Amir Temurning 1391 yilda To‘xtamishga qarshi yurishdagi harbiy maxorati. Reja



Yüklə 43,62 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü43,62 Kb.
#163568
  1   2
Amir Temurning 1391 yilda To‘xtamishga qarshi yurishdagi harbiy maxorati. 3.2


Amir Temurning 1391 yilda To‘xtamishga qarshi yurishdagi harbiy maxorati.
Reja:

Amir temurning Oltin O’rdaga yurishi


Amir Temur To’tamishga qarshi harakati

Amir temurning Oltin O’rdaga yurishi
14-asrning 60-yillarida Movarounnahrda siyosiy va iqtisodiy vaziyat nihoyatda og’irlashib ketadi. Feodal tarqoqlikning kuchayishi, ichki feodal urushlarning uzluksiz davom etishi va tashqi dushman hujumlarining avj olishidan dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari tanazzulga uchrab, aholi og’ir tanglikni boshidan kechirmoqda edi. Bundan savdogarlar, hunarmandlar va dehqonlar g’oyatda norozi edilar.
Aholining bunday tabaqalari orasida mavjud og’ir ahvoldan qutulish, mamlakatni birlashtirish va kuchli bir davlat tashkil etish harakati kuchayadi. Husayndan ko’ra Temur o’z zamonining bunday talabani yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u o’z faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnahrda markazlashgan mustaqil davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar bilan bir qatorda shaharning savdogar va hunarmand tabaqalariga suyanadi. Bu boradagi amaliy ishni Balx shahriga joylashib olgan raqibi Husaynga qarshi yurishdan boshlaydi. 1370 yil mart oyida Temur yaxshi qurollangan qo’shini bilan Keshdan chiqib Balxni qamal qiladi va katta talofatlar berib, shaharni egallaydi. Movarounnahrning hukmdori amir Husayn o’ldiriladi. Bu voqealardan so’ng mamlakatda Temurning siyosiy mavqei kuchayib ketadi. Chunki endi Movarounnahrda uning uchun kuchli raqib qolmagan edi. O’sha yili Balxda qo’shin boshliqlarining yig’ilgan qurultoyida Temurning hukmronligi rasman qaror topadi. Manbalarda ta’riflanishicha, qurultoyda avvalgi Chig’atoy xonligining e’tiborli amirlari, Temurning yoshlikdagi quroldoshlari va uning sobiq dushmanlari hozir bo’lgan edilar. Ular orasida Amir Shayxmuhammad Bayon Sulduz, amir O’ljoytu, amir Kayxisrov Xuttaloniy, amir Dovud Dug’lot, amir Sorbuga Jaloyir, amir Joku Barlos, amir Zinda Hashm va boshqa mo’tabar ma’murlar bor edi. Temur qadimgi odatga binoan oq kigiz ustiga o’tkazilib, yuqori ko’tariladi. Temurning piri Saidbaraka duoi fotiha qilgach, u Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi. Movarounnahrning yagona hukmdori bo’lib olgach, Temur o’z davlatini siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga kirishadi. Avvalambor bu davrda Temurga mustahkam potaxt – bebosh mahalliy hukmdorlarning hujumlarig qarshi tura oladigan bir qarorgoh zarur edi. Shu maqsadda u 1370 yilda Samarqandga keladi. Bu yerda u shahar devorlari, qal’alar va saroylar bino qilishga kirishadi. Bu imoratlaar Afrosiyob mo’g’ullar tomonidan vayron etilgandan keyin 150 yil o’tgach, birinchi marta bunyod qilingan inshootlaar edi. So’ngra u holdan toygan mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etadi. To’g’ri, deyarli bir asrlik boshboshdoqlik hukm surgan mamlakatda qonunlar joriy etib, tartib o’rnatish oson emasdi. Uni oz-ozdan amalga oshirish mumkin edi. Temur dastlab o’ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus gvardiya ayniqsa, uning siyosiy kurashlari uchun zarur edi. U o’z gvardiyasiga va barlos qabilasiga katta imtiyozlar beradi. Ayni vaqtda Temur o’z davlati chegaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Avval u Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarni, shuningdek Farg’ona va Shosh viloyatlarini o’z tasarrufiga oladi.
Ammo Mo’g’uliston tomonidan bo’ladigan xavf hali tamoman yo’qolmagan edi. Temur davlati uchun ayniqsa, Jo’ji ulusida qad ko’targan Oltin O’rda xonligi oralig’ida bu davrga kelib mustaqil bo’lib olgan Xorazm yerlarida Qo’ng’irot so’filarining davlati qaror topdi. Qadimdan iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdn Movarounnahr bilan mushtarak bo’lgan Xorazm Mo’g’ullar davrida ikki qismga bo’linib, markazi Urganch shahri bo’lgan Shimoliy Xorazm Oltin O’rdaga, markazi Kat qal’asi bo’lgan. Janubiy Xorazm Chig’atoy ulusiga qaragan. 14-asrning 6-yillari oxirida Oltin O’rdada yuz bergan g’alayonlar vaqtida Qo’ng’irot so’filari Shimoliy Xorazmda yangi sulolaning mustaqil hukmronligini tiklab oladilar. So’ngra Kat va Xiva shaharlarini bosib olib, Shimoliy Xorazm bilan Janubiy Xorazm yerlarini birlashtiradilar. Ayni paytda Xorazm Chig’atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi. Shuning uchun u Xorazmni bosib olish siyosatini tutdi. 1372 yil Temur Xorazmga birinchi bor hujum qildi. Xorazmliklar mag’lubiyatga uchragan bo’lsalar ham, Temurga bo’ysunmadilar. Shu boisdan Temur Xorazmga besh marta yurish qilib, nihoyat, 1388 yilda uni butunlay qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ladi. Temurning oxirgi yurishida Urgancha shahri vayron etildi, shahar aholisi esa Samarqandga ko’chiriladi.
Shunday qilib, Temur Movarounnahr va Xorazmda feodal tarqoqlik va o’zaro nizolarga chek qo’yib, Sirdaryo bo’ylaridan Orol dengizigacha bo’lgan yerlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufida birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr xalqlari taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi. Ammo Temur bu bilan qanoatlanmadi. U tez orada qo’shni davlatlar va xalqlar ustiga hujum qilib, jahonga hukmron bo’lishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. 1382 yilda Temur dastavval Zakavkazyeni zabt etdi. Temurning O’rta Osiyo chegarasidan shimolga tomon harbiy yurishi asosan, Jo’ji ulusida qad ko’targan oltin O’rda davlatiga qaratildi. Qora dengizdan Oltoy tog’larigacha cho’zilgan va Dashti Qipchoq deb nomlangan yerlar Jo’ji ulusi tasarrufida bo’lgan. Bu ulusning Uraldan qora dengizgacha bo’lgan markaziy va eng katta qismi Oltin O’rda nomi bilan atalib, bu feodal davlatni 13-asrning 40-yillari boshida Botuxon tashkil qilgan edi. Uraldan sharqdagi yerlar Oq O’rda deb yuritilar edi. Siyosiy va iqtisodiy jihatdan bu ikki o’rdaning hayoti bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan. O’rta dengiz havzasidan boshlanib, shu o’rdalarning yerlari orqali o’tgan mamlakatlararo savdo yo’li o’rta asrlarda eng asosiy karavon yo’li hisoblangan. Oltin O’rdaning poytaxti dastlab Saroy Botu (Astraxon shahridan shimolroqda), 14-asrdan Saroy berka (hozirgi Volgograd shahri yaqinida) bo’lib, har ikki ham Itil (Volga) daryosi bo’yida joylashgan edi. Sharq va G’arbdan keladigan savdo karvonlarining deyarli hammasi shu shaharlar orqali o’tardi.


Yüklə 43,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə