Andijon davlat pedagogika instituti


Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yhati



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə121/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yhati



  1. Farberman L.B, Musina R.G. Jumaboeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida uqitishning zamonaviy usullari. T. 2002.

  2. O‘.Tolipov,M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. 2005.

  3. Podlasыy I.P. Pedagogika. Novыy kurs. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva, Vlados, 1999.

  4. Pedagogika nazariyasi va tarixi // M.X.To‘xtaxo‘jaeva tahriri ostida. – T.: Moliya-iqtisod, 2008.

  5. V.P.Bespalko «Pedagogika i progressivno’e texnologii» - M. 1995. www.pgpu.penza.com., www.sinor.ru.nsu.




MUSTAQIL ISHLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR

  • mavzuga oid qo‘shimcha internet ma’lumotlarni o‘qib, konspektlashtiring.

  • Mavzuga oid 5 ta misol yozing.


MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI ISHLANMASI


KIRISH

O’zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidan bormoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi ko‘chi - har tomonlama rivojlangan barkamol insondir.


Axborotlar jadallik bilan integratsiyalashib borayotgan hozirgi davrda zamonaviy ta’limning asosiy vazifalardan biri atrof-olam voqea-hodisalarini ta’lim jarayoni orqali mustaqil tahlil qila oladigan shaxsni kamol toptirishda namoyon bo’ladi. Bu maqsadga, albatta, o’quvchilarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirib borish orqali erishish mumkin.
Talabalarni kichik yoshdagi o’quvchilarni mustaqil o’qitish va tarbiyalashga doir masalalarni hal etishiga tayyorlash, shuningdek, ta’lim nazariyasi va amaliyotini mustaqil o’rganishini davom ettirish uchun metodik adabiyotlardan izlanish, o’qish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirish.
O`zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’limni tashkil etishning asosiy bosqichlari, asosiy xususiyatlari va maktabgacha ta’lim bo`yicha yuqori malakali rahbar, metodist-nazoratchi va tarbiyachilar tayyorlash vazifalari, xalq ta’limi bo`limining asosiy vazifalari, metodik rahbarlik qilish tamoyillari kabi masalalar mazmunini tashkil etadi.


Talabalar mustaqil ishi uchun belgilangan vaqt byudjetiga binoan kafedralarda barcha predmetlardan tashkiliy shakllar, mustaqil ish variantlari va mustaqil bajarish topshiriqlari ishlab chiqiladi, ular fakultetning ilmiy – metodik kengashida hamda kafedra yig’ilishlarida tasdiqlanadi.


Talabalar mustaqil ishi pedagogik ta`minlanishni mavzulari va shakllari ro’yhatini tuzish uchun har birini maqsad va vazifalarini ifodalab berish, yo’riqnoma yoki metodik yo’llanmalar ishlab chiqish va ilmiy adabiyotlarni tanlash deganidir.



Talabaning mustaqil ishi O’zR Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 25.08.2010 yil 333-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to’g’risida Nizom” asosida tashkil etiladi. Mustaqil ish bo’yicha belgilangan maksimal reyting balining 55% dan kam ball to’plagan talaba fan bo’yicha yakuniy nazoratga qo’yilmaydi. Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro’yhatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi. Ijtimoiy fanlar kafedrasida talaba mustaqil ishi bo’yicha kafedra nizomi ishlab chiqiladi. Bunda talaba mustaqil ishining shakl va turlari, har bir ish turiga soatlarni taqqimlash va aniq baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
Talabaning mustaqil ishi uning auditoriyada va undan tashqarida, o’qituvchi rahbarligida yoki o’qituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladigan mustaqil ish majmuini anglatadi. Mustaqil ish quyidagi sharoitlarda amalga oshiriladi:
1. Bevosita auditoriyada - ma`ruza amaliy mashg’ulot, seminar yoki laboratoriya ishlari bo’yicha vazifalar berish jarayonida;
2. O’qituvchi bilan dars jadvalidan tashqari paytlardagi bevosita muloqot chog’ida maslahatlar berishda, ijodiy muloqotlar jarayonida, yakka topshiriq bajarishda va boshqalar.
3. Axborot resurs markazida, uyda, talabalar o‘ylarida, kafedralarda talaba tomonidan o’quv yoki ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida.
Mustaqil ish bo’yicha test savollari, topshiriqlar va mashqlar ustida ishlash asosan mustaqil bajariladi. Bu ish natijalari esa auditoriyada (amaliy va laboratoriya) mashg’ulotlarida o’qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va baholanadi.
Fan bo’yicha mustaqil ta`limni tashkil etish uchun avvalambor quyidagi mustaqil ish bajarish turlari haqida ma`lumotga ega bo’lishlari lozim:


- Mustaqil ishlarning asosiy ko’rinishlaridan biri mashqlar bajarishdir. Mashqlar dastur asosida tuzilishi, juda oson yoki haddan tashqari qiyin bo’lmasligi lozim.
Mashqlar - ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida muayyan hatti-harakatlarni ko’p marta takrorlashdir. Mashqlarga asosan quyidagi talablar qo’yiladi: mashqlarni talabalar ongli va maqsadga muvofiq yo’sinda bajarishlari; fanni o’qitish metodikasiga asoslanishi, tizimli, izchil, uzluksiz bo’lishi va takrorlanishi; talabalarning mustaqil ishlashi muntazam rivojlanib borishi kerak.


- Kitoblar va o’quv adabiyotlari bilan ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish mustaqil ta`lim olishning asosiy ko’rinishi hisoblanadi. O’quv adabiyotlari bilan ishlashni barcha ta`lim oluvchilar yaxshi o’zlashtirgan bo’lishlari lozim. O’quv adabiyotlari deganda, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, texnik adabiyotlar, ma`lumotlar, yo’riqnomalar va h.k. tushunish mumkin.


- Nazorat ishlariga tayyorlanish jarayoni ham mustaqil ta`limning asosiy ko’rinishlaridan biri hisoblanadi.
Ta`lim olish davrida imtihonlar va nazorat ishlari topshirish talabalardan katta javobgarlik talab qiladi. Imtihonlarda va nazorat ishlarida talabalar o’quv rejasini qanday darajada o’zlashtirganliklari haqida hisobot beradilar. Talabalarning nazoratlarga o’z xohishi asosida mukammal tayyorlanishi a`lo baho olishining garovidir. Talaba har bir darsga o’z vaqtida va yaxshi tayyorlansa ham u nazorat ishlaridan oldin baribir qayta tayyorlanishi kerak, ya`ni materialni qayta o’qishi, umumlashtirishi va tizimlashtirishi lozim.
- Talabalarning bilimini tekshirish ya`ni aniqlash, yangi materialni mustahkamlash vaqtida, o’tilgan o’quv materiallarini o’zlashtirish va uy topshiriqlarini bajarishlari jarayonida talabalarning bilimlari tekshiriladi va unga ball qo’yiladi.


- Oliy ta`lim muassasalarida o’qitish jarayonida ta`lim berishning turli shakl va metodlaridan foydalanilmoqda. Ta`limning asosiy shakli esa ma`ruza hisoblanadi. Ma`ruza tayyorlash ancha murakkab va ko’p mehnat talab qiladigan ish. Bo’lajak bakalavr o’qituvchilar «Maktabgacha ta’limda mutaxassislikka kirish» fanida, pedagogik amaliyot jarayonida ma`ruza tayyorlashlariga to’g’ri keladi.


- Masofaviy ta`lim tizimi an`anaviy ta`lim tizimini amalga oshirishda muammolarga duch kelingan yoki shart – sharoit ushbu jarayonni taqozo qilganda qo’llaniladi. Bu jarayon ma`lum muhitda ta`lim samaradorligini oshirishga zamonaviy texnoloniyalardan yetarlicha foydalanishga zamin yaratadi.
Masofaviy ta`limning asosini mustaqil ta`lim tashkil qilganligi uchun ham talabalarda ijodiy tafakkur rivojlanib boradi. Masofaviy ta`limda o’quv jarayonining muddati qat`iy belgilanmaydi. Nazorat ishlarini bajarish va javob yo’llashni talaba o’zi mustaqil, o’ziga qulay vaqtda bajaradi. Ushbu masofaviy ta`lim samaradorligini oishirishga xizmat qiladi. Masofaviy ta`limni tashkiliy – metodik modellarini quyidagi asosda tashviq qilish mumkin:

  • Korrespondentlik ta`limi;

  • Keys texnologiyasi;

  • Radio – televizion ta`lim;

  • Tarmoqli o’qitish;

  • Mobil texnologiyasi va h.

Mavzu bo’yicha referat tayyorlash uchun quyidagilar bajariladi:
A) tartib bilan reja tuziladi,
B) maxsus adabiyotlardan, jurnallardan, entsiklopediyalardan, lug’atlardan foydalanib mavzu yoritiladi.
Referat hajmi qo’lyozma shaklida 12-14 bet, komp`yuterda 8-12 bet atrofida bo’lishi mumkin. Referat-talabaning mustaqil ijodiy ishi bo’lib, talaba uni o’quv dasturiga kiritilmagan, umumlashtirilgan, qisqartirilgan mavzular bo’yicha bajarsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Talaba referat shaklidagi mustaqil ish rejasi mavzusini tuzishda aynan shu tomoniga etibor berishi zarur. Chunki, mustaqil ish shaklida referat tayyorlagan talaba darsda takrorlanmagan mavzuni mustaqil o’zlashtiradi, mavzuni ijobiy, ilmiy jihatdan yondashib yoritadi, mavzudagi asosiy tushunchalar ma`lumotlarni ajratib olish va o’rganish borasidagi imkoniyatlarini namoyish qiladi.
Shuningdek o’zining taqlif, muslohaza va xulosalari bilan boyita oladi. Referatni og’zaki shaklda himoyalash orqali talaba referatni tayyorlash chog’ida mavzuga qanchali e`tiborlilik, qiziqish bilan yondashganini yaqqol ko’rish mumkin. Yangi mavzuni yoritib berish va darsda, darsdan tashqari vaqtda himoyalash chog’ida talaba boshqalarni ham o’zlashtirilmagan shu mavzu bo’yicha qisman bo’lsa-da tushuncha qabul qilishiga imkon yaratadi.
Referatni talaba reja asosida biror mavzu, bob, bo’lim bo’yicha bajarishi mumkindir. Rejada kirish, mavzuni yorituvchi qismlar, hulosa va taqliflar qismi bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Referatga tanlangan mavzuni yoritar ekan, talaba faqat darslik bilan cheklanib qolmay, qo’shimcha va referatga beruvchi sharqva xorij adabiyotlaridan, rahbariy risolalar, matbuot materiallari, statistik va xronologik ma`lumotlardan, internetdan olingan ma`lumotlardan foydalanishi mumkin.
Ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimiga kiruvchi fanlardan talabalar o’z mustaqil ishlarini referat shaklida bajarishi mumkin.
- ayrim talabalar uy vazifalarini bajarishda fan kitoblaridan maxsus fanlarga taalluqli jurnal va gazitalardan, informatsion texnologiyalardan foydalanib uy vazifasini bayon shaklida ma`ruza matn shaklida, sxema shaklida bajarishi mumkin. Vazifalarni bajarishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib ma`lumotlar to’playdi, chizmalar chizadi. Bu esa mustaqil ish sifatida qabul qilinishi mumkin.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə