Amaliyotning vazifasi
. Talabalarga turli qishloq xo’jalik hayvonlarining go’sht
mahsuldorligini, ularning sifatini oshirish omillarini, dastlabki ishlov berish va
ikkilamchi qayta ishlov berish jarayonlari orqali turli go’sht mahsulotlarini ishlab
chiqarishni; qishloq xo’jalik hayvonlari va parrandalarni birlamchi qayta ishlash
jarayonlari, ular go’shtidan turli tayyor va yarim tayyor go’sht mahsulotlari, bankali
go’sht mahsulotlari, turli kalbasa va qazilarni tayyorlash jarayonlarini; go’sht
mahsulotlarini saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlarini o’rganishi
uchun, amaliyot raxbari talabalarga ko’nikma hosil qilishi kerak.
- so’yishga mo’ljallangan qishloq xo’jalik hayvonlarini tashish va so’yish
jarayonini bilish;
- go’sht va go’sht mahsulotlarining ozuqaviy, biologik va energetik qiymatini.
Go’sht va go’sht mahsulotlarini sifatini xarakterlaydigan ko’rsatkichlar va unga
ta’sir qiluvchi omillar. Go’sht va go’sht mahsulotlarini andozalashtirish
(standartlash) nimtalarni baholash va tamg’alash, ularning andozalari. Terini qayta
ishlash va konservasiyalash jarayonini o’rganish;
- terini sifatini aniqlash jarayoni va andozalari. Go’shtni konservatsiyalashni
mohiyati va usullarini tahlil qilish;
- go’shtni sovuq va yuqori haroratda konservatsiyalash. Yarim tayyor va tayyor
go’sht mahsulotlari ishlab chiqarish. Turli kolbasalarni kimyoviy tarkibi va
ozuqaviy qiymati. Kalbasa mahsulotlarini sifatini oshirish omillari. Turli kolbasalar
ishlb chiqarish jarayonlarini o’rganish;
- kolbasa mahsulotni sifatini oshirish yo’llari. Xom-ashyo go’sht va qiymaga
qo’shiladigan turli ziravorlarni mohiyati. Kolbasa mahsulotlarining sifatiga
qo’yiladigan talablarni o’rganish.
- xo’jalikdagi parranda tuxumining tovarlik xususiyatini o’rganish;
- asalning mol tovar xususiyati. Asalning sifatiga davlat andozalari. Asalning
qo’shimcha mahsulotlarini bilish;
- pishloq, brinza, shubat, qimiz, kefir tayyorlash texnologiyasini o’rganish.
Dostları ilə paylaş: |