Kirish "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi"



Yüklə 48,23 Kb.
səhifə1/6
tarix07.05.2023
ölçüsü48,23 Kb.
#108856
  1   2   3   4   5   6
Guruh rahbari sifatida biror oilaga tashrif buyurish va taasurotlarni bayon etish


Mavzu:Guruh rahbari sifatida biror oilaga tashrif buyurish va taasurotlarni bayon etish
Reja :

  1. Kirish

  2. "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi".

  3. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.

  4. Gurux raxbarining tarbiyaviy ishlarini rejalashtirish.

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


KIRISH
Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’rg‘risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o‘quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog‘onaga ko’tarishni taqzo etadi.
Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, birinchidan, yosh avlodga o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish;
-ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo‘lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya — milliy mafkuraga sadoqat ru hida tarbiyalash;
-uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon xamjamiyatida, xalqaro maydonda O‘zbekistonga munosib hurmat tug‘dirish uchun intilish ru hida tarbiyalash;
-to‘rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadokat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
beshinchidan, yosh avlodni ulug‘ ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda talaba-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir.
Davlatimiz rahbari ko‘rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya so hasidagi islohotlar:
-birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o‘zgartirishga;
-ikkinchidan, insonning hayotda o‘z o‘rnini topishini tezlashtirishga;
-uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin SHaxsni shakllantirishta;
-to‘rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to‘la ro‘yobga chiqarishga;




  1. Yüklə 48,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə