Amir Temur Hindistonga yurishni 1398 yilning martida boshladi



Yüklə 43,83 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü43,83 Kb.
#155438
Amir Temur Hindistonga yurishni 1398 yilning martida boshladi. 3.1


Amir Temur Hindistonga yurishni 1398 yilning martida boshladi
Amir Temurning boyliklari afsonaga aylangan Hindiston sari hamda, boshqa davlatlarga qilgan yurishlarida razvedka masalasiga alohida ahamiyat beradi. Amir Temurning maxfiy xizmati haqida eng xolis ma’lumotlarni sohibqironning zamondoshi Ibn Arabshoh yozib qoldirgan. U bergan ma’lumotlarda Amir Temur maxfiy xizmati shaxsiy tarkibi xususida bebaho ma’lumotlar mavjud. Temur -deb yozadi Ibn Arabshoh, yerlarining barcha tomonlariga o’z ayg’oqchilarini tarqatib, qolgan mulklariga esa josuslar qo’ygan edi. Bu razvetkachilarning biri savdogar, biri polvon, biri dorboz, munajjim va o’z tabiatigacha ish qiladigan, gapchinoz qalandarlaru darveshlar, dengizchi mallohlaru quruqlikdagi sayyohlar edi.Ular ilm talabida mag’rib-u mashriqni kezgan,payiga tushgan maqsad yo’lida makr-u xiyla makonida kamolga yetgan, o’zining nozik firibi va dahosi bilan, suv bilan olov, to’g’rilik bilan egrilik orasida unib o’sgan makr-u xiylada Soson va Abu Ziyoddan ham o’tib ketgan, o’z hikmati bahsida Ibn Sinoni ham mulzam qilgan, ikki muxolifni bir-biriga biriktirib,ikki dushmanni birbiriga qo’shgan uddaburon kishilar edi.”Temur Tuzuklari”da Sohibqiron o’zining o’gitlaridan birida ichki razvetkaga doir misol keltiradi:”Podshoh majlis ahlidan ogoh bo’lsinkim,ular ko’pincha ayb axtarib uni tashqariga tashiydilar. Podshohning so’zidan, ishidan vazirlarga,amirlarga xabar berib turadilar. Masalan,shunga o’xshash bir voqea mening o’zim bilan roy bergandi, o’zimning xos majlisimdagi bir qancha suhbatdoshlarim vazirlar va amirlarimning josuslari ekan”.
Amir Temur urushning aytgani-aytgan, degani-degan qattol bir zamonda yashadi, qilich-u nayzaga suyangan bu zamonning hech kimga bo’ysunmaydigan qonunlari bor edi. Ularga rioya qilmaslik yoki chetlab o’tishlik mumkin emas edi. Shuni ta’kidlash joizki,Sohibqiron xudo izmidan chiqmaydigan bandalardan edi,hech qachon birinchilardan bo’lib urush boshlamasdi. Uning yurishlari barchasi zaruratdan kelib chiqardi.Eng avvalo,u urushning oldini olish chorasini izlardi. Ayrim hollarda qaysidir mamlakatda zulm ortib izdan chiqib ketgan bolsa,u joyning ulug’lari Sohibqiron Amir Temurga ko’mak so’rab murojaat qilishardi. Masalan, Eron, Iroq va boshqa mamlakatlar.Amir Temur o’z “ Tuzuklari”da davlat ishlarining to’qqiz ulushini kengashga ajratgani,bir ulushini qilichga qoldirganini yozadi. U umr boyi bunga rioya qilgan.Muxolif mamlakatlarga takror-takror elchilar yuborar, shu jumladan Hindistonga ham, quda-andachilikni yo’lga qo’yishga tirishar,qarindoshchilikni rivojlantirish yo’llarini izlardi.Buning yorqin misoli Xorazmning go’zal malikasi Xonzoda xonimning Turon saltanati valiahdi amrzoda Jahongir Mirzoga uzatilishi edi.2 Dastavval,farzandslarim amirlarimning ko’ngli,o’y-fikrlarini bilish uchun ularga maslahat soldim.Amirzoda Pirmuhammad Jahongir:” Agar Hindistonni olsak,uning oltinlari bilan butun yer yuzini egallaymiz.”-dedi. Amirzoda Muhammad Sulton esa:”Hindistonni olamiz-u, biroq bunga to’siqlar bor: daryolar, o’rmonlar, to’qaylar, sipohiylar, odamga ov qiladigan quturgan fillar va boshqa yana birqancha to’siqlar”-dedi. Amirlarim esa “Boringki Hindistonni oldik ham deylik. Biroq u yerda turg’un bo’lib qolsak,naslimiz yo’qoladi, avlodlarimiz o’z aslidan ajrab,tillari hindcha bo’lib ketadi”-deyishdi. Men bo’lsam, Hindistonga yurish uchun himmat kamarini belga bog’laganimdan o’z azm-u jazmimdan voz kechishni istamadim va shunday javob qildim:” Tangri taologa o’tinch bilan murojaat qilaylik,toki tangri taolo neni buyursa shunga amal qilamiz. Bu haqda Qur’ondan ko’raylik.” Hammalari mening taklifimni maqullashdi.
Amir Temurning hind sari yurishidagi va umuman uning barcha qo’shinlari haqida L.Keren “Amir Temur qo’shinining har bir favjining alohida rangli o’z tug’i bo’lib,bu favj askarlari-yu otlari ham aynan shu rangdagi sovut,zirx,qalqon,yoping’ich,o’qdon va nayzalar bilan taminlangan edi.Shu alfozda oq,yashil,binafsharang yoxud qizil rangli favjlar mavjud edi”-deb yozadi. Olim X.Dadaboyev fikrlari ham bunga hamohangdir:”Sohibqiron armiyasida muntazam qo’shinga xos bo’lgan ko’pgina belgilar mavjud edi.Qo’shin son jihatdan aniq va puhta tashkil etilgan edi.
Qo’shin o’z zamonasining ilg’or qurolyarog’i,texnikasi bilan qurollangan,har bir qism bo’linma aynan bir turdagi qurolyarog’,aslaha-anjom bilan taminlangan,bo’linmalar,qismlar bir-biridan kiyimi,ko’targan bayrog’i,hatto minga otining tusi bilan ham farqlangan.4 Xilda Xukxemning yozishicha, Panjob vodiysi Temur uchun Chig‘atoy xonligining qonuniy hududi hisoblangan. Bundan tashqari, Sulton Muhammad Tug‘luq vafotidan keyin Dehli sultonligi zaiflashib bordi va atrofdagi kichik knyazliklar mustaqillik e’lon qildi. Uning vorisi Feruz Shoh zamonida ham bu narsa davom etdi. Sultonlik kichrayib, Dehli bilan cheklanib qoldi.Amir Temur Hindiqushgacha bo‘lgan yerlarni o‘ziga bo‘ysundirgan paytda, qochib ketgan mahalliy amirlar Dehlidan boshpana topgan edi. Tarixchilarning fikricha, Temur Hindistonni doimiy boshqarish niaytida emas, balki boylik, o‘lja ilinjida egallashni istardi. 1392-yilda bir paytlar Sulton Mahmud G‘aznaviy mulki hisoblangan yerlarni boshqarishni nevarasi Pirmuhammad ibn Jahongirga topshirgan Temur, 1397-yilda unga Hindistonga yurib, dushman hind knyazliklariga hujum qilishni buyurdi. Shu tariqa Mo‘lton Pirmuhammad tomonidan egallandi.Shu yil qishni Movarounnahr shimolida o‘tkazgan Temur 1398-yilning ilk oylarida Samarqandga qaytdi va qo‘shinni to‘pladi. Qurultoy chaqirilib, unda Hindiston yurishi haqida e’lon qilindi. Qurultoyda Temurxon quyidagicha nutq qildi:
“Feruzshohning nabirasi Dehli taxtiga o‘tirdi. Ammo bu yosh sultonning hukmi o‘z qo‘l ostidagilarga o‘tmaydi. Hatto ular unga qarshi dushmanlik qilmoqda. Shundaylardan biri Sarangxon Mo‘ltonni Sayyid Xizr xondan tortib oldi, ammo o‘zi hozir Pirmuhammadning hujumiga duchor bo‘ldi. Dehlida Sarangning birodari Malluxon raqiblarini mag‘lub etib, shaharni egalladi va sulton nomidan hukmronlik qilmoqda. Bu tartibsizliklar bizning g‘alabaga chanqoq qo‘shinimizni Hindga olib borishga majbur qilmoqda.Bundan tashqari, haq dinga Hindning ko‘p joyida amal qilinayotgan bo‘lsa-da, saltanatning katta qismida mushriklar istiqomat qilmoqda. Dehli sultonlari haq dinni himoya qilishdan ojizlik qilmoqda. Musulmon hukmdorlar faqat jizya olish bilan cheklanmoqdalar…” Shunday qilib, Temurning 90 ming kishilik qo‘shini mart oyida Hindistonga qarab yurishni boshladi. Qo‘shinning eng yaxshi qismi chig‘atoylardan tashkil topgan edi. Bo‘linmalar qo‘mondonlari esa uning yoshlikdagi do‘stlari edi. Samarqandga Amir Temur Mironshohning o‘g‘li Umarshayxni qoldirib ketdi.
Qo‘shin Termiz yaqinida Amudaryoni kesib o‘tdi va Andarobda to‘xtadi. Qo‘shinning asosiy qismi va yuklar shu yerda qoldirildi va uning o‘zi maxsus guruh bilan Kofiristonga qarab yurdi. Siyohpo‘shlar deb ataladigan xalq bu paytda musulmon emas edi va Temur ularni mag‘lub etib, asosiy qo‘shin uchun Hindistonga boradigan yo‘lni ochib qo‘ydi. O‘zi ham qo‘shinning asosiy qismiga kelib qo‘shildi. Shunday qilib, 1399-yilning mart oyiga qadar Hindistonning butun shimoliy qismi Temur tomonidan egallandi. Mart oyida u barcha amirlari va qo‘mondonlarini yig‘ib, ularni o‘zlarining viloyatlariga jo‘natib yubordi. Hind mulkini esa Hizr Xon Sayyidga topshirib, o‘zi Samarqandga qarab yo‘l oldi. Hizr Xon esa o‘zini Amir Temurni vassal deb e’tirof etib, uning nomini xutbaga qo‘shib o‘qittirdi va uning nomidan tangalar zarb ettirdi. Qochib ketgan Malluxon va Sulton Mahmudlar qaytib kelib, hokimiyat uchun kurashga qo‘shildi. Ammo Hizr Xon sayyid ularni mag‘lub etib, Dehlida sayyidlar sulolasiga asos soldi.Samarqandga qaytgan Temur g‘alabasi sharafiga shaharda ulkan masjid qurdirishga buyruq berdi. Bu masjid xalq orasida Bibixonim masjidi deb nomlanadi. Masjid 1399–1405-yillarda qurildi.
Hind safaridan betob bo‘lib qaytgan Temur sog‘ligini tiklagach, Hindistonga chopar yubordi va fillar jo‘natishni so‘radi. Ushbu fillar unga Suriya, Kichik Osiyo yerlaridagi zafarli yurishlarda katta yordam berdi.5 Tarixdagi ulug’ zotlar Bahri Ummonda kezib yurgan bahaybat kemalarga o’xshaydi.Bir qaraganingizda bu kema ko’zingizga yaxlit taslangani bilan uning ichida va kayutalarida qanchadan qancha tilsimli hodisalar ro’y beradi.Va bu kemaning izidan mavjlangan iz qoladi.Bu iz hatto fazodan boqqanda ham ko’zga yaqqol tashlanishi mumkin.Biz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur hazratlarini dunyoda neki eng kuchli,eng jozibali,eng mahobatli bo’lsa,o’shanga qiyoslashimiz mumkin.Bu ulug’ zotning hayoti va faoliyati jo’nroq aytganda, tarjimai holi bizga malum bolsada, biz eslatgan cho’qqi yoxud ulkan kema yanglig’,bu muhtasham siymoning nomi bilan bog’liq biz bilmagan, eshitmagan voqelar, rivoyatlar,hodisalar yer yuzi bo’ylab kezib yuripti.
Tarixiy haqiqatni tiklash jarayonida zamonaviy yondashuvni talab qiladigan dolzarb muammolar mavjud bo‘lib, ular qatoriga, davlatchiligimiz tarixida chuqur iz qoldirgan tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa chet el manbalarga asoslangan holda ilmiy tadqiqotlarni olib borish jahon standartlariga mos hisoblanadi.
Mazkur ilmiy maqolada tarixiylik, tanqidiy, qiyosiy-mantiqiy tahlil, xolislik tamoyillari kabi tarixiy metodlardan foydalangan holda, Sohibqiron Amir Temurning ko‘p qirrali shaxsiyatini ochib berishda muxim sanalga man‘balar asosida so‘z yuritiladi. Ziyodulla Muqimov “Amir Temur tuzuklari” Samarqand 2008-yil. Abdulaxad Muhammadjonov, “Temur va Temuriylar saltanati” Toshkent, 1994-yil. Forschadan Alixon Sog‘uniy va Habibulla Karomatov “Temur tuzuklari” Toshkent 1991-yil. Hamdam Sodiqov, “Amir Temur hayoti g‘aroyibotlari”, Toshkent 2007-yil. Marsel Brion, “Menkim Sohibqiron Jahongir Temur” Toshkent 2016-yil. Nizomuddin Shomiy, Zafarnama, tarjimon Nejati Lugal, Turk tarix jamiyati nashyoti, Anqara 1987-yil. Hamidulla Dadaboyev Amir Temurning harbiy mahorati Toshkent 1996. “Temur tuzuklari”, forschadan Alixon Sog’uniy va Habibullo Karomatov tarjimasi Toshkent 1991. Ibn Arabshoh, “Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari)”, Toshkent 1992. Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, Toshkent 1997. Mixail Ivanin “Ikki buyuk sarkarda” Toshkent 1994. Bu asarlar Amir Temur va Temuriylar davlati tarixini o‘rganishda muxim man‘ba va adabiyotlar bo‘lib xisoblanadi.
Maʼlumki, 1392 yilda Sind daryosigacha boʻlgan Sohibqiron Amir Temur davlati hududiga tobey qilinib bu yerlar Amirzoda Jahangir oʻgʻli Pir Muhammadga berilgan va shahzoda boshqaruvni taʼminlash uchun bu hududga yuborilgan. Besh yillik yurishdan qaytgan Sohibqiron Amir Temur Xo`tan va Xitoy hududiga harbiy yurushga tayyorlayotgan edi. Hatto nabirasi Muhammad Sultonni ham chegaraga jo‘natib, tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi. Biroq Sohibqiron Amir Temur birdan fikridan qaytdi va Hindistonga yurishga qaror qildi. Sohibqiron Amir Temurning Hindistonga yurishigacha Tugʻluqlar sulolasining Dehli sultonligi soʻnggi oʻn yil ichida siyosiy inqirozlar sabab taxti egaligi yetti marta oʻzgargan.
Balki shuning uchun ham Amir Temur o‘zining avvaldan rejalashtirgan Xitoyga harbiy yurish yo‘nalishini o‘zgartirib, Hindistonning ichki notinchliklaridan foydalanmoqchi bo‘lgandir. Bundan tashqari, yana bir ehtimol, u Hindistondan oladigan o'ljalar bilan amalga oshirishni rejalashtirgan harbiy yurishlari uchun moliyaviy manbalarni ta'minlashni o'ylagan bo'lishi mumkin edi.
Nihoyat AmirTemur 1398 yil mart oyida kofirlar bilan jihod qilishini e’lon qilib, harbiy safarga chiqdi. Old qo`shin qo`mondoni sifatida yuborgan nabirasi Pir Muhammad may oyida Multanga kirdi. U oktyabr oyida Hind daryosini kesib o'tdi. Yo‘lida Kobul viloyatini qo‘lga kiritgach, Panjob va Sind daryolaridan o‘tib, Hindistonning mashhur Batnir qal’asini atroflarini zabt etadi. Amir Temur Ajvadan hududini egallab, uni oʻz idorasiga olgach, Xalis Kuteli qalʼasini ham egallab, Batnir qalʼasiga tomon yurdi. Taxminan ikki kunlik yo‘ldan so‘ng ikki mingga yaqin otliq qo‘shini bilan Batnir qal’asiga yetib keldi. Bu qalʼa geosiyosiy jihatdan Hindistondagi eng muhim va qudratli qalʼalardan biri edi. Amir Temur qo`shinini o`z zamonasi uchun mukammal bir holatda tuzgan bo`lib qo'shinning o'ng qanotida amir Sulaymonshoh, Shayx Nuriddin, Ollohdod, so`l qanotda esa Xalil Sulton Bahodir, Shayx Muhammad, Igu Temur va boshqa amirlar boshqaruvida edi.
Avval ular Bend shahrini egallab olishdi ammo ichki qal`ani o`sha kuni zapt eta olmadi. Qal’a mudofa qo‘shinlarining qarshilik ko‘rsatishi bilan Amir Temur o`z qo`shiniga o‘z tomondan yerga chuqur handaq qazishni buyurdi. Temurning harbiy qudrati va aql-zakovatiga endi qarshilik ko‘rsata olmasligini anglagan Batnir qal’asi rojasi Dulchin o‘g‘li bilan birga taslim bo‘lib, Amir Temurga sovg‘a salomlar, jumladan, qimmatbaho otlar jo‘natadi. Bu Amir Temurning Batnir qal’asini zabt etganidan dalolat edi. Amir Temur hukmronligini qabul qilishni istamagan xalqning bir qismi va ularning boshidagi qoʻzgʻolonchi askarlar oʻz rojasining taslim boʻlishini qabul qilmay, qarshilik koʻrsatsalar ham, Amir Temur buyrugʻi bilan oʻrnatilgan manjaniqlar qalʼa devorlarini teshik ochib ichkariga kirdilar raqiblar esa taslim bo'lishga majbur bo'ldi. Har ikki tomondan juda ko'p askarlar va tinch aholi halok bo'ldi. Oxir-oqibat Temur qo‘shini g‘alaba qozonib, so‘nggi manzilga yaniy Dehliga yo‘l oladi. Avvaliga oʻz yoʻlida Kanatayi Havzi Abga yetib kelgan Amir Temur va qoʻshini, soʻngra Firuzayi Bandagan, Fatxobod, Rajappur, Ahruniy va Asandiy qalʼalarini egallab, asta-sekin Dehliga yaqinlashdi.
Dehlidan 7 chaqirim shimoli-g'arbda joylashgan Loni qal'asini egallab, uni o'zlarining qarorgohiga aylantirdilar (1398 yil 10 dekabr). 1398-yil avgust oyida Hindiston yurishi chogʻida uning qoʻshini Andiravga kelganida, butparastlar va sehir qiluvchilarning zulmidan va taʼqibidan shikoyat qilgan odamlar Amir Temur huzuriga kelib: “Biz musulmonmiz, bu yerdagi kofirlar, bizdan oʻlpon va soliq olishadi bermasak, erkaklarimizni o‘ldiradilar, ayollarimiz va bolalarimizni asirga oladilar6 ”. Shundan so‘ng musilmonlarning imdodiga ijobat qilgan Sohibqiron Amir Temur harakatga tushdi va butparast hindular panoh topgan qal’ani uch kun davomida qamal qildilar.
Nizomiddin Shomiyning quyidagi jumlalarida Temurning 1398-yilda Hindistonga qilgan yurishi zamirida jihod haqidagi fikr yotadi: “ Amir Temurga Hindistonning Dehli, Kanbayt va boshqa baʼzi hududlarida islom tarqalib, tangalarga tavhid kalimalari yozilgan boʻlsa-da, bu hududlarda haligacha musulmon boʻlmaganlar yashab kelayotgani haqida xabar keldi. Mintaqada hukmronlik qilayotgan musulmon rahbarlar faqat bu g‘ayri musulmonlardan soliq yig‘ish bilan kifoyalanib, ularni islomga davat qilmasligi aqli va mantig`iga sig‘masdi. Shu boisdan bu mamlakatlarni kofirlardan tozalashga qaror qilib, Hindistonga yurish qildi”.
Amir Temur Hindistonga yurishi chog‘ida Suvalek yon bag‘irlarida ko‘p musulmon bo‘lmaganlar to‘planganidan xabar topgach, qo‘shinga zudlik bilan u yerga borishni buyuradi. Hatto Mirzo Halil Sulton, Shayx Nuriddin, Sulaymonshoh kabi ba’zi amirlar: “Ular(kofir)ni, biz o`zimiz jazolaymiz, siz oliy hazrat qarorgohda qolib, dam olganingiz ma’qul”, deganlarida ham Amir Temur shaxsan o‘z askarlari bilan janga kirishadi. Butparastlar va majusiylarni qattiq jazolantirdi8 . Amir Temur 1398-yil 17 dekabrda Sulton Mahmudshoh va uning vaziri boshchiligidagi dushman qoʻshini bilan Panipat va Dehli oʻrtasidagi Jamna qirgʻogʻida urushga kiradi. Hindlarning jangovar fillariga Amir Temurning otliq qo`shinlari aytish mumkin bo`lsa o`z zamoninig tanklariga qarshi o`rtada tengsiz bir jangga kirdi. Ammo Amir Temur qo‘shinni shunday tartibga solib qo‘ydilarki, bunchalik ulkan va tartibli qo‘shinni dunyoning ko‘zi ko‘rib qulog‘i eshitmagan edi.
Qarshi tomonda Malikzoda Sulton Mahmut, Malluxon va hind qoʻshini qo`mondonlari, oʻn ming otliq, yigirma ming piyoda, bir yuz yigirma jangchi fil bilan turardi. Hindlar to`fonli dengiz va qora bulut kabi tish tirnog`igacha qurollar bilan paydo bo'ldilar, bezatilgan fillarga taxt o'rnatgan, momaqaldiroq va olov sochayotgan singari ko`rinar edi. Filning ustida bir nechta o'q otuvchi jangchilar o'tqazilgan edi. Amir Temur qo‘shini ko‘p jang chizig‘ini yorib o‘tib, ko‘p xavf-xatarlardan omon o‘tib, ko‘p janglarni boshdan kechirgan bo‘lsa-da, bu safar tog‘dek fillarni ko‘rib, aqllari larzaga keldi. Otlar fillardan juda hayiqardi. Bu orada Amir Temur saroy ayonlaridan Nasriddin O‘marga joy nomozini hozirlashini buyurdi. Otdan tushib, ming tazarru va duolar ila ikki rakat namoz o‘qib, tangridan fath va g‘alaba so`radi. Amir namozni tugatib, salom berib, duo qildi. Ikkala qo'shin ham tog'dek bir birlariga qarshi, bu harakatdan yer ularning og'irligiga ko`tara olmas bo`ldi. Maydon muhorabasining harorati yuksa edi. Bir tomondan na filning tishidan, na yo‘lbarsning panjasidan, na timsohning og‘zidan qo‘rqqan jangchilar qilich va nayzalari bilan filni va uning ustidagi jangchilarga hujim qilardi. Ammo Amir Temurning qo`shini fillarning hujumiga qarshi muvaffaqqiyat qozana olmayotgan edi.
Qoʻshini magʻlub boʻlish arafasida turgan bir vaziyatda Amir Temur tezda oʻz dahosini koʻrsatib tuyakashlarni tuyyalari bilan bir saf tutishini buyurdi, tuyalar orasini uzun temir zanjirlar bilan tuyalar bir biri bilan tutashtirildi. Zanjirlarga o`tkir sixli to`g`nog`ichlar taqildi va tuyalar ustiga yonishi mumkin bo`lgan narsalar qo`yildi. Har tuyakashning qo`liga esa bittadan mash`ala beridi. Ularnig ortidan kamonchilar va nayzali suvoriy qoshinini saf torttirdi. Mash`ala tutgan tuyakashlarga tuyalar ustidagi yonadigan narsalarni yondirib to`g`ri fillar tomon harakatlanishini buyurdi. Tuyalar ustida yo`ng`in bilab bir olov chambaragi kabi fillar tomon jon holatda yura boshladi bu esa fillarni qo`rqitib ortga yurishiga va hind qo`shiniga katta talafat berib saflarini tamoman buzib yubordi. Shunda Amir Temur kamonchilarga o`q otishni buyurdi ortidan nayzali suvoriylarga ishora qildi. Bu dahosi bilan Sohibqiron Amir Temur jang taqdirini ikki soat ichida o`z foydasiga halqildi. Nihoyat, Sulton Mahmud va Malluxon oz sonli askarlari bilan jang maydonini tashlab qochib ketishdi. Amir Temur Dehlida o‘n besh kun bo‘ldi. U Hindiston sultonlari taxtiga o‘tirdi. Ketishdan oldin u Multan va Panjobni boshqarishni Seyid Hizixon ismli musulmon hindga topshirdi uo‘n uch yil Dehli sultoni bo‘lib xizmat qildi. 1398-yil dekabrda Temur Shimoliy Hindistonni butunlay egallab olishga muvaffaq bo`ldi. Buddistlar va hindular yashagan joylar vayron qilindi, u koʻplab fillar va oʻljalar,mohir usta va ilm ahli bilan1399-yil 29-aprelda oʻz mamlakatining poytaxti Samarqandga qaytib keladi.
Amir Temurning vafotidan so`ng Hindistonda uzoq vaqt markaziy hokimiyat qurilmadi va yana viloyatlar parchalangan holda boshqaruvni davom ettirdi. Manbalarda aytilishicha, Sohibqiron Amir Temur o‘limi vaqtida musulmonga yarashir va munosib tarzda vafot etgani aytiladi. O‘lim arafasida chodiridan tashqarida quron tilovat qilayotgan Mavlono Haybatullohni ichkariga chaqirib, to'shagida Qur'on o'qib, kalimai tavhid takror qilishni so'radi. O'zi ham Mavlono Haybatullohdan keyin kalimai tavhidni bir necha marta takrorlab, vafot etdi.
Tamerlan Samarqandda uzoq vaqt yashamadi: notinch hokimiyat uni tez orada Hindistonga urushga olib keldi. Bu mamlakatni vayron qilgan tartibsizliklar va janjallar haqida bilib, u 92 000 jangchini safarga chiqardi. Bu raqam Magometning ismlari soniga to'g'ri keldi, u buni qabul qildi yoki aniqrog'i, qo'shinlar uni baxtli alomat sifatida qabul qilishlarini xohladi. Ulardan Qandahorda joylashgan 30 000 otliqlar o'ng qanotni tashkil etib, Solomon tog'larining o'tish joylaridan o'tib, Hind daryosidan o'tib, Multan shahrini olishlari kerak edi. Ushbu qo'shinlar boshqa qo'shinlardan ancha oldin va shaharni egallab olishdi. O'sha paytda Hindistonning eng muhim shaharlaridan biri bo'lgan multana keyingi korxonalar uchun tayanch punktini tayyorlashi kerak edi. Boshqa 30 000 otliqlar chap qanotni tashkil etib, Kobuldan chiqib, Hind daryosidan o'tib, ehtimol Attokda Lagor egaliklarini bosib olish uchun tayinlangan. Tamerlanning o'zi qolgan 32 000 kishi bilan 1398 yil mart oyida Samarqanddan chiqib, termedga yo'l oldi, u erda kemalarda qurilgan ko'prik bo'ylab Amu-Darya daryosidan o'tdi. Bu yerdan u xulum, Aznikga harakat qildi va Balxan tog'laridan (ehtimol Gndukushning bo'g'ozidan) o'tib, Kaferistonga xususiy ekspeditsiya korxonasi uchun Inderabga yo'l oldi. U o'zi bilan 10000 ta qo'shin olib, ular bilan Hindukush shoxini (juftlik) va u yerdan Kavaga aylanib o'tadi. Bu yerda otlarni katta qopqoq bilan qoldirib, ularni faqat bitta boshliq bilan olib ketishga ruxsat berib, u Hindukush silsilasini kesib o'tib, o'tish uchun eng qiyin joyni tanlab, aholiga kutilmaganda hujum qildi. Kunduzi quyosh issiqligidan (iyun oyida) tog'lardagi qor shunchalik yumshoq ediki, u otlarni ushlab turmadi, keyin issiqlik pasayguncha Tamerlan joyida turib, otlar ostiga kigiz qo'yishni buyurdi, shunda ular yiqilmadi va tun boshlanishi bilan qor qattiqroq bo'lganda, u yo'lga tushdi va hokazo Hindukush tog'lari orqali to'siqsiz yetib bordi. Bu erda uning qo'shinlari ularning tikligidan deyarli bizning davrimizda frantsuzlar Sent-Bernardning balandliklaridan tushgandek tushishdi: ba'zilari chalqancha yotishdi, boshqalari arqonlarni ushlab turishdi, bir so'z bilan aytganda - kim iloji boricha va qanday qilib mohir edi. Tamerlan arqon bilan kichik kemada tushirildi. Tog'lardan tushib, daryodan o'tib (ehtimol Kameh), Tamerlan ularning ko'pini yo'q qildi. Sheref eddinning so'zlariga ko'ra, ular butparast edilar, qora libos kiydilar, baland bo'yli edilar va noma'lum tilda gaplashdilar, bu guruhda hech kim tushunmadi, garchi bu erda ko'plab turli qabilalar mavjud edi. Shunday qilib, Kafiristan aholisi hali ham deyarli hech narsada o'zgarmadi. Ushbu ekspeditsiyani tugatib, eng qulay yo'lni topib, Tamerlan Kavukga qaytib, u yerdan Kobulga yo'l oldi. Ular (20 sentyabr) Kobuldan chiqishadi, u Hind (11 oktyabr) orqali, ehtimol hozirgi kr yaqinida o'tdi. Dera-Ismoil-xon. Indusdan u Jelam daryosiga yo'l oldi va 6 kun ichida Jenab daryosiga quyiladigan joyga yetib, ko'prik orqali bu daryodan o'tdi. 23 oktyabrda u Tulumba shahriga bordi va u yerga 29 oktyabrda keldi. U o'ng qanot bilan bog'lanish uchun Janubiy tomonga harakat qildi, bu esa mustahkamlangan Multan shahrini egallab olish uchun yuborildi. Ushbu shaharni qamal qilish 6 oy davom etdi va faqat ochlik aholini taslim bo'lishga majbur qildi. Ammo qamalchilar ham xuddi shunday qamalganlarga chidashdi. Jenab daryosining yomg'irlari va toshqinlaridan, aniqrog'i nam o'tlardan, iqlim o'zgarishidan, ozuqa va suvdan va balg'amdan dasht otlarida ularning kasalliklari paydo bo'ldi, ulardan deyarli barchasi qulab tushdi, Shuning uchun Multanni qo'lga kiritgandan so'ng, o'ng kolonnaning qo'shinlari o'zlari unda edilar. Tamerlan yaqinlashganda, ular qal'adan u bilan qo'shilish uchun chiqib, 11 noyabrda biya daryosi sohilidagi stanga eng achinarli ko'rinishda, ba'zilari piyoda, boshqalari ho'kizda yetib kelishdi. Tamerlan bu qo'shinlarni to'g'ri holatga keltirish uchun ularga 30 000 ot berishni buyurdi.
Bia daryosi orqali qo'shinlar qisman kemalarda, qisman suzishda o'tishdi. O'tish uch kun davom etdi. Bu erdan Tamerlan daryoning chap qirg'og'iga ko'tarildi.Bia, chap qanotiga yaqinlashish uchun ham, aholisini jazolash uchun ham Dipalpur Multonni qamal qilgan qo'shinlardan ularga yuborilgan 1000 kishidan iborat mo'g'ul garnizonini qabul qilib, keyin bu qo'shinlarning ahvoli to'g'risida bilib, butun garnizonni kesib tashladilar.
Bia daryosi bo'yida, Qandahor shahridan Dehliga to'g'ridan-to'g'ri yo'lda yotgan va shu sababli ushbu daryodan o'tish imkoniyatiga ega bo'lgan Dipalpur shahrining muhim garnizoni tomonidan egallab olinishi Tamerlan bu yo'lni bosib o'tishni rejalashtirganligini ko'rsatadi, ammo o'ng qanot qo'shinlari boshiga tushgan baxtsizlik uni janubga burilishga majbur qildi.
Dipalpur shahri aholisi, Tamerlan yaqinlashganda, krga panoh topishdi. Cho'l orasida yotgan va juda kuchli hurmatga sazovor bo'lgan batnir. 21-noyabrda Tamerlan 10000 qo'shin bilan uni qamal qilish uchun bordi, armiyaga vagonlar bilan Dehli shahriga to'g'ridan-to'g'ri yo'lni bosib o'tishni buyurdi; 26-noyabrda u qal'ani egallab oldi va 30-kuni katta o'ljani olib, Seresti (Serrach) va Fatiobod (3-dekabr) va 8-dekabr shaharlariga qaytdi Samine shahri qo'shinlari bilan birlashdi, ulardan Dipalpur shahri bilan ajralib chiqdi. Bu erda Tamerlan vagonlar kelishini kutib, bir necha kun to'xtadi.
Assendi va Togloknurga qarab harakatlanayotgan o'rta ustun 21 dekabrda Panipatga yetib keldi; 24 dekabrda Kanigundan o'ng qanot Dehli shahridan ikki farsangda, Jumna daryosi yonida joylashgan Jexannemay qal'asini egallab olish uchun yuborildi. Ushbu nuqtani o'zlashtirgandan so'ng, u yana asosiy kuchlar bilan birlashdi. 26 dekabrda jumna daryosidan o'tib, qo'shinlar Luni shahriga yo'l olishdi. Bu shahar atrofida ajoyib yaylovlar bor edi, shuning uchun uni egallab olish otliq qo'shin uchun juda muhim edi. Luni shahrini egallab olgan Tamerlan 28 dekabrda Jexannemay qal'asiga qaytib keldi. Bu erda u Dehli shahrini qanday qamal qilish bo'yicha yig'ilish uchun harbiy kengashni chaqirdi; qaror qabul qilindi: Jehannemai qal'asida ko'p miqdordagi non va boshqa zaxiralarni yig'ib, ushbu ulkan shaharni blokada qilishni boshlash. Ushbu taxminni amalga oshirish uchun, mongollarning odatiga ko'ra, darhol Dehli shahri atrofidagi zaxiralarni yig'ish va vayron qilish uchun otryadlar yuborildi.
Shu bilan birga, Tamerlan qal'a atrofini ko'zdan kechirib, jang qilish va dushmanni u yerga jalb qilish uchun joy tanladi.

Bu vaqtda Tamerlanga R. Indus orqali o'tgandan beri lagerda 100 mingdan ortiq hindular, butparastlarning bir qismi, gebrlarning bir qismi to'planganligi haqida xabar berildi, ular armiya orqasida bo'lganlarida, Agar ular Mahmud sultoni qo'shinlari bilan jang paytida g'azablanishlari mumkin edi. hind piyodalarining 10 000-otryadi otliqlar va fillar bilan jang qilish uchun Dehlidan chiqib ketganda, asirlarning yuzlarida quvonch tasvirlangan. Tez orada ozod bo'lish umididan ilhomlangan bu quvonch ifodasi shafqatsiz g'oliblar nazarida jinoyat bo'lib tuyuldi va mahbuslarning o'limiga sabab bo'ldi. Tamerlan, eng qattiq jazodan qo'rqib, ularning barchasini o'ldirishni buyurdi-va bosqinchining shubhasini qo'zg'atishda baxtsizlikka uchragan 100000 hindular bir necha soat ichida qotil qotillarning pichoqlari ostiga tushishdi. Asirga olingan ayollar, bolalar va vagonlarni nazorat qilish va himoya qilish uchun Tamerlan har o'ndan bittadan odamni ajratishni buyurdi. Ushbu dahshatli hodisadan siz mo'g'ul bosqinchilariga qanday ulkan o'lja aravalari ergashganini ko'rishingiz mumkin.


30-dekabrda Tamerlan Luni shahridan sharqqa qarab harakat qildi va qo'shin boshliqlarini chaqirib, ularga harbiy san'at qoidalarini tushuntirdi va hozirgi sharoitda dushmanni mag'lub qilish uchun qanday harakat qilish kerakligi haqida maslahat berdi. Shundan so'ng u Dehli shahriga qaytib, 1399 yil 1 yanvarda yetib keldi va Jumna daryosidan o'tib, uning sohilida joylashdi.

Tamerlan nima uchun bu harakatni amalga oshirdi? Sherefaddinning Hindistonga qilgan sayohati tavsifidan sabablarni ko'rish mumkin emas. U bu harakat bilan Sulton Mahmudni Dehlidan olib chiqib, uni jangga jalb qilishni o'yladimi yoki faqat Dehli shahrining sharqidagi mahallani vayron qilish va ko'proq zaxiralarni yig'ish uchun harakat qildimi?



Dehli yaqinida qarorgoh qurgan qo'shinlar, odatdagidek, to'satdan hujumlardan ehtiyot bo'lishdi-xandaq qazishdi, qoziqlardan panjara yasashdi, uni novdalar bilan o'rab olishdi, Bufalo panjara ortida, oyoqlarini bog'lab, biriga bog'lab qo'yishdi.boshqasiga (ehtimol bir kechada), ularning orqasida qalqonlarni qo'yishdi va keyin chodirlarini qo'yishdi.
Ertasi kuni Sulton Mahmud jang qilish uchun Dehlidan chiqib ketdi. Unda 10000 ta yaxshi qurollangan otliqlar, 40000 ta bir xil piyoda askarlar va ko'plab fillar o'qlardan, cho'qqilardan va qilichlardan qalin choyshablar bilan himoyalangan; ularning tishlari zahar bilan yoyilgan katta pichoqlar bilan qurollangan edi; fillarning orqa qismida minoralar bor edi, ularda arbaletlar bilan qurollangan jangchilar va otishmalar bor edi. Fillar yonida olovli, yonib turgan qatron yoki neft bilan qozon otuvchilar va temir uchli raketalar bor edi, ular sherefaddin aytganidek, erga yiqilib, ko'plab zarbalarni keltirib chiqardi.
Ammo Tamerlan jangchilari uchun yangi bo'lgan bu qurol ularga fillar kabi qo'rquvni uyg'otmadi, ular hech qanday inson kuchi bu ulkan hayvonlarga qarshi tura olmasligini tasavvur qilishdi, ular daraxtlarni ildizlari bilan tortib olib, odamlarni engil toshlar kabi tashlay olishdi. Tamerlan o'z jangchilarining fillarning kuchi va ularning behuda qo'rquvi haqidagi bu bo'rttirilgan fikrini bilib, oldindan quyidagi choralarni ko'rdi: hujum paytida fillarning oyoqlari ostiga tashlash uchun temir shoxchalar yasashni buyurdi; fillarni qo'rqitish va ular orasida tartibsizlikni keltirib chiqarish uchun men bufalolarning boshlari va yon tomonlariga (boshqa ma'lumotlarga ko'ra - tuyalar) tikanli daraxtlarning shoxlarini va somon fartslarini bog'lab, ularni yoqib, buffalolarni fillarga qo'yishni buyurdim; jangchilarga o'qlar va nayzalar bilan urishni va qilich bilan fillarning tanasini emas, balki tanalarini, qalin terilari bilan himoyalangan va sızdırmaz ko'rpalar. Ushbu choralar jangchilarning jasoratini qo'zg'atdi va to'liq muvaffaqiyatga erishdi.
Sulton Mahmudning jangovar tartibi o'ng qanot, markaz, chap qanot va fil chizig'i oldinda. Tamerlan o'z qo'shinlarini odatdagidek zaxira bilan ikki qatorda qurdi. Jang armiya qanotlarida boshlandi. Dehli hukmdori bo'lgan qattiq jangdan so'ng, Shoh Mansur, Tamerlan zaxirasiga yo'l oldi, lekin uning o'g'illaridan biri tomonidan o'ldirildi, Tamerlan qo'shinlari fillarni magistrallarga urib, nihoyat ularni qochishga muvaffaq bo'lishdi va bu bilan dushman saflarida tartibsizlikni keltirib chiqarishdi: fillar o'z qo'shinlarining ikkala qanotiga shoshilishdi va ularni ag'darib tashlashdi.. Tamerlan dushmanning buzilishini payqab, armiya markazini oldinga siljitdi, u bilan fillarning safiga urildi va ularning aksariyatini o'ldirib, dushmanni mukammal qochishga majbur qildi. Ta'qiblar mag'lubiyatni tugatdi va shahar devorlariga qadar davom etdi. Tamerlan dushmanning chalkashligidan foydalanib, Dehli devorlariga yaqinlashdi, istehkomlarning xususiyatlarini o'rganib chiqdi, agar iloji bo'lsa, shaharni ochiq kuch bilan egallab olishni boshlashni taklif qildi. Ammo ertasi kuni kechqurun Sulton shaharni qarama-qarshi darvoza orqali qochib ketdi va boy shahar Dehli 4-yanvar kuni jangsiz taslim bo'ldi va talon-taroj qilindi.

Dehli shahrini zabt etgandan so'ng, Tamerlan endi Hindistonda katta qarshilikka duch kelmadi va uning Gang tomon harakatlanishi va keyin Himoloy tizmasining Janubiy tagligi bo'ylab qaytishi g'alabalar bilan emas, balki bosib o'tgan erlarni talon-taroj qilish, o'ldirish va vayron qilish bilan belgilandi.


18-yanvar kuni Dehli shahridan chiqib, jumne daryosidan bir necha marta o'tib, Tamerlan uning narigi tomoniga o'tib, yo'lda hamma narsani olov va qilichga topshirdi.
26-yanvar kuni amirlardan biriga Karasu daryosi bo'ylab vagonlarni olib borishni buyurdi, chap qanot esa jumne daryosi bo'ylab yerlarni vayron qilish va gebrlarni yo'q qilish uchun bo'linib, Tamerlan qolgan qo'shinlari bilan Gang daryosiga yo'l oldi. Jangchilarning bir qismini uning qarama-qarshi qirg'og'iga suzib o'tib, asosiy kuchlari bilan Daryo bo'ylab yurib, u Tokloknur shahriga keldi. Bu yerda 48 ta kemadagi gebralar Gang daryosi bo'ylab suzayotganini bilib, ularga hujum qilishni buyurdi. ; uning qo'rqmas jangchilari, Daryo tezligiga qaramay, otlarga suzishdi, ba'zilari dushmanni o'qlar bilan urishdi, boshqalari kemalarga etib borib, ularni ushlab, qo'llarida qilich bilan hujum qilishdi. Gebralar bundan oldin deyarli hech qanday qarshilik ko'rsatmaganliklari uchun sarosimaga tushishdi va qo'shinlar kemalarning katta qismini osongina egallab olishdi. Otliqlarning tez Daryo to'lqinlarida, kemalarda bo'lgan dushman bilan jangi harbiy tarixdagi deyarli yagona misoldir.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. X.Sodiqov – “Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati” .
2. Muhammad Ali – “Amir Temur solnomasi” .
3. “Temur tuzuklari”. 1991-yil. “Sharq yulduzi” forschadan Alixon Sog’uniy va Xabibullo Karomatov tarjimasi.
4. X.Dadaboyev – “Amir Temurning harbiy mahorati” .
5. www.ziyoNET.uz
Yüklə 43,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə