F. I. O. Imzo Sana Bet


Aglomeratsiya jarayonining amaliyoti



Yüklə 145,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix22.03.2024
ölçüsü145,74 Kb.
#181935
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Boyitish mahsulotlarini termik qayta ishlash jarayonlari.

 
5. Aglomeratsiya jarayonining amaliyoti.
Qo‘rg‘oshinli rudalarning muhim 
minerallari galenit (PbS), serussit (PbCO₃) va anglezit hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra 
qo‘rg‘oshinli rudalar shuningdek, biroz miqdorda sulfidlar karbonatlar, rux 
sulfatlari, mis va temir saqlaydi. Ruda flotatsiya usulida boyitiladi, va natijada 


F.I.O. 
Imzo
 
Sana

Bet. 
 
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta 
ishlashga tayyorlash. 1Es-22 Мet. Mustaqil ish. 2023. 
 ass. Jalolov B.A . 
в Б.А. 
Eshonqulov X. S 
Bajardi
 
 
Tekshirdi
 
75%gacha qo‘rg‘oshin, 4–7%gacha rux saqlaydigan boyitma olinadi. Boyitmaning 
puch tog‘ jinslari kvars, silikatlar, ohaktosh saqlaydi. Boyitma zarralari 95%gacha -
0,06 mm o‘lchamda bo‘ladi. Sulfidli boyitmalarning asosiy massasi oksidli sharoitda 
qo‘rg‘oshinni oltingugurtning asosiy qismini yo‘qotib oksidli shaklga o‘tkazish 
uchun kuydiriladi (обожог). Shu bilan bir qatorda boyitma bo‘laklanadi. Eslatib 
o‘tish kerakki, shaxtali pechlar ishi mayda boyitmalarda iqtisodiy samara bermaydi. 
Mayda mahsulotni bo‘laklash bu yerda qora metallurgiyadagiga o‘xshash muhim 
operatsiya hisoblanadi. Shunday qilib qo‘rg‘oshinli boyitmaning dastlabki 
algomeratsiyasi ikkita maqsadli bo‘ladi:
1) qo‘rg‘oshinni oksidli shaklga o‘tkazish bilan boyitmadan oltingugurtni 
yo‘qotish;
2) 
mayda mahsulotni algomeratning yirik bo‘laklariga aylantirish.
Algomeratsiyadan oldin sulfidli qo‘rg‘oshinli boyitma namlanadi va yondiruvchi 
qatlamning gaz o‘tkazish qobiliyatini yaxshilash uchun bo‘laklanadi 
(yumaloqlanadi).
Aglomeratsiya tasmali turdagi mashinalarda va chashkali (qozon) moslamalarda 
amalga oshiriladi. Yoqilg‘i sifatida sulfidli boyitmaningoltingugurti, koks maydasi 
ishlatiladi. Algomeratsiya jarayoni shixtani yondiruvchi gorn yordamida o‘t 
oldirishdan boshlanadi. 
Bunda sulfidlardagi oltingugurtlarning yopish zonasi hosil bo‘lib, u sekin 
panjaraga tomon harakatlanadi. Yonish zonasida harorat 800–1000°Cni tashkil 
etadi. Chiqayotgan gazlarning harorati 200°Cdan oshmaydi. 
Boyitmaning asosiy tashkil etuvchisi galenit (PbS) havoli muhitda 360°Cdayoq 
alangalanadi. 2PbS + 30₂ = 2PbO + 250₂ 500°Cdan past haroratda qo‘rg‘oshin sulfati 
hosil bo‘lishi mumkin. PbO + SO³ = PbSO₄. 
Biroq harorat 600°Cga ko‘tarilsa, oltingugurt angridridi SO₂ va O₂ ga 
dissotsiyalanadi, bu esa PbSO₄ hosil bo‘lishini qiyinlashtiradi. 950°C dan yuqori 
haroratda PbSO₄ va SO₃ ga dissotsiyalanadi. Shunday qilib qo‘rg‘oshin oksidi, 
sulfati va sulfidlari miqdori orasidagi nisbatan yondirish tarkibiga bog‘liq. 
Yetarlicha yuqori haroratda va gazlarni yondirish qatlamidan jadal so‘rib olishda 
mahsulotlardagi sulfatning miqdori uncha ko‘p emas. Qo‘rg‘oshin oksidi shixtadagi 
kremneziom bilan qattiq fazada 710oCda ta’sirlashadi. 



Yüklə 145,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə