F. I. O. Imzo Sana Bet



Yüklə 145,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix22.03.2024
ölçüsü145,74 Kb.
#181935
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Boyitish mahsulotlarini termik qayta ishlash jarayonlari.

 
 
Tekshirdi
 
haroratlarda eriydigan birikmalar paydo qilishi mumkin. Kadmiy sulfidi 735°Cda 
alanga oladi va oksid shakliga o‘tadi. Ikkala sulfidlar yuqori haroratda uchuvchanlik 
xususiyatiga ega. Bu xususiyatni texnologlar bilib, metallarni jarayon 
mahsulotlariga o‘tishini hisoblashlari kerak. Rux boyitmalar mis xalkopirit, xalkozin 
va kovellin turlarida uchraydi. Bu birikmalar o‘zlarini kuydirishda o‘zgarishlari mis 
xomashyosini qayta ishlashdagi jarayonlariga o‘xshashdir. Zamonaviy zavodlarda 
rux boyitmasini kuydirish «Qb» pechlarida o‘tkaziladi. Bu jarayonning afzalliklari: 
1) yuqori ishlab chiqarish unumdorligi (oddiy pechlarga nisbatdan 2–3 marta 
yuqoriroq).
2) kuydirish jarayonining tartiblanishi va mahsulotni sifatliligi;
3) SO₂ ni gazdagi miqdorining ko‘pligi va undan sulfat kislotasini olish qulayligi; 
245
4) tanlab eritishda salbiy ta’sir etuvchi ferrit va silikat birikmalarini cheklangan 
holatda paydo bo‘lishi va boshqalardir.
4. Aglomeratsiyalash jarayonning umumiy tushunchasi. 
Aglomeratsiya 
temirli rudalarni bo‘laklashtirishning asosiy usuli hisoblanadi. Aglomeratsiya 
briketlashning aksicha ayrim hollarda boyitish jarayonlari sifatida kuzatiladi. 
Aglomeratsiya mohiyat jihatidan rudani oltingugurtsizlantirishning birdan bir 
radikal usuli hisoblanadi. Oltingugurt aglomeratsiya jarayonida yonib bitadi, shu 
bilan bir qatorda ma’lum sharoitlarda oltingugurt sulfidining yonishi uning 
aglomeratsion shixtadagi miqdoriga qarab 98%ga etishi mumkin. Rudada ishtirok 
etuvchi oltingugurt sulfati gips yoki barit xolida odatda 50–60%dan ortiq yonmaydi. 
Qisman (50% atrofida) mishyak ham yonadi. Temirli rudalardagi boshqa zararli 
qo‘shimchalar (fosfor, rux va boshqalar) amalda yonmaydi. Biroq ularning ba’zilari, 
masalan rux, maxsus jadallashtiruvchi qo‘shimchalar va aglomeratsion tartibning 
muhim sharoitlarini qo‘llab aglomeratsiya usulida chetlashtirilishi mumkin. Ruda 
maydasini qizdirish uch xil usulda amalga oshirilishi mumkin: muallaq holatda, 
aylanuvchi pechlarda, havoni sizib o‘tkazish orqali. Muallaq holatda va aylanuvchi 
pechlarda kuydirish issiq gazlar berish hisobiga amalga oshiriladi, ular ta’sirida 
mahsulot donalari yumshaydi, sirti mustahkam bo‘laklar hosil qilib eriydi. Rudani 
muallaq holatda qizdirish katta miqdorda chang chiqishi, yonilg‘ining sarfi kattaligi, 
tayyor aglomerat olish qiyinligi tufayli hozirgacha sanoat miqyosida ishlatilmaydi. 
Aylanuvchi pechlarda qizdirish sanoat miqyosida ishlatilsa ham sizib o‘tish orqali 
qizdirishga nisbatan bir qator kamchiliklarga ega. Shuning uchun aylanuvchi 



Yüklə 145,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə