Amaliy Mashgʻulot 1-mavzu: Biznesni tashkiliy huquqiy shakllari va unda kapitalni shakllanishi



Yüklə 132,31 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü132,31 Kb.
#152494
01.Biznesda buxgalteriya hisobi amaliy mashg\'ulot




Amaliy Mashgʻulot 
1-mavzu: Biznesni tashkiliy huquqiy shakllari va unda kapitalni 
shakllanishi 
 
Mashgʻulotning maqsadi:
Tashkilot, xoʻjalik subyekti tushunchalari, 
biznesni tashkil etishning maqsadi, vazifalari, tadbirkorlik faoliyat 
yoʻnalishlari, tadbirkorlik faoliyatining afzallik va kamchiliklari toʻgʻrisida 
maʼlumot va koʻnikmalarga ega boʻlishi.
1-topshiriq.
Quyidagi jadvalga tadbirkorlik madaniyatining asosiy 
belgilarini aks ettiring 
№ 
Tadbirkorlik madaniyatining asosiy belgilari 
1. 
2. 
3. 
4. 
5. 
6. 
2-topshiriq.
Quyidagi jadvaldagi tadbirkorning korporativ madaniyatni 
boshqarish pogʻonalarini yozib toʻldiring 
№ 
Tadbirkorning korporativ madaniyatni boshqarish pogʻonalari 
1. 
2. 
3. 
4. 
5. 
6. 



Topshiriqni bajarish uchun maʼlumotlar. 
Tadbirkorga xos xususiyatlardan biri uning madaniyatidir. Tadbirkorlik 
madaniyatining asosiy belgilari sifatida quyidagilarni koʻrsatishimiz mumkin: 
1. 
Tadbirkorlik madaniyati 
— bu madaniyat omillarini hamma 
yoʻnalishlari boʻyicha zamonaviy tashkil qilish (moddiy va maʼnaviy). 
2. 
Bu madaniyatning ayrim elementlari rivojlanishi boʻyicha gʻoya, 
maqsad, vazifalarning bir-biriga mos kelishi. 
3. 
Tadbirkorning amaldagi qonunchilik doirasida faoliyat yuritishi. 
4. 
Tadbirkorning ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy, zamonaviy ilm-fan 
yutuqlariga tayanishi. 
5. 
Tadbirkor oʻz faoliyatida xodimlari va hamkorlarini eng qadrli 
kishilari sifatida qabul qilishi kerak. 
6. 
Tadbirkor har doim kelajakka ishonch va umid bilan qarab, 
qolganlarni ham oʻziga ishontira olishi lozim. 
Maqsadga erishish uchun tadbirkorga korporativ madaniyatning 
ahamiyati beqiyosdir. Tadbirkorlik faoliyatida oʻz biznesini boshqarish bu 
korporativ madaniyatni rivojlantirishdir. Tadbirkorning korporativ madaniyatni 
boshqarish pogʻonalari quyidagichadir: 
1. 
Madaniya
tning rivojlanish anʼanalari va holatini tahlil qilish. 
2. 
Oʻrganilayotgan davrda mavjud muammolarni aniqlash. 
3. 
Paydo boʻlgan muammolarning obyektiv va subyektiv omillarini 
aniqlash. 
4. 
Mavjud muammoning yechimini topadigan imkoniyatlar va 
yoʻllarini koʻrsatish. 
5. 
Chuqur oʻrganilgan va tahlil etilgan mulohazalardan foydalanish. 
Nazorat savollari: 
1.Tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni qanday? 
2.“Biznes” va “biznesmen” soʻzlarining iqtisodiy talqini nimadan iborat? 
3.Tadbirkorlarga xos xarakter qirralariga nimalar kiradi? 
4.Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qanday shart-sharoitlar talab 
etiladi? 
5.Tadbirkorlikning asosiy tamoyillari nimalardan iborat? 
6.Jamiyatni rivojlantirishda tadbirkorlik qanday rol oʻynaydi? 
7.Milliy farovonlikka erishishda korxonalar faoliyati natijasi qanday 
boʻlishi lozim? 
8.Oʻz-oʻzini band qilish deganda nimani tushunasiz? 
9.Oʻz-oʻzini band qilishning afzalliklari va cheklovlari nimalardan 
iborat? 

Yüklə 132,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə