F. I. O. Imzo Sana Bet



Yüklə 145,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix22.03.2024
ölçüsü145,74 Kb.
#181935
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Boyitish mahsulotlarini termik qayta ishlash jarayonlari.



F.I.O. 
Imzo
 
Sana

Bet. 
 
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta 
ishlashga tayyorlash. 1Es-22 Мet. Mustaqil ish. 2023. 
 ass. Jalolov B.A . 
в Б.А. 
Eshonqulov X. S 
Bajardi
 
 
Tekshirdi
 
Mavzu:
Boyitish mahsulotlarini termik qayta ishlash jarayonlari. 
Reja: 
Asosiy qism. 
1.
 
Kuydirish jarayonlarining turlari, fizik-kimyoviy asoslari. 
 
2.
 
Metallurgik xomashyolarni kuydirish jarayonlari.
 
3.
 
Rux boyitmalarini oksidlovchi kuydirish.
 
4.
 
Aglomeratsiyalash jarayonning umumiy tushunchasi.
 
5.
 
Aglomeratsiyalash jarayonning amaliyoti.
 
Foydalanilgan adabiyotlar.
 
 


F.I.O. 
Imzo
 
Sana

Bet. 
 
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta 
ishlashga tayyorlash. 1Es-22 Мet. Mustaqil ish. 2023. 
 ass. Jalolov B.A . 
в Б.А. 
Eshonqulov X. S 
Bajardi
 
 
Tekshirdi
 
1.
Kuydirish jarayonlarining turlari, fizik-kimyoviy asoslari. 
Kuydirish deb 
materialni (ruda, konsentrat) kimyoviy va mineral tarkibini ma’lum darajada 
o‘zgartirish maqsadida, lekin mahsulotni erishi yuz bermaydigan haroratgacha 
qizdirishga aytiladi. Kuydirish xomashyoning turiga qarab 500–12000C haroratda 
olib boriladi. Bu jarayon metallurgiyadan tashqari kimyo va konchilik sanoatida ham 
keng qo‘llanadi. Yuz beradigan jarayonlarning xususiyatiga qarab, kuydirishning 
quyidagi turlari mavjud: oksidlovchi, tiklovchi, sulfatlovchi, kalsinatsiyali (toblash), 
xlorlovchi va ftorlovchi, aglomeratsiya, sulfat-xlorlovchi va boshqalar. Oksidlab 
kuydirish – sulfidli va arsenidli (mishyakli) ruda va boyitmalarga ishlov berish keng 
tarqalgan. Kuydirishning maqsadi mahsulot tarkibidagi oltingugurt va mishyakni 
to‘liq yoki qisman gaz fazaga o‘tkazib, asosan oksid, ayrim hollarda sulfat holidagi 
metallni olishdir. Kuydirish natijasida oltingugurt gaz fazasiga SO2 shaklida, 
mishyak uchuvchan As₂O₃ shaklida o‘tadi:
 
2MeS + 3O₂ = 2MeO + 2SO₂, 
MeS + 2O₂ = MeSO₄ 
Oksidlovchi kuydirish shixtasi tarkibiga turli metallarni sulfidlari (pirit, 
xalkopirit, xalkozin, kovellin, bornit, sfalerit, galenit, ayrim hollarda arsenopirit, 
surma yaltirog‘i va boshqalar), jins hosil qiluvchi minerallar (kvars, ohaktosh, 
glinazem, kremnazem va boshqalar), uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda sulfatlar
nodir metallar, namlik va boshqalar kiradi. Mahsulotlarni gidrometallurgik ishlov 
berishga tayyorlash uchun sulfatlovchi kuydirish qo‘llanadi. Bu jarayonda ajratilishi 
kerak bo‘lgan metallar suvli eritmalarda oson eruvchi birikmalar (sulfatlar va 
oksidlar) shakliga hamda qiyin eruvchi oksidlar shakliga o‘tkaziladi. Sulfatlovchi 
kuydirish shixtasi, oksidlovchi kuydirish shixtasidan keskin farq qilib, faqat ruda 
yoki konsentratdan iborat bo‘ladi. Tiklovchi kuydirish temir rudalari: qizil va 
qo‘ng‘ir temirtoshni qayta ishlash uchun qo‘llanadi. Natijada, magnitlanmaydigan 
oksidlar magnetit holiga o‘tadi:
Fe₂O₃ va Fe₂O₃·N2O 
Fe2O3 + CO = Fe3O4 + CO2, 
Bu esa temir rudalarini boyitishning eng samarali usuli – elektromagnit 
boyitishni qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Tiklovchi kuydirishning yana bir turi 
velslashdir. Bu qattiq fazadagi bir qator metall oksidlarini ugletermik tiklash 
jarayoni bo‘lib, yuqori haroratda vozgon holida gaz fazaga o‘tadi. Bunday nisbatan 



Yüklə 145,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə