Amonboyev mahammadsidik bozor infratuzilmasi


keyinchalik 1791- yili Filadelfiya shahrida, 1792- yili Nyu-Yorkda



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/154
tarix02.04.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#104041
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154
61aee19b7e3424.22163891

keyinchalik 1791- yili Filadelfiya shahrida, 1792- yili Nyu-Yorkda
tashkil etilgan.
Har xil turdagi qimmatli qog'ozlaming paydo bo'lishi hamda
ular oldi-sotdisi amalga oshirilishi qimmatli qog'ozlar bozori
faoliyatining boshlanishiga olib keldi. Asosiy ma’no shundaki, bu
borada sotilgan va sotib olingan qimmatli qog'oz mulkdorlik huquqi
va shu mulk badalidan ma’lum daromad olish huquqini berar edi.
Ana shu huquq qimmatli qog'ozda mujassamlashgan bo'ladi.
Qimmatli qog'ozlar mulkiy ma’nodagi hujjat bo'lib, mulkiy
65


huquq ushbu hujjatsiz amalga oshirilmaydi va biror boshqa kishiga
o‘tib qolmaydi. Qimmatli qog‘ozlaming asosiy turi sifatida
egasiga aksiyadorlik jamiyatlari sarmoyasida qatnashish hamda
ma’lum dividend olish huquqini beruvchi guvohnoma - aksiya va
obligatsiyalami ko‘rsatib o‘tish mumkin. Aksiya va obligatsiyalar
emitentlari aksiya va obligatsiya egalariga ma’lum avvaldan
belgilangan yillik foiz miqdorida daromad to‘lash majburiyatini
oladilar. Aksiya va obligatsiyalar fond birjalari va birjadan tashqari
bozorda sotiladi va sotib olinadi.
Qimmatli qog‘ozlarga, shuningdek tovar va pullik hujjatlar
kiradi. Ular o‘zlaridaqonuniy asosdamujassamlashtirilganqiymatni
amalga oshirishlari mumkin. Bundan tashqari cheklar, veksellar,
depozit sertifikatlar, obligatsiya kuponlari, ombor guvohnomalari,
varrantlar va boshqalar kiradi.
Qimmatli qog‘ozlar sotilishi jihatidan ikki xilga bo‘linadi:
- birlamchi, ya’ni qimmatli qog‘ozlar emissiyasi vaqtida
paydo bo‘lgan bozor;
- ikkilamchi, ya’ni qog‘ozlar qayta sotiladigan bozor.
Emitent -
qimmatli qog‘oz yoki pullarni emissiya qiluvchi

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə