Amaliyot ishi №1



Yüklə 274,04 Kb.
səhifə1/8
tarix29.11.2023
ölçüsü274,04 Kb.
#143434
  1   2   3   4   5   6   7   8
1- amaliy (2)

Amaliyot ishi №1




Mavzu: Gorizontal va qiya lahimlarning ko‘ndalang kesimi shaklini tanlash va o‘lchamlarini aniqlash
Mashg‘ulot maqsadi: Gorizontal va qiya lahimlarning ko‘ndalang kesimi o‘lchamlarini va shaklini aniqlash va tanishtirish.
Kon lahimining ko‘ndalang kesimi shakli asosan tutashuvchi jinslarning fizik-mexanik xususiyatlariga, tog‘ bosimining ko‘rinishi va kattaligiga, lahimning vazifasi va xizmat muddatiga, materialga va mustahkamlash inshooti turiga, shuningdek, uning tejamkorligiga qarab tanlanadi.
Maydondan foydalanish nuqtai nazaridan to‘g‘ri to‘rtburchak shakl tejamkorroq, qolganlari esa ishonchli mustahkamlikni ta’minlasa ham, kesim maydoni ortishiga olib keladi. Masalan, dumaloq shakldagi lahimlarda kesim ortiqlari 30% ga etadi.
Mustahkamlagichning shaklini va turini tanlash bo‘yicha qarorlar Xavfsizlik qoidalariga, shuningdek ko‘ndalang kesim shaklini va maydonini loyihalashtirish bo‘yicha qurilish me’yorlari va qoidalariga (QMvaQ), material va mustahkamlagich turini tanlashga, ishlarni olib borish va qabul qilish qoidalariga javob berishi kerak.
Ishlab chiqarish amaliyotida lahimlarning ark shaklidagi, gumbaz shaklidagi va trapetsiya shaklidagilari kengroq tarqalgan. Dumaloqlari, taqasimonlari, poligonal va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagilari kamroq qo‘llaniladi.
Ko‘mir sanoatida metall romli mustahkamlagich bilan ark shaklida o‘rnatilgan tog‘ bosimi hududida, shuningdek, tuproqda bo‘rtgan jinslar bo‘lmasa tozalash ishlari ta’siri hududida joylashgan f =3 9 bo‘lgan jinslarda qazish ishlari olib borishda qo‘llaniladi.
Kon-ruda sanoatida ark va gumbaz shakllari lahimlarni sachratma beton, ankerlar va metall romli krep bilan mustahkamlashda qo‘llaniladi. Qattiq jinslarda f 10 ark shaklidagi kon qazish ishlari mustahkamlagich o‘rnatmasdan olib boriladi.
Monolit beton (temirbeton) mustahkamlagich bilan gumbaz shakli stvol atrof qo‘rasini qazishda, shuningdek bo‘sh (kuchsiz) etarlicha qattiq bo‘lmagan jinslarni qazishda qo‘llaniladi. Tuproqda jinslarni bo‘rtishida teskari gumbazli gumbaz shakli ishlatiladi.
Tyubing yig‘ma va blokli mustahkamlagich bilan kesimning taqasimon shakli yuqori tog‘ bosimli (0,3-0,5 MPa) ko‘lamli kapital qazish ishlari o‘tkazilganda o‘z qo‘lamini topgan. Bu shakl Kuznetskiy, Karagandinskiy va Pechorskiy havzalarida konlar qurishda, shuningdek Donetskiy havzasida katta chuqurliklarda qazish ishlari olib borishda tarqalgan.
Romli yog‘och krepli trapetsiya shakli xizmat muddati kam bo‘lgan lahimlarda tarqalgan. Bu shaklning afzalligi – boshqa shakllarga nisbatan ko‘ndalang kesimdan to‘laroq foydalanadi.
Stvol atrof qo‘rasi kameralarini va ankerli krep ko‘lamli qazish ishlari o‘tkazishda to‘g‘ri to‘rtburchak shakl qo‘llaniladi.
Lahimning ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari (kengligi, balandligi, diametri, maydoni) uning vazifasiga, jihozning asosiy o‘lchamlariga, odamlarning harakatlanish usuliga, lahimdan o‘tadigan havo miqdoriga, ko‘ndalang kesimning o‘rnatilgan shakliga bog‘liq va grafoanalitik usulda aniqlanadi.
Lahimning minimal balandligi relslar kallagi (golovkasi) darajasidan krepning ichki yuzasigacha o‘lchanadi va Xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bosh tashigich va shamollatish lahimlarida 1,9 m ga teng bo‘lishi kerak, uchastkali tayyorlash lahimlarida – 1,8 m. Lahimning minimal kengligi unda joylashgan jihozning yoki harakatdagi safining asosiy o‘lchamlaridan iborat bo‘ladi, va Xavfsizlik qoidalarida (XQ) ko‘rsatilgan odamlar uchun yo‘l va oraliqlarni hisobga olish kerak.
Keyin grafik usul bilan lahimning minimal kengligi yorug‘likda aniqlanadi, undan keyin esa analitik usulda uning barcha boshqa o‘lchamlari va ko‘ndalang kesimi maydoni.
Grafik usulning mohiyati quyidagilarda. Qog‘ozga ma’lum bir masshtabda harakatdagi safning yoki konveyerning yuqori cheti darajasida lahimda joylashgan jihozning maksimal asosiy o‘lchamlari, alohida mexanizmlar orasidagi, jihoz bilan lahimning doimiy krepi orasidagi minimal oraliqlar va masofalar tushiriladi.
Keyin masshtab bo‘yicha harakatdagi safning yoki konveyer qurilmaning yuqori cheti darajasida lahimning yorug‘likdagi kengligi aniqlanadi. Keyin analitik usulda qolgan barcha o‘lchamlar aniqlanadi.
Lahimning yorug‘likdagi ko‘ndalang kesimini loyihalashtirishda, lahim turiga, uni saqlash sharoitiga va qatlam quvvatiga t bog‘liq bo‘lish ehtimoli bor jinslar cho‘kishiga zahirani hisobga olish kerak. Masalan, cho‘kishga zapas kattaligi tashigich shtreklarida va tozalash ishlari ta’siri xududida bo‘lgan boshqa lahimlarda balandligi bo‘yicha (0,5-0,6) t ga teng olinadi, keng zaboy bilan o‘tkaziladigan lahimlarda – (0,4-0,5) t. Namunaviy kesimlarda krepning tik egiluvchanligi 300 mm va gorizontali lahim ostidan 1,8 m darajada – 230-290 mm ko‘zda tutilgan. Egiluvchan krep bilan mahkamlangan lahimlarda cho‘kishga zahirani to‘g‘ri belgilash juda muhim, bu uning butun xizmat muddati davomida ta’mirsiz ishlashini ta’minlaydi. Romli krep bilan trapetsiya shaklidagi (1-rasm) lahimlarning o‘lchamlarini aniqlash uchun quyidagi belgilar va hisoblash formulalar ishlatiladi.
Elektrovoz balandligi (vagonetka relslar kallagi (golovkasi)dan) h (jihoz tavsifnomasidan olinadi).
Ballast qatlamdan relslar kallagigacha balandlik .
Ballast qatlam balandligi .
Tuproqdan relslar kallagigacha balandlik
Relslar kallagidan kutarmakacha lahim balandligi (XQ bo‘yicha olinadi).
SHu narsa cho‘kishgacha (yog‘och krepda) .
Ballastdan kutarmakacha lahim balandligi .
SHu narsa cho‘kishgacha (yog‘och krepda) .
Tuproqdan kutarmakacha lahim balandligi .
SHu narsa cho‘kishgacha (yog‘och krepda) .
Kovlab borishda lahimning loyihaviy balandligi (xomaki balandligi) .
SHu narsa sidirg‘a krepda cho‘zmasdan .
Aloqa simi ilgagi balandligi relslar kallagidan ,mm = 1800; 2000; 2200.
Elektrovoz kengligi A (tavsifnomadan olinadi).
Krep ustunlari og‘ish burchagi = 80 .
Kon kovlash o‘lchami 1800 mm balandlikda ballast qatlam darajasidan mm.
Kon kovlash o‘lchami harakatdagi saf darajasida .
Jihoz va krep orasidagi oraliq o‘lchami harakatdagi saf darajasida t (XQ bo‘yicha olinadi).
YOrug‘likda bir izli lahim kengligi harakatdagi saf darajasida .
SHu narsa ikki izli lahimda .
Sostavlar orasidagi oraliq mm.
YOrug‘likda lahim kengligi tom bo‘yicha .
YOrug‘likda lahim kengligi ballast qatlam bo‘yicha
Xomaki lahim kengligi tom bo‘yicha .
SHu narsa romlar bilan yoppasiga mahkamlanganida .
Xomaki lahim kengligi osti bo‘yicha .
1-rasm.

Yüklə 274,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə