kurs ishining obyekti. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari boshqaruv jarayoni.
Kurs ishining predmeti. Maktabgacha ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuv takomillashtirish yo’llari.
Kurs ishining metodlari. Maktabgacha ta'lim mutaxassislari ta'lim tizimida innovatsion g'oyalarni yaratish va joriy etish mavzusiga oid adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 3bob, 6bo’lim, xulosa, tavsiyalar, glosariya va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I BOB 1.1. Maktabgacha ta`lim tashkilotida ta’limiy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil etish turlari
о‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda о‘quvchilar qanday ish harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi.
Ta’lim metodi о‘qituvchi bilan о‘quvchilarning о‘qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yо‘lidir.
О‘qituvchi insoniyat tajribasida tо‘plangan bilimlar bilan hali bu bilimlarga ega bо‘lmagan bolaning ongi о‘rtasida vositachilik rolini о‘naydi.
Bola ijtimoiy-tarixiy tajribadagi barcha bilim boyliklarini ta’lim olmasdan, о‘qituvchisiz, mustaqil holda о‘zi tizimli tarzda о‘zlashtira olmaydi. О‘qituvchining eng kata xizmati о‘quv materialini о‘zlashtirishning muayyan yо‘l, usul va priyomlarini belgilashda namoyon bо‘ladi.
Ta’lim metodi о‘quv materialini bayon qilishga va uni bolalar yaxshi bilib olishga qaratilgan faoliyatning yо‘li, usulidir. Ta’lim jarayoni va natijalari о‘qituvchining о‘quvchilar bilish faoliyati harakatini belgilovchi ish usulariga bog‘liqdir. Shu sababli doimo pedagogikada ta’lim metodlariga о‘qituvchining ish usullari va о‘quvchilarning bilish faoliyati usullari deb qaraladiki, bu usullarning har ikkalasi ham о‘quv vazifalarini bajarishga qaratilgandir.
Ta’lim metodlari о‘qituvchi va о‘quvchilar faoliyatining xususiyatini belgilaydi, ta’limning maqsadi va mazmuniga bog‘liq bо‘ladi.
Ta’lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog‘liqdir, ya’ni ular falsafiy fikrlarni, ta’lim jarayonining mohiyati va tamoyillari tо‘g‘ri anglash natijasidir.
Ta’lim metodlari о‘quv materiali mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig‘iga bog‘liqdir. О‘quv materialining mazmuni tobora chuqurlashib, murakkablashib va ilmiy tus olib boromoqda, shuning uchun ta’lim metodlari ilmiy bilishning mantiqi va metodlariga tobora kо‘proq bog‘liq bо‘lib qolmoqda.

Ta’lim metodi psixologik asosga ega. Bolaning о‘quv materialini о‘zlashtirishdagi yosh imkoniyatlari va uning yetuklik darajasi о‘qitish va о‘qish usullariga juda katta ta’sir kо‘rsatadi. О‘quvchilarning fikrlash faoliyatini va shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish о‘qitishning samaraliroq usullarini topish imkonini beradi.


Ta’lim metodlari о‘sayotgan organizmning anatomik-fiziologik, biologik xususiyatlariga ham bog‘liqdir. О‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil qilishda ularning yoshiga xos biologik о‘sishni hisobga olish kerakki, ta’limning kо‘pgina jihatlari ish qobiliyati, charchash, ijodiy kayfiyat, jismoniy sog‘liq, maktabdagi gigiyena sharoitlari aynan shu о‘sishga bog‘liqdir.
Ta’lim metodlari nazariy jihatdan yaxshi asoslangan bо‘lishi, pedagogik nazariyadan kelib chiqishi kerak, ammo, ta’lim metodlari amalda qо‘llanilmasa, foydasiz bir narsaga aylanadi.
Amaliy yо‘llanganligi ta’lim metodlarining eng muhim tomonlaridan biridir. Bu metodlarda pedagogik nazariya amaliyot bilan bevosita bog‘langan. Nazariya qancha chuqur va ilmiy bо‘lsa, ta’lim metodlari о‘shancha samarali bо‘ladi. Pedagogika fani о‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalarini umumlashtiradi, an’anaviy ta’limning ilmiy asoslarini kо‘rsatib beradi, о‘qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi.
Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o‘rgatish va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir.Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi.
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to‘g‘ri tanlansa ta‘lim-tarbiya mazmunni yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlami berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlami olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
1. Pedagogik kuzatish metodi.
2. Suhbat metodi.
3. Anketa metodi.
4. Intervyu metodi.
5. Talim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
6. Test metodi.
7. Pedagogik tahlil metodi.
8. Bolalar ijodini o‘rganish metodi.
9. Pedagogik tajriba metodi. 10. Matematik-statistik metod
Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo‘llash jarayonida ta‘lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish asosida tadqiq etilayotgan muarnmo holati
aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma‘lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta‘lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi: 1)kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;
3)kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalami hal etish;
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan ma‘lumotlami boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to‘la-to‘kis namoyon bo‘lishga erishish muhimdir.
). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to'plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko'p hollarda, yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo‘ladi:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlaming erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar)
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta‘minlaydi. Intervyu respondent e‘tiboriga turkum savollami havola etish asosida o‘tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Ta‘lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillami tekshirish maqsadida ta‘lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma‘lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonuni hamda «Kadriar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta‘lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o‘rganish, bu boradagi faolllik darajasi,
erishilgan yutuq hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami aniqlash, ilg‘or tajribalami ommalashtirish va ta‘lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.Ta‘lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan iborat: o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali, o‘quv dasturi, guruh (yoki sinf) jumallari, о‘quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig‘ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta‘lim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta‘lim muassasasi jihozlari (o‘quv partalari, stol stullar, yumshoq inebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo'yicha o'zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test metodini qo‘llashda aniqlanishi zarur bo'lgan bilim, ko‘nikma va malakalami turkum asosida berilishiga e‘tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlaridan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o‘z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.
Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo'llashdan ko'zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo'nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g'oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi. Bolalar ijodini o‘rganish metodi. Mazkur metod o'quvchilaming muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma‘lum fan sohalari bo‘yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda o‘quvchilaming ijodiy ishlari - kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma‘lum o‘quvchiga xos bo‘lgan individual imkomyatni ko‘ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, pedagogik tadqiqot metodlari o‘qituvchining pedagogik faoliyatini oshirishga qaratilgan tadqiqot vazifalarining aniqligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga olish kabi xususiyatlarini yaxshilab, uning darjasini oshiradi
Ilmiy tadqiqot metodlari. Har bir predmet uning metodlari bilan chambarchas bog‘langan. Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va prinsiplariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir.

Pedagogikaning hodisalarini o‘rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo‘nalish metofizik va dialektik yo‘nalish mavjuddir.

Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o‘zgarmas, vaqt, joy va konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo‘lmagan hodisa sifatida olib qaraydilar.


Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi. o‘laroq, o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha o‘rganishni talab etadi:

1. Ularning umumiy aloqasi bir-birini taqoza etishi va o‘zaro ta'sir jarayoni-da bolalarni tarbiyalash, o‘qitishning turmush, siyosat, ideologiya, madaniyat, fan, axloq, san'at, ta'lim-tarbiya muassasasi tarmoqlarining va ijtimoiy, maktab va oilaviy tarbiyalarning o‘zaro bog‘liqligi va boshqalar.

2. Ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijti-moiy va ilmiy vazifalarning tug‘ilishi natijasida kelib chiqadigan o‘qitish va tarbiyalash vazifalari, forma va metodlarning o‘zgarishi; tarbiyalash qisqa muddatli va tez olib boriladigan ish emas, balki qiyin va murakkab jarayondir, bolalarni andoza, universal sxema asosida o‘qitish va tarbiyalash mumkin emas.

3. Bolalarning o‘sishida miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonida har bir maktab yoshining o‘ziga xosligi, tarbiya va ta'lim bola shaxsining sifat jihatidan o‘sish va tarkib topishi ekanligi, ong va axloqning, so‘z va ishning birligi va boshqa mezonlar.

4. Qarama-qarshi tomonlar, an'analar, qarashlar va fikrlarni aniqlash jarayonida, tarbiya va ta'limda, turmush dialektikasida, yangi va eski o‘rtasidagi kurash, shaxs va jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va h.

5. Pedagogikaning qonuniyatlarini ob'yektiv o‘rganishda dialektika kategoriyalari hodisa va mohiyat, sabab va natija, zaruriyat va tasodif, mazmun va shakl, tarixiy va mantiqiy, umumiy va shaxsiy, asosiy va xususiy, aniq va abstrakt kabi kategoriyalar muhim ahamiyatga egadir.

Dialektikaning yuqorida ko‘rsatilgan prinsiplari asosidagi pedagogika hodisalari, faktlari va jarayonlarini ilmiy tekshirish, ularning taraqqiy etish qoniniyatlarini bilish mumkin. Binobarin, pedagogik tadqiqot metodlariga ob'yektivlik, o‘qituvchilik, pedagogik faoliyatni oshirishga qaratilgan tadqiqot vazifalarining aniqligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga olish kabi talablar qo‘yiladi. Lekin, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash amaliyotining o‘zi hamma vaqt pedagogik tadqiqotlarning manbai hisoblanadi. Faqat maktab tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi hisbolanadi.

Tadqiqot metodlarining tanlash fanning o‘zi uchun muhim ahamiyatga egadir. Uning metodlari qanchalik mukammal bo‘lsa, shu fan oldida turgan aktual vazifalar ham shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi. Hozirgi pedagogik tadqiqotlarning metodlar tizimini to‘la hal etilgan deb bo‘lmaydi.


1.2. Maktabgacha ta’limning maqsadi va vazifasi metodologik asosi, tushunchalari va ilmiy tadqiqot metodlari
ta'lim metodlari, usullar, bilish faoliyati usullari, ta'lim beruvchi, ta'lim oluvchi, ilm-fan, texnika-texnologiya, o'quv materiali, didaktik xarakter, pedagogik nazariya, samarali, zamonaviy, pedagogik qarashlar, irodaviy sifat-lar, ilmiy dalillar, sezgi organlari, bilimlarni o'zlashtirish, so'z orqali, ko'rgazmali uzatish, amaliy mehnat, ta'lim metodlari, mashq qildirish metodi, topshiriq berish, didaktik asos, laboratoriya meto-di, ta'lim vositalari, o'qitishning asosiy va qo'shimcha vositalari, o'qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalari, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, al-Beruniy, ibn Sino, Forobiy ta'lim metodlarini faollashtirish haqida, mustaqil ta'lim, faol ta'lim, o'zaro bog'liqlik qonuni, mashq qonuni, intensivlik qonuni, assimlyatsiya qonuni, ta'limni axborotlashtirish qonuni, pedagogik mahorat.
6.1. Ta'lim metodlari va usullari haqida tushuncha.
Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qoilanilayotgan metodlar samaradorligiga bog'liq bo'lib, u ta'lim nazariyasida asosiy o'rinlardan birini egallaydi.
«Metod» — yunoncha «metodos» - «yoi» degan so'zdan paydo bo'lib, u, tadqiq qilish ma'nosini anglatadi. Ta'lim metodi ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qara-tilgan birgalikdagi faoliyatdir.
Ta'lim metodlari - o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o'quv materialini nazariy va amaliy yo'naltirish yo'llarini anglatadi.
O'qitish metodlari ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyatining qanday boiishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda ta'lim oluvchilar qanday ish-harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta'lim metodi o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning o'qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yolidir.
6.2. Hozirgi zamon didaktikasi va xususiy metodikasida ta'lim metodlarini tavsiflashga turlicha yondashuvlar
Ta'lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog'liqdir, ya'ni ular falsafiy metodologik asosga ega va ta'lim jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta'lim jarayoniningmohiyatini vatamoyillarini to'g'ri anglash natijasidir. Ta'lim materiali ta'lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig'iga bog'liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan boisa, ta'lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog'liq bo'ladi. Pedagogika fani maktablar va ta'lim beruvchilarning ilg'or ish tajribalarini umumlashtiradi, an'anaviy ta'limning ilmiy asoslarini ko'rsatib beradi, o'qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijo-diy ravishda izlab topishga yordam beradi.
Shu sababli ham ta'lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:
1. O'quv materialini o'rganish yo'li fikr yuritishning didaktik-materialistik usullarini, milliy mafkuraga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak.
2. Ta'lim metodi ilmiy dalillar bilan ravshanva aniq asoslangan bo'lishi lozim.
3. Ta'lim metodlarining tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi.
4. Ta'lim metodlari oldiga muqarrar sur'atda qo'yiladigan yana bir talab - ularning tushunarli bo'lishi.
5. Bolani sezgi organlari orqali bilishga o'rgatish va o'quv jarayo-
nida ko'rsatmali qurollardan iloji boricha ko'proq foydalanish.

6. Ta'lim metodlari oldiga qo'yiladigan talablardan yana biri - bu


bilimlarning asosli va puxta bo'lishi. Ta'lim metodlari yaxshi natija

beradigan bo'lishi lozim. Ta'lim beruvchining tushuntirish va ta'lim


oluvchilarning o'ziashtirish usuli rejalashtirilgan yoki moijailangan
natijani berishi kerak.
6.3. Ta'lim metodlari va vositalarining tavsifi

Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo'lib, ularning har biri o'z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo'linadi. O'quv-biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o'zi esa axborot uzatish, qabul qilish, anglash va o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llay olishni nazarda tutishni hisob-ga olsak, birinchi guruh metodlariga so'z orqali axborotni uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari og'zaki metodlar; hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar; ikkinchi guruh metodlariga o'quv axborotlarini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari — ko'rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va bosh­qalar; uchunchi guruh metodlariga o'quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy jarayon


Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim o‘rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan – johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o‘tarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido – yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning o‘zaro kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida o‘zini anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik o‘rtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda o‘zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so‘nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o‘ziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq meʼyorlari ham bor. Bunday axloq meʼyorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali taʼsir ko‘rsatadi
Axloq so'zi - lotincha «myeros», ya’ni moral, mantiq so'zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat’iy yozib qo'yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo'ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o'zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo'ladi. Bu motivlar esa o'sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag'batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o'ziga munosabatni ochib beruvchi ma'naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirib olishgina o'quvchilarga atrofdagi kishi­lar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.
Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo'lgan ma’lum xatti-harakat qoidalari yig'indisidir.
Axloq odamlarning bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo'ladi.
Axloq - kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo'lsa, odob - shaxsning ko'zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida namoyon bo'ladi.
Qadimgi faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-axloq malasalari markaziy o'rinni egallab kelgan. Ular axloq-odobni jamiyatning «poydevori» deganlar. Shuning uchun jamiyatning har bir a'zosining xulqi-odobiga alohida e'tibor bilan qaraladi.
Muqaddas Qur'oni Karimda va payg'ambarimiz Muhammad Alayhissalomning hadislarida insoniy axloq-odobning barcha qirralari o'z ifodasini topgan.
Quyidagi hadislarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangizlar», «Men barcha yaxshi axloqni takomillashtirish uchun yuborilganman», «Mo'min kishida quyidagi ikki xislat bo'lmasligi kerak: baxillik va axloqsizlik».
Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti deb bilganlar.
Albatta, ta’Iim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma'naviyatini boyitadigan eng muhim omildir».
Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari shaxsiy, oilaviy va fuqarolik axloq asoslarini o'z ichiga olgan. U 40 bobdan iborat. Muallif asarda adolat, sabr, yoqimlilik, hayo, odob, ishonch, va’daga vafo qilish masalalari haqida so'z yuritadi.
Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asarida axloqiy muammolar, ijtimoiy-falsafiy masalalar tahlil qilinadi. Asarni yozishda muallif Arastu, Aflotun, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sinolarning axloqiy ta'limotlaridan foydalangan. Risola uch qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida xulqiy tarbiya va axloqiy xislatlarni egallash haqida so'z yuritib, axloqning asosiy tushunchalari: donolik, adolat, iffatga mufassal to'xtalgan, axloq ilmining maqsad va vazifalari belgilab berilgan. Ikkinchi qism oila va oilaviy hayot masalalariga bag'ishlangan. Unda bolalarni tar­biyalash va kamolga yetkazish, kasb-hunarni egallash yoritiladi. Uchinchi qism ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan.
Ahmad Yugnakiyning «Hibbat-ul-haqqoyiq» asari ta'limiy-axloqiy yo'nalishda yozilgan bo'lib, bilimlilik, adolat, saxovat kabi xislatlar ulug'lanadi, yetuk insonni tarbiyalash g'oyasi ilgari suriladi.
Amir Temur «Axloqiy Husniya» - yaxshi xulqlar egasi bo'lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ish­ga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo'l qo'ymagan. Amir Temur singari jahon ma’naviyati saltanatida o'z o'rinlariga ega bo'lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go'zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi.
Amir Temurning vasiyatlaridan xalqiga cheksiz sodiqligini, millatini ulug'laganini, ozodlik uchun kurashuvchan, axloq­iy madaniyati yuksakligini ko'rish mumkin: «Millatning dardiga darmon bo'ling. Zaiflarni qo'riqlang, yo'qsinlarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo'lsin».
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etgan yodgorliklar orasida Xorazm vohasi hududida yaratilgan bebaho ma’naviy obida «Avesto» kitobi alohida o'rin tutadi. Ana shunday o'lmas asori-atiqalar bu ko'hna o'lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlikberadi. «Avesto»ning tub ma'no-mohiyatini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan tamoyilni oladigan bo'lsak, unda hozirgi zamon uchun ibrat bo'ladigan axloqiy saboqlar borligini ko'rish mumkin.
Ma'lumki har bir xalqning o'z afsonaviy qahramonlari, pahlavonlari bo'ladi. Shu ma'noda xalq og'zaki ijodining noyob durdonasi bo'lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o'zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan qahramonlik qo'shig'idir. Bu mumtoz asarda tarix to'fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o'zligini saqlagan, el-yurtimizning bag'rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi axloqiy fazilatlari o'z ifodasini topgan. Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlari- dan saboq beradi9.
Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobi- ning «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to'g'riso'zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida o'sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alo­hida e’tibor beriladi.
A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahamiyat berilgan.
«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog'idir» - deydi mutafakkir A.Navoiy.
A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid g'oyalar ilgari surilgan. Insonparvarlik g'oyalari ulug'langan.
Pedagogika fani yosh avlodni axloqiy rivojlanishida tarbi­ya va ta'limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhiyatga oid tadqiqotlar natijalarining ko'rsatishicha, Maktabga­cha ta’lim davri bolaning ma'naviy shakllanishida eng muhim bosqichidir. Shu davrda ma'lum maqsadga qaratilgan ta’Iim- tarbiya ta'sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlay- di. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shak­li yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabatlarida egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo'lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab axloqiy tarbiya berib borish muhimdir.Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim o‘rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan – johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o‘tarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido – yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning o‘zaro kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida o‘zini anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik o‘rtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda o‘zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so‘nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o‘ziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq meʼyorlari ham bor. Bunday axloq meʼyorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali taʼsir ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur, tushunchalar beradi. Axloqiy tasav­vurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosda axloqiy e’tiqodni yuksaltirishga ta’sir ko'rsatadi, ya'ni:
Bolalarni o'zlarining axloqiy tajribalarini mushohada qilishlari va boyitishlariga yordam beradi;
Shaxsni o'zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi.
Axloqiy bilim, asosan axloqiy suhbatlar, ma’ruzalar, kechalar, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar va boshqa vositalar bi­lan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg'ulotlarda va mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda ta’lim berish orqali amalga oshiriladi.
Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o'yin materiallari, ommaviy axborot vositalari-oynayi jahon, radio va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta ta’sir ko'rsatadi.
Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o'yin mashg'ulotlarida yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o'zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg'ulotlarda, ke­yinchalik o'yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, mustaqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.

Axloqiy tarbiya metodlari.Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo'llash muhim ahamiyatga egadir. Axloqiy tarbiya metodlari
-bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat usulidir.
Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o'rgatiladi. Ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bu guruh metodlariga qo'yiladigan asosiy talablar:
Bolalarning yaxshilik, yomonlik to'g'risidagi tasavvurlarini e'tiborga olish; axloqiy xulq-atvor normalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o'zlarini faol qatnashtirish; har bir bolaning his-tuyg'usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo'lish.
Bolani noo'rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e'tiborsizlik qilish qat'iyan man qilinadi. Hamma metodlardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi.
Axloqiy tarbiyaning asosiy prinsiplari (tamoyillari) va metodlari
Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
-g'oyaviy va tarbiya ishining ma’lum maqsadga qaratilganligi;
-ta'Iim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish;
-axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib bo­rish;
-bolalarning faolligi;
-oila va MTMlarining tarbiyaviy ta’sirining birligi;
-bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
-bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini ko'zda tutish. Axloqiy tarbiya prinsiplarini pedagogik shart-sharoit bilan
qo'shib amaga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga sama­rali ta’sir etadi.
Axloq va axloqiylik muammolari insonning ijtimoiy munosabatlarida muhim o‘rin tutgani bois, bu masala azaldan yetuk faylasuflar, allomalarning diqqat-e’tiborida turgan. Chunonchi, o‘z asarlarida inson axloq normalarini egallasagina ma’naviy kamolotga erishishi mumkinliini ta’kidlagan Abu Nasr Forobiy axloqiy kamolot shartlari va asoslarining sharhiga alohida to‘xtalib, axloqiy kamolotga erishish, avvalo, shaxs jamiyat a’zolari bilan faoliyatda mushtarak-mutanosib bo‘lsa, uning ongida nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy manfaatlarga ham moyillik yuzaga kelishi orqali amalga oshishini ko‘p bor tilga oladi.
Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy axloqiylik insonning kishilarga, jamiyatga va o‘z-o‘ziga real, amaliy munosabati asosida shakllanishini ta’kidlaydi. Beruniy insonni oliy mavjudot sifatida tavsif etar ekan, Alloh unga inoyat etgan aql-zakovatga munosib bo‘lmog‘i kerakligini bayon etib, insondagi noxush axloqsizlik, badfe’llik, avvalo, uning o‘zi uchun, qolaversa, jamiyat uchun katta musibat keltirishini uqtiradi.«Muomala» iborasi ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida insonning kundalik faoliyatida hamda insonlararo munosabatlarga nisbatan bevosita yoki bilvosita qo'llaniladi.Muomalaning «madaniyat» atamasi bilan bog'liqligi ham uning ma'naviy hayot sohasiga daxldorligidadir. Muomala — bu insonlar o'rtasidagi aloqalarning paydo bo'lishi va rivojlanishi hamda ularning hayot faoliyatidagi ehtiyojning murakkab jarayoni bo'lib, o'zga kishilar bilan ma'lumot almashish, ularni tushunish va idrok etishning hamkorlikdagi strategiyasidir.Muomala madaniyatida xushfe'llik, xushmuomalalik, hayoibolilik, beozorlik, shirinso'zlik, ochiqko'ngillik singari axloqiy me'yorlar muhim sanaladi.Muomala odobi boshqa kishilarning qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo'yish bo'lib, ko'pchilik oldida bir kishiga aytiladigan gap boshqalarni noqulay ahvolga solib qo'yadi. So'zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatini tashkil etadi.
Axloqiy qadriyatlarga insonparvarlik, jamoatchilik, adolat, qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo'ylik, ochiq ko'ngillik va mardlik, saxiylik va muruvvatlilik, o'zaro hurmat, do'stona munosabat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, homiylik va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi.
Axloqiy qadriyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin: Axloqiy qadriyatlarning mazmuniga ko'ra burch, or-nomus, vijdon, qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik, rostgo'ylik va hokazolarga; shakliga ko'ra esa ijobiy yoki salbiy, ya'ni yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxtsizlik, hayo va behayolik kabilarga ajratish mumkin.
Axloqiy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko'ra:
— shaxsiy axloqiy qadriyatlar
— kasbiy burchni bajarish, sevgisiga sadoqatli bo'lish, halol rizq topish, so'zining ustidan chiqish, oila sha'nini saqlash, haromdan hazar qilish;
— milliy axloqiy qadriyatlar — mehmondo'stlik, kattalarga nisbatan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e'zozlash, bolajonlik va hokazolar;
— mintaqaviy axloqiy qadriyatlar — do'stlik, yaxshi qo'shnichilik, bag'rikenglik, mehmondo'stlik, o'zaro hurmat va boshqalar;
— umuminsoniy axloqiy qadriyatlar — insonparvarlik, adolatparvarlik, vatanparvarlik, o'zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik kabi turkumlarga bo'lish mumkin.
Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga ko'ra:
— axloqiy ongda barqaror shakllangan ma'naviy-axloqiy qadriyatlar: jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgan kodekslar, normalar, tamoyillar, mafkuraviy g'oyalar. Masalan, «Harbiy qasamyod», «Shifokor qasamyodi», «Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb odobnomasi» va h.k;
— axloqiy amaliyotda bevosita qo'llaniladigan axloqiy qadriyatlar: yaxshilik yoki yomonlik, adolat yoki razolatdan iborat maqsadni ko'zlab, uni amalga oshirishning ixtiyoriylik yoki majburlash vositalarini qo'llab pirovard natijaga olib keluvchi qadriyatlar;
— axloqiy munosabatlar tufayli zohir bo'ladigan axloqiy qadriyatlar: burch, shartni bajarish, halollik, saxiylik, kamtarlik, uddaburonlik, tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolarga ajratish mumkin.
Yangi axloqiy qadriyatlar yuzaga kelishi O'zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda axloqiy qadriyatlar barcha fuqarolarni, millati, dini, tili, irqidan qat'i nazar o'zbek xalqi o'zining milliy axloqiy qadriyatlari — sabr-qanoat, jamoatchilik, o'zaro yordam, saxovat, tinchlikni ardoqlash, shukronalik kabi axloqiy fazilatlarini namoyish qilish orqali tinch-totuv yashashga chorlaydi va uni ta'minlaydi.
Qadriyatlar tizimida diniy qadriyatlar ham muhim o'rin tutadi va ular axloq, axloqiy qadriyatlar bilan uzviy bog'liq. Diniy qadriyatlarning mavjudligi diniy ta'limotlarga asoslansada uning rivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-axloqiy taraqqiyoti bilan mustahkam bog'langan. Ular xalqimizning turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kasb etikasi (odob-axloqi) — odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan o'zaro munosabatlarning axloqiy yig'indisidir.Kasbiy odobning barcha uchun birdek taalluqli hisoblanmagan, balki muayyan kasb-ког egalarigagina mansub bo'lgan ijtimoiy xulq-atvor qoidalari, me'yorlari mavjuddir. «Kasb odobi» atamasi «kishilar o'rtasidagi kasb faoliyati bilan bog'liq munosabatlarga ma'rifiy tus beradigan xulq-atvor kodeksidir».Kasb axloqi kasb odobiga nisbatan keng tushuncha. Chunki kasb odobi kasb axloqi tarkibiga kirib unga shaxs xulq-atvori asos bo'lsa, kasb axloqi xulq-atvor bilan birgalikda, umuminsoniy axloqiy kasbiy me'yorlarga asoslanadi. Kasbiy axloq insonning kasbiy burchlari o'z kasbiga bo'lgan munosabatini belgilaydigan axloqiy me'yorlar majmuyi bo'lib, u kishilarni u yoki bu kasbga mansubligiga qarab birlashtiradi.Masalan, rahbarlikning axloqiy jihatlari borasida ta'kidlash joizki, bu boradagi kasb odobi qonun-qoidalari faqat kabinetlarda emas, balki, xalq bilan muloqot jarayonida shakllanadi. Rahbar xodimlar faoliyatidagi kamchilik sifatida O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev «Ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma'lum darajada uzilib qolmoqda», — deya ta'kidlagani bejiz emas. Zero, kasbiy omilkorlik, o'z ishini yaxshi bilish, qaysi kasbdan qat'i nazar axloqiy me'yorlarning ibtidosidir. Kasb odobi me'yorlarining mazmuni, ularning amaliyligi u yoki bu masalalarni yechishda yordam beradi.Sog'lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati. Jismonan sog', ma'nan barkamol, zararli ta'sirlardan, salbiy xislat, illatlardan xoli, toza, рок, sog'lom fikrli avlodni, sog'lom naslli, jismoniy baquvvat, ruhi tetik, fikri tiniq, iymone'tiqodli, ma'naviyatli, mard va jasur, vatanparvar shaxsni tarbiyalashda har bir jamiyat a'zosi olib borayotgan turmush tarzi juda katta rol o'ynaydi. Sog'lom bolaning tug'ilishi, eng avvalo, ota-onaning sog'lig'iga bog'liq. Sog'lom oila bo'lmasa, barkamol avlod ham, istiqboli porloq millat ham bo'lmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu masalaga nihoyatda katta e'tibor berib kelinmoqda.
Inson uzoq umr ko'rish va tinch hayot kechirish maqsadida sog'lom, tetik va baquvvat bo'lish, o'z yoshligi, husni va ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakatdir. Sog'lom turmush inson farovon hayot kechirayotganidan dalolat beruvchi omillardan biridir. Chiniqish—bu organizmni suv, quyosh va havo ta'sirida sekin-asta moslashtirib borish mexanizmidir.
metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi. Demak, amaliyotda keng qo'llanilib kelayotgan ta'lim metodlarini quyidagi ko'rinishda ifodalash mumkin (1-shakl).

Ta'lim metodlari.


Ta'lim mеtodlari tarkibi.
Ta'lim mеtodlari tarkiban o’qitish mеtodlari va o’qish mеtodlaridan iborat. O’qituvchi bilimlarni Og’zaki bayon etsa, bolalar uni tinglaydi; o’qituvchi mustaqil ish topshirsa, o’quvchilar bajarishadi. Bilimlarni Og’zaki bayon etish, mustaqil ishlash kabilar o’qitish mеtodlari bo’lib, ular vositasida didaktik vazifalar (bilimlarni o’rganish, mustahkamlash, takrorlash va sh.k) hal etiladi. O’quv-tarbiya jarayonida ta'lim mеtodlarining samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va o’qish mеtodlari majmuasidan foydalaniladi. Masalan, ma'ruza mеtodi tarkiban o’qituvshining o’rganilayottan mavzuni mantiqiy izchillikka, Og’zaki bayon qilishi, o’quvchilarning esa o’quv matеriallarini izchil tinglashi kabi mеtodlardan iborat. Ma'ruza mеtodidan shu yo’sinda foydalanish o’qituvchining, o’quvchining ham faolligi talablariga, binobarin, ta'limning samaradorligini oshirish ehtiyojlariqa mos kеlmaydi. Zеro, ma'ruzaning yuqoridagi ko’rinishi faqat bolalar xotirasiga mo’ljallangan. Ma'ruza ham bolalar xotirasiga, ham ular tafakkuriga mo’ljallab tashkil etilganda, uning samaradorligi yanada oshadi. tajribali o’qituvchilar ma'ruza mеtodining samaradorligini oshirish maqsadida turli variantlardan foydalanishadi.
O’qituvchi faoliyati ko’rgazma qurolni tahlil ettirish;
- bolalar oldiga muammolar qo’yish;
- qo’yilgan muammo asosida bilim-larni izchil bayon etish;
- xulosalar chiqarish;
- bilimlarni o’quv sharoitlariga tatbiq qilishni tashkil etish;
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, ta'limda hеch bir mеtod sof holda qo’llanilmaydi. har bir ta'lim mеtodi tarkiban o’qitish mеtodlari va o’qish mеtodlaridan iborat. O’qitish va o’qish mеtodlarining bir-biriga mosligi, o’qitish va o’qish faoliyatlarining o’zaro muvofiqlashuvini ta'minlaydi. Bu o’z navbatida didaktik ta'sirning o’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta'sirining samarali amal qilishiga olib kеladi.
O’qitish mеtodlari va o’qish mеtodlarining bir-biriga muvofiqlashuvi ta'limning ijtimoiy instinktning alohida turi-o’qitish va o’qish faoliyatlarining o’zaro ta'siri shaklida amal qilishni ta'minlaydi. O’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta'sir mohiyatidan kеlib chiqib, ta'lim mеtodlarini ikki guruhga ajratamiz; o’zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish mеtodlari, o’zaro ta'sir natijasini nazorat etish mеtodlari.
Ta'lim mеtodlarining har bir guruhida o’qitish va o’qishning o’zaro ta'siri qatnashadi. O’zaro ta'sir ishtirok etmaydigan mеtod ta'lim mеtodi sanalmaydi. Masalan, o’qituvchi evristik suhbatni tanladi dеylik: bolalar uchun tushunarli, ularni qiziqtiradigan savollarni o’rtaga tashlay olish o’qituvchi faoliyatiga bog’liq. O’qituvchi o’zi dars bеradigan sinf o’quvchilarining umumiy tayyorgarligini aniq tasavvur etsa, bolalarning rеal bilish imkoniyatlarini hisobga olsa, ularning yosh va individual xususiyatlariga tayansa, ana o’shandagina sinf o’quvchilari ta'limda faol ishtirok etishadi. O’qituvchi faolligi o’quvchi faolligini va, o’z navbatida, o’quvchilar faolligi o’qituvchi faolligini ta'minlaydi.
O’zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish mеtodlari tasnifi.
Og’zaki bayon mеtodlari. hikoya, tasvir, suhbat, ma'ruza ta'limning bilimlarni Og’zaki baеn qilish mеtodlari sanaladi. Bu mеtodlar evristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o’quvchilarning xotirasiga mo’ljallab tashkil etiladi. hurilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o’qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.
Hikoya. Ta'limning turli bo’g’inlarida qo’llaniladigan univеrsal mеtodlardan biri hikoyadir. hikoyaning bir nеcha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o’quv matеrialini o’rganishga bolalarni tayеrlash maqsadida o’tkaziladi. kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, Yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor mеtoddir; bayon shaklidagi hikoya- Yangi o’quv matеrialini bеvosita idrok etish bilan aloqador mеtodi sanaladi. Bayon shaklidagi hikoyada o’qituvchi o’quv matеriali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning oxirida o’rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.
Ma'ruza. Ma'ruza o’rta umumta'lim maktablarining yuqori sinflarida, tеxnikum va kollеjlarda, oliy o’quv yurtlarda foydalaniladigan ta'lim mеtodi bo’lib, unda o’zaro ta'sir o’qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g’oya va bog’lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma'ruza uchun vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o’quv matеriali xajmiga ko’ra bеlgilanadi.
Ma'ruza jarayonida o’quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida o’qituvchi o’z Nutqini ko’rgazmali qurol, darslikda bеrilgan omillar, muammo va topshiriqlar bilan uyg’unlashtiradi. Ma'ruza jarayonida ko’rgazma qurolidagi omillarni tahlil etishga bolalar dihuquqhuquqatini tortish, o’qituvchi aytgan qoida, ta'rif, aniqliklarni dars matеriallariga chog’ishtirish yo’llari bilan bolalar faolligi oshiriladi. Shuningdеk, o’quv matеrialiga oid tеrminlarga izoh bеrish, ayrim o’rinlarda o’quvchilarning o’zlariga xulosa chiqarishni taklif etish talabalarning o’quv-biluv faoliyatining samarador amal qilishini ta'minlaydi.
Suhbat. Suhbat o’qituvchi o’quvchining o’zaro ta'siri diolog shaklida amal qiladigan ta'lim mеtodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o’ylangan, bir-biriga bog’liq savollarni qo’yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo’llari bilan o’qituvchi va o’quvchi faoliyati o’zaro muvofiqlashadi.
Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo’ladi: evristik suhbat; katoxеzistik suhbat. Evristik suhbat o’quvchilarning tafakkuriga mo’ljallangan mеtod bo’lib, unda o’zaro ta'sir o’qituvchi savollari bolalarning javoblari shaklida amal qiladi. Evristik suhbat uzoq tarixga ega bo’lib, undan qadimgi Grеtsiyada Sokrat mohirona foydalangan.
U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda «izlanish suhbati» ham dеb yuritaladi. Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo’l bilan o’quv matеrialini o’rganish; o’zlashtirishning individual xaraktеr kasb etishi. Bu mеtodning salbiy tomonlari ham bor. Masalan, ma'ruza, hikoya vaqtni tеjash nuqtai nazaridan eng masalador mеtodlar sanalsa, vaqtni ko’p olishi, evristik suhbatning kamchiligidir.
Evristik suhbatning o’ziga xos tashkiliy hurilishi mavjud. Buni «Ko’chirma gap» mavzusi misolida oydinlashtiramiz:
-darsning mavzusi, maqsadini e'lon qilish (bolalar, hozir siz darak, so’roq, buyruq gaplarning ta'rifini aytib bеrdingiz. Bugun «ko’chirma gap»ni o’rganamiz. Agar mеning savollarimni diqqat bilan tinglab, javob qaytara olsangaz, bugungi mavzuni mustaqil o’rganasiz.);-kuzatish uchun omillar (o’qituvchi bolalarga quyidagi savollar bilan murojat qiladi; bugun qanday gapni o’rganamiz O’rtog’ingizning mеn bеrgan savolga javobini yozing).
Doskaga o’quvchilardan biri «Bugun ko’chirma gapni o’rganamiz» jumlasini yozadi. O’qituvchi «Katta bo’lganda kim bo’lmoqchisizhuquq» savolni o’rtaga tashlaydi. «Katta bo’lganimda o’qituvchi bo’laman» gapi ham doskaga yoziladi. Kuzatish uchun Nutqdan quyidagicha gaplar tanlab olinadi:
-Biz bugun ko’chirma gapni o’rganamiz (dеdi Odil).
-Katta bo’lganimda o’qituvchi bo’laman (dеdi Anvar).
Mustaqil xulosalar chiqarish uchun savollar; Kimlarning gapi o’zgarishsiz ishlatiladi, daftarlarga (doskaga) yoziladi? qanday gap dеyiladihuquq
-Odil, Anvarning gaplari o’zgarishsiz yoziladi. O’zgarishsiz ishlatilgan gaplarga ko’chirma gap dеyiladi.
-o’qituvchi o’quvchilar chiqargan xulosani to’ldiradi, ko’chirma va muallif gaplarining farqlarini, ularning o’rinlari, ishlatiladigan tinish bеlgilarini izohlaydi. Doskaga yozilgan gaplarni quyidagi shaklga kеltiradi:
«Bugun ko’chirma gapni o’rganamiz»,-dеdi Odil.
«Katta bo’lganimda o’qituvchi bo’laman»,-dеdi Anvar.
-Chiqarilgan xulosalarni turli o’quv- sharoitlariga tatbiq etish yo’li bilan bilimlar mustahkamlanadi.
Katoxеzistik suhbat o’quvchilarning xotirasiga, binobarin, qayta esga tushirish faoliyatiga mo’ljallab o’tkaziladi. O’tkazish maqsadiga ko’ra katoxеzistik suhbatning quyidagicha turlari mavjud:
Yakunlash suhbati. Bunday suhbatda mashg’ulotda qilingan ishlar bo’yicha umumiy va yakuniy xulosa chiqariladi.
Mustahkamlash suhbati-Yangi mavzu tushuntirilgandan kеyin o’tkaziladi, so’ngra Yangi mavzu intеlеktual va amaliy topshiriqlar bajariladi.
Takrorlash suhbati-ikki yoki undan ortiq mavzu bo’yicha o’tkaziladi. Takrorlash yo’li bilan malakalar takomillashtiriladi. Umumlashtiruvchi suhbat-katta bo’lim o’tilgandan so’ng, o’quv boshida, oxirida tashkil etiladi.
Kirish suhbati-yangi mavzuni o’rganishdan oldin o’tkaziladi. Nazorat suhbat-bilimlarni sinab ko’rish maqsadida tashkil etiladi.
Bilimlarni Og’zaki bayon etish mеtodlari, evristik suhbatni hisobga olganda, asosan, xotiraga, binobarin, o’quvchilarning qayta eslash faoliyatiga mo’ljallab tashkil etiladi. hikoya, tasvir, ma'ruza, suhbat mеtodlarining zaif tomoni ham shunda. Ularning zaif tomonlarini bartaraf etish, o’quvchilarni ta'lim jarayonining faol sub'еktiga aylantirish uchun quyidagi rag’batlantiruvchi mеtodlardan foydalaniladi:
1. Qiziqarli o’quv holatlari yaratish-qiziqarli o’quv holatlari bolalarda turli emotsiyalarni uyg’otadi. Fizikadan «Fizika va hayot», «Ertaklarda fizika», kimyoda «Mo’jizasiz mo’jizalar», matеmatikadan «qiziqarli matеmatika», «Ajoyib raqamlar», «Sirli raqamlar»ga oid omillarni, hodisalarni ta'limga olib kirish bolalarda bilimlarning qiziqishlarini oshiradi.
2. Badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy asarlardan olingan omillarni kеltirish, ularni tahlil etish ham ta'lim jarayonida o’quvchilarning faolligini oshiradi.
3. Ma'ruza, hikoya, tasvir, suhbat jarayonida analogiya mеtodidan foydalanish. Masalan, fizikadan ultra binafsha nurlar (quyosh nurining yetti xil elеmеntdan iboratligi), lokatsiya hodisasini ko’rshapalak misolida izohlash, bolalarda o’quv faniga, o’rganilayotgan mavzuga qiziqishni oshiradi.
4. Fan tarixida ekskursiya ham bolalarning o’quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirish vositasi sanaladi. Ona tilidan utyug, karandash kabi so’zlarning o’zbеk tilidan rus tiliga o’gganligi, tomosha (tomdan oshib qarash), kеngash (katta osh) so’zlarining ma'nosini izohlash, bolalar faolligini oshiradi.
5. Kundalik turmushda ishtirok etish yo’li bilan hosil qilingan tajriba va ilmiy bilimlarni o’zaro taqqoslash ham bolalarda o’quv biluv faoliyatiga havasni oshiradi. Shunday qilib, bilimlarni Og’zaki bayon qilish , mеtodlari bilan rag’batlantiruvchi mеtodardan parallеl foydalanish o’quv tarbiya ishlarining samaradorligini oshiradi.
Ko’rgazmali mеtodlar.
Ko’rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo’lib, uning yordamida ko’ruv o’quvi va tafakkur o’zaro uyg’unlashadi. Ko’rgazmali mеtodlarning quyidagicha turlari mavjud:
Illyustratsiya mеtodi Og’zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga dihuquqhuquqatni tortish.
Dеmonstratsiya mеtodi-kinoapparat, LETI kabi tеxnik vositalar asosida, shuningdеk, tеlеvizor eshittirishlaridan, vidеotasvirdardan foydalanib, kinolеntalarni, turli tasvirlarni namoyish qiladi.
Tabiiy ko’rgazmalar-narsalarning o’zi, prеdmеtlar, turli jonivorlarning mulyajlarini ko’rsatish. Ko’rgazmali mеtodlar eshitish va ko’rish o’quvlarini o’zaro uyg’unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni Og’zaki bayon qilish mеtodlari bilan yonma-yon foydalanshp ta'limning samaradorligini oshiradi.
Muammoli izlanish mеtodlari.
Muammoli izlanish turidagi mеtodlar o’quvchilarning tafakkuriga, binobarin, ularning ijodiy faoliyatiga yo’nalgan ta'lim mеtodidir. Bu mеtodlar asosida o’quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro ta'siri quyidagicha umumiy ko’rinishga ega bo’ladi.

turli topshiriqlar asosida muammoli holat yaratish;



- muammoli holatda ishtirok etish va muammoni qabul qilish;



- farazlarni aytishni taklif etish;



muammoni hal etishga oid farazlarniaytish;



- farazlardan tanlangan muammoni mosini bajarishga tatbiq etishni so’rash;



- tanlangan farazni muammoni bajarilishiga tatbiq etish;



- xulosalar chiqarishga ko’maklashish;



- xulosalar chiqarish;



- chiqarilgan xulosalarni amaliyotga tatbiq etish yo’llarini ko’rsatish;



-xulosalarni amaliyotga tatbiq etish;



Muammoli izlanish mеtodlari ham maktab tajribasida sof holda qo’llanilmaydi. Muammolarni qo’yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham foydalaniladi. Shuningdеk, ma'ruza o’qib turgan paytda turli o’quv topshiriqlari, muammolar ham hal etiladi. Ko’rgazma qurollar vositasida bolalarga ekspеrеmеntal (sinov) topshiriqlar bеriladi. Ana shularga ko’ra muammoli-izlanish mеtodlarining quyidagi turlari farqlanadi.

Muammoli hikoya-o’rganilayotgan mavzu doirasida hikoya boshida, hikoya davomida, hikoya oxirida bolalar oldiga muammolar qo’yib, ularning mavzuga qiziqishlarini oshirish yo’lidir.


Muammoli ma'ruza-ma'ruzadan oldin o’quvchilarni mavzuga qiziqtirish maqsadida yoki ma'ruza oxirida o’quvchilar oldiga muammolar qo’yish yo’li bilan ta'lim maqsadiga erishishdir. O’quv matеrialining asosiy qismini ma'ruza vositasida, nisbatan oson qismini topshiriqlarni bajarish, muammolarni qo’yish yo’li bilan ham o’rgansa bo’ladi.
Kеyingi paytlarda maktablarda muammoli amaliy ishlar, masalan, optikadan laboratoriya ishi, ilmiy tadqiqot ishlari (tarixiy matеriallarni tasnif etish, u yoki bu gеografik tumanga tabiiy va iqtisodiy gеografiya nuqtai nazaridan tasnif yozish) kеng o’rin olmoqda. Bular bolalarbop ekspеrеmеntal (sinov) tadqiqot mеtodlaridir. Ko’rinadiki, muammoli-izlanish mеtodlari bilimlarni Og’zaki bayon etish, ko’rgazmali mеtodlar bilan birga qo’shib olib borilganda o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligini yanada oshiradi.
Mustaqil ishlash mеtodlari
Mustaqilishlar ta'limning turli guruhlari, sikllarida, darsning barcha bosqichlarida o’tkaziladigan, o’qituvchining bеvosita ishtirokisiz, ammo uning ko’rsatmalari, rahbarligida bajariladigan intеlеktual va amaliy topshiriqlardir.hozirgi paytda mustaqilishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi.
Darslikdagi qoidalar va ta'riflar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi qoida va ta'rifni o’qish va ularga oid omillarni ajratish; o’qituvchi bеrgan, o’qituvchi topshiriqiga ko’ra to’plagan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarshy; darslikning ayrim bеtlarini tanlab o’qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo’llari to’g’risida qisqacha xisobot tayyorlash; qoida, ta'riflarni mantiqiy qismlarga ajratish va tеrminlarga izoh yozish; darslik, o’quv qo’llanmalarni va qo’shimcha adabiyotlardan o’rganilgan mavzu doirasida omil to’plash; ma'ruza, hikoya, suhbat paytida o’qituvchi chiqargan xulosalarni darslikdagi qoida, ta'rif aniqliklariga solishtirish.
Darslikdagi amaliy matеriallar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi mashq, misol va masalalar variantlar asosida musobaqalashib bajarish; darslikdagi amaliy matеriallar asosida turli diogramma, jadval, chizmalar tayyorlash; laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish rеjasiii tuzish.
Mashg’ulotlarda turli mustaqil ishlarni bajarish bolalarda mustaqillikni tarbiyalaydi. Mustaqillik esa shaxsiy sifat hisoblanadi. Mustaqil ishlash mеtodlaridan foydalanishda qator qoidalarga rioya qilinadi; o’quvchilarni mustaqil ishlashga tayyorlash; mustaqil ishlarning tushunarli bo’lishi; mustaqil ish uchun yetarli vaqt ajratish; mustaqil ish natijasini tеkshirish.
II BOB 2.1 Maktabgacha ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuv
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi.

Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.

Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi.


Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi.

Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek,



2.2 Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi.

Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yil yakuni bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarning qamrovi 10 foizga oshishi, 2018 yilda esa maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash harajatlari joriy yilga nisbatan 32 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo‘yildi.

Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo‘shab yotganligi, ulardan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2018 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yettita yo‘nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi.

Ular doirasida 2018 yil davlat budjetidan 427 bog‘chada qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish uchun 771 milliard so‘m mablag‘ ajratish, jumladan, 14 tasini yangidan qurish, 256 tasini rekonstruksiya qilish va 157 tasini kapital ta’mirlash rejalashtirilayotganligi, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, 2018 yil 1 yanvardan boshlab, 5 yil davomida xususiy bog‘chalar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun sarflanadigan mablag‘ning yarmi davlat budjeti hisobidan qoplanishi, bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash maqsadida 2018 yildan boshlab har bir maktabgacha ta’lim muassasasiga 10-15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirilishi, bolalar bog‘chalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasi tashkil etilib, “Ketring” xizmatini yo‘lga qo‘yish mexanizmining ishlab chiqilishi, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyatining takomillashtirilishi, maktabgacha ta’lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta’lim pedagoglariga qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishi tom ma’noda sohani dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Istiqbolda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi sohaning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishni talab etadi. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishdan iborat o‘ta dolzarb vazifa yuklatildi.

E’tirof etish kerakki, mazkur qonun loyihasining ishlab chiqilishi o‘z navbatida ta’lim sohasiga oid milliy qonunchiligimizning yanada takomillashuviga, sohaga oid barcha munosabatlarning huquqiy asoslari mustahkamlashga xizmat qiladi.



Shunday ekan, tizim oldiga qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash biz Qonunchilik palatasi deputatlardan ham faollikni va mas’uliyatni talab etadi.


Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə