F. I. O. Imzo Sana Bet



Yüklə 145,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix22.03.2024
ölçüsü145,74 Kb.
#181935
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Boyitish mahsulotlarini termik qayta ishlash jarayonlari.

F.I.O. 
Imzo
 
Sana

Bet. 
 
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta 
ishlashga tayyorlash. 1Es-22 Мet. Mustaqil ish. 2023. 
 ass. Jalolov B.A . 
в Б.А. 
Eshonqulov X. S 
Bajardi
 
 
Tekshirdi
 
O‘rindiq zonasi aglomeratsiya jarayonida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etmaydi. 
Uning mohiyati aglomeratni panjarada yonishdan saqlash va shixtaning mayda 
zarralarini panjaradan o‘tib ketishini kamaytirish. O‘rindiq panjaraga shixtaning 
asosiy massasidan alohida yuklanadi. 
O‘rindiq hosil qilish uchun 25–10 mm li mayda aglomerat, bunday aglomerat 
yetarli bo‘lmasa shu o‘lchamdagi ruda zarralaridan foydalaniladi. O‘ta namlash 
zonasi yuklanayotgan shixta namligiga nisbatan 20–30% ortiqroq namlik bilan 
xarakterlanadi. Namlanish shixtaning sovuqroq qismida shixtani yuqoriroq qismida 
quritish natijasida hosil bo‘ladigan namlikning cho‘kishi natijasida sodir bo‘ladi. 
Quritish zonasida gigroskopik namlikni jadal yo‘qotish sodir bo‘ladi. Quritishda 
shixtaning bo‘laklari qisman sochilib, shixtaning zichlashishini hosil qiladi. Quritish 
zonasi gazlarning o‘tishiga katta ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun u iloji boricha 
minimal bo‘lishi kerak. Oltingugurtning yonishi uglerod yonishidan orqada qoladi, 
natijada shixtaning gaz o‘tkazish qobiliyati kamayadi, quritish zonasi ortadi va 
aglomeratsiya mashinasining ishlab chiqarish unumdorligi kamayadi. Jadal qizdirish 
zonasi shixtani yonishga tayyorlash zonasi hisoblanadi. Bu zonada yonish zonasidan 
tushayotgan issiq mahsulotlar ta’sirida shixta yoqilg‘isining yonish haroratigacha 
qizishi kuzatiladi. Keyingi zonada yonilg‘ining yonishi va aglomeratning 
shakllanishi sodir bo‘ladi. Bu erish zonasida rudali minerallarning qayta 
kristallanishi ketadi. Olingan aglomeratning fizik-kimyoviy xususiyatlari shu 
zonada hosil bo‘lgan harorat bilan aniqlanadi. Yoqilg‘i miqdori kam bo‘lganda, shu 
bilan bir qatorda harorat past bo‘lganda temir (II) oksidi va fayalitning miqdori kam 
aglomeratlar hosil bo‘ladi. Buning aksicha yoqilg‘i miqdori ko‘p bo‘lganda va 
harorat yuqori bo‘lganda temir (II) oksidining miqdori ko‘p, yuqori mexanik 
xususiyatlarga ega aglomeratlar olinadi. Tayyor aglomerat zonasi tugallangan 
termik jarayon hisoblanadi. Shakllantirilgan aglomerat shixta orqali ventilator 
yordamida so‘rib olinadigan havo bilan sovutiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan zonalarning 
holati shixta qatlami balandligi bo‘yicha doimiy emas. Zonalarning chegaralari 
shixta yonilg‘isining yonishi mobaynida o‘zgarib turadi. Olingan aglomerat uchta 
fraksiyaga bo‘linadi, domna sexiga yaroqli aglomerat (›15mm), o‘rindiq (6–15mm) 
va qaytarish (‹6mm).

Yüklə 145,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə