Amaliy mashg’ulotlar uchun materiallar 1-Mavzu


Uyga vazifa “ Pp” tovushini o’rganib kelish.  Savol va topshiriqlar



Yüklə 450 Kb.
səhifə8/13
tarix12.06.2023
ölçüsü450 Kb.
#116859
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
12636 1 B114DFED9C85EAC84250A73ABC140826B780CF4E (4)

Uyga vazifa “ Pp” tovushini o’rganib kelish. 
Savol va topshiriqlar.
1.Yangi tovush harfni o’rganish yoki takrorlash darslari uchun dars ishlanma qanday tuziladi.
2. Darsda qanday metodik o`yinlar tashkil etish mumkin.
3. Dars ishlanmani qanday hujjatga asoslanib tuzamiz.


4-mavzu. Harf elementlarini yozish. Ilmoq elementli va halqali kichik harflar guruhi bilan tanishtirish
Mashg’ulot rejasi:
1. Tashkiliy qism.
2.Harf elementlarini o`rganish va turlarga ajratish.
3. Harf elementlarini husnixat daftariga grafik qoidalarga amal qilgan holda yozdirish. Shundan so’ng harf elementlarini xattaxtada yozishni mashq qildirish.
4. Talabalarning mavzuga oid bilimlarini savol-javob va topshiriqlar asosida mustahkamlash.
5. Talabalarning bilimi va fikrlarini BBB texnologiyasi orqali nazorat qilish va baholash.
6. Mashg`ulotni yakunlash.
O'quvchilarda yozuv ko’nikmalarini hosil qilishdan avval ularni sifatli yozuv qurollari bilan to'liq ta'minlash talab etiladi. Yozuvlarning chiroyli bo'lishi ko'p jihatdan yozuv quroliga bog'liqdir. Bolani maktabga kelgan kunidan boshlab yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanishga va uni ozoda saqlashga o'rgatish lozim.
O'quvchilarning yozuv qurollarini muntazam tekshirib borish har bir o'qituvchining muhim vazifasidir.
Dastur talabi bo'yicha 6 yoshli birinchi sinf o'quvchilari uchun «Yozuv daftar»lari tavsiya etilgan bo'lib, unda qiya chiziqlar orasidagi masofa 30 mm va qiya chchiziqlarsiz kichik xarflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa 4 mm ta teng bo'lgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Bunda daftarning qiya chiziqlari 65 gradusga teng bo'lishi lozim.
Ikkinchi sinfda o'quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab va III-IV sinflarda parallel chiziqlar orasidagi masofa 8 mm ga teng bir chiziqli daftar tavsiya etiladi va quyidagi talablar qo'yildi:

  1. Daftarga toza va aniq yozish;

  2. Daftarning muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, unda daftar qaysi fan uchun tutilganligi (ona tili, matematika), nechanchi sinf, maktabining nomi va nomeri, o'quvchining ismi va familiyasi ko'rsatib o'tilishi kerak;

  3. 1 sinfda (1 sinfning birinchi yarim yilligida) o'quvchilarning daftarlari muqovasiga o'qituvchi tomonidan yoziladi.

  4. Har bir daftarda hoshiya qoldirilishi kerak.











Yüklə 450 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə