Andijon davlat mashinsozlik insituti ‘’transport va logistika’’ fakulteti


Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari quyidagi guruhlarga boʻlinadi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə2/4
tarix03.06.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#88593
1   2   3   4
xurboyeva robiyaxon

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari quyidagi guruhlarga boʻlinadi:

1) asosiy qonun — Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun; 3) Qonun (kodekslar va joriy Qonunlar); 4) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi.

Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining, butun qonunchilikning oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy Qonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yoʻlida chiqariladi. Qonunlar quyidagi hollarda kuchga kiradi: rasman eʼlon qilingandan 10 kun oʻtgach; Qonunda yoki uni amalga kiritish toʻgʻrisida maxsus hujjatda koʻrsatilgan vaqtdan boshlab. Qonun oʻzida koʻrsatilgan muddat tugagan boʻlsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan) oʻz kuchini yoʻqotadi. Qonun zamonda amal qiladi. Buning maʼnosi shuki, ayrim Qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega. Yaʼni, Qonun eʼlon qilinmasdan oldin boʻlgan ishlarga shu Qonun tatbiq etiladi. Jumladan, Oʻzbekistonda jinoyat va maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi Qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega. Qonun makonda ham amal qiladi. Buning maʼnosi Qonunlar mamlakatning barcha hududlarida amal qilishini bidsiradi. Davlat hududiga quruqlik, ichki suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar ustidagi havo boʻshligʻi va davlat chegarasi doirasidagi yer osti kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining qonuni 826-1-sonli 20,08,1999

O‘zbekiston Respublikasining qonuni 826-1-sonli 20,08,1999

  • GIDROTEXNIKA INShOOTLARINING XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA
  • 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
  • Ushbu Qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, tiklash, konservatsiyalash va tugatiщda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir.
  • Oldingi tahrirga qarang.
  • 2-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik
  • Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham amalga oshiriladi.
  • Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
  • Qonunga ko‘ra, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, u:
  • gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqishni va tasdiqlashni tashkil etadi;
  • gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlaydi va xavfsizlik deklaratsiyalarining mazmuniga va ularni tayyorlash uslubiga qo‘shimcha talablarni belgilaydi;
  • manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlari texnik holatining puxtaligini va ular ishining xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazadi;
  • gidrotexnika inshootlarini joylashtirish, gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish topshiriqlarini, ularni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishib olishda, gidrotexnika inshootlarining qurilishi sifatini nazorat qilishda, ularni foydalanishga qabul qilishda, shuningdek, gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini kelishib olishda qatnashadi;
  • gidrotexnika inshootlarining holatini hamda ular holatining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi;
  • gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan hollarda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini to‘xtatib turish va tugatish haqida takliflar kiritadi;
  • gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar o‘zanlari va to‘g‘onning ularga tutash bo‘lgan quyi hamda yuqori hududlaridan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishga (suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) yoki boshqa faoliyat uchun gidrotexnika inshootlarida avariya xavfini oshirmagan hollarda foydalanishga rozilik beradi;
  • gidrotexnika inshootlariga kirish, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi bo‘yicha hujjatlar va materiallar bilan tanishish;
  • gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xavfsizlik nazorati bilan bog‘liq mutaxassislar va mansabdor shaxslarning malakasini oshirishga yordam ko‘rsatadi;
  • daryolarning o‘zanlarida va to‘g‘onning ularga tutash quyi va yuqori hududlarida suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yoxud xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat yurituvchi tashkilotlarning faoliyatini, agar bunday faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, taqiqlaydi yoki cheklab qo‘yadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini taqiqlash va cheklash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash hollari mustasno;
  • gidrotexnika inshootlarining muhofaza qilinishini tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
  • Maxsus vakolatli organning gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari foydalanuvchi tashkilotlar ijro etishi uchun majburiydir.
  • gidrotexnika inshootlarining muhofaza qilinishini tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
  • Maxsus vakolatli organning gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari foydalanuvchi tashkilotlar ijro etishi uchun majburiydir.
  • Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash quyidagi asosiy talablarga binoan amalga oshiriladi:
  • gidrotexnika inshootlari xavfining yo‘l qo‘yiladigan darajasini ta’minlash;
  • gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalarini taqdim etish;
  • gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini davriy tekshirish va deklaratsiyalash;
  • gidrotexnika inshootlaridan foydalanishning uzluksizligi;
  • gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan, ularning xavfsizligi mezonlarini belgilash, gidrotexnika inshootlarining holatini doimiy nazorat qilish maqsadida ularni texnika vositalari bilan jihozlash, gidrotexnika inshootlariga zarur malakaga ega bo‘lgan xodimlar xizmat ko‘rsatishini ta’minlash;
  • gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelish xavfini eng ko‘p darajada kamaytirish tadbirlar majmuyini oldindan o‘tkazish.
  • Gidrotexnika inshootlarining loyihachilari quyidagilarga majburdir:
  • yangi gidrotexnika inshootlarining qurilishini va amaldagi gidrotexnika inshootlarining rekonstruksiyasini loyihalashtirishni Shaharsozlik kodeksiga muvofiq bajarishga;
  • qonun hujjatlariga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, gidrotexnika inshootlarini qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazilishida qatnashishga;
  • xavfsizlik rejimida va kerak bo‘lganda kaskad rejimida gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidasini ishlab chiqishga.

O`zbekistondagi suv omborlari xavfsizligini baholash uchun Amerikalik keldi
mutaxassislar

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə