An’anaviy energiya manbalari


Noan’anaviy energiya manbalari



Yüklə 15,54 Kb.
səhifə4/4
tarix17.05.2023
ölçüsü15,54 Kb.
#110929
1   2   3   4
2 5404435340867941363

Noan’anaviy energiya manbalari
Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishining mavjud pog‘onasida energiya iste’moli faqatgina organik yoqilg‘ilar, gidroenergiya va atom energiyasidan foydalanish hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Lekin ko‘p sonli tadqiqotlar natijasiga ko‘ra organik yoqilg‘i yaqin kelajakda dunyo energetikasining ehtiyojlarini qisman qoniqtira oladi. Energiya iste’molining qolgan qismi boshqa – noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan qoniqtiriladi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari – doimo mavjud yoki atrof muhitda vaqti-vaqti bilan hosil bo‘luvchi energiya oqimlari asosidagi manbalardir. Qayta tiklanuvchi energiya insonning maqsadli faoliyati oqibatida paydo bo‘lmaydi, bu uning o‘ziga xos belgisidir.
Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari – bu inson tarafidan energiya ishlab chiqarish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan tabiiy zahira va materiallardir. Bunga misol qilib yadro yoqilg‘isi, ko‘mir, neft, gazni keltirish mumkin.
BMT bosh assambeyasi №33/148-son rezolyusiyasiga (1978 yil) muvofiq noan’anaviy va yangi hosil bo‘luvchi energiya manbaalariga quyidagilar kiradi: quyosh, shamol, geotermal, dengiz to‘lqinlari, okean va dengizlar sohillaridagi to‘lqinlardan hosil bo‘luvchi energiya biomassa, yog‘och, yog‘och-ko‘mir, torf, slaneslar, bitumsimon qumliklar, katta va kichik suv oqimlari gidroenergiyasi.
Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining klassifiksiyasi 2-jadvalda keltirilgan.
1.4-jadval. Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari

Birlamchi energiya manbalari

Energiyaning tabiiy hosil bo‘lishi

Energiyaning texnik jihatdan hosil bo‘lishi

Ikkilamchi iste’mol qilinadigan energiya

Yer

Yerning geotermal issiqligi

Geotermal elektr stansiyasi

Elektr energiyasi

Quyosh

Atmosfera yog‘inlarining bug‘lanishi

Gidroelektr stansiyalar

Atmosfera havosining harakati

Shamol energeik qurilmalari

Dengiz oqimlari

Dengiz elektr stansiyalari

To‘lqin harakatlari

To‘lqin elektr stansiyalari

Muzliklar erishi

Muzlik elektr stansiyalari

Fotosintez

Biomassada ishlovchi elektr stansiyalar

Fotoelektr energiya

Sayyoralar

Oqimlar (oqib kelishi va qaytib ketishi)

Oqimli elektr stansiyalar



1990-yillardan boshlab YUNESKO tashabbusi bilan BMTga a’zo davlatlar va manfaatdor tashkilotlar ko‘magida qayta tilanuvchi manbalardan keng miqyosda foydalanish g‘oyasini ilgariga surish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Yüklə 15,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə