Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə2/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Loyihalash - aniq reja, asosiy va xususiy maqsadlar, ular asosida shaxs tomonidan o’zlashtiriladigan zaruriy bilim ko’nikma-malakalar, maqsadning natijalanishini nazarda tutgan holda muayyan faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan harakat.
Loyiha - aniq reja, maqsad, uning natijalanishini kafolatlagan holda pedagogik (ta’limiy yoki tarbiyaviy) faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan harakat mahsuli


2-mavzu. Texnologiya va loyihalashtirish tushunchalarining mazmuni va mohiyati.
Reja:

  1. Pedagogik texnologiyalarning turlari va klassifikatsiyasi

  2. Tashkil etish, boshqarish, shaxs xususiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha klassifikatsiya

  3. Munosabat turlari. Ilmiy tajribani o‘rganish bo‘yicha klassifikatsiyalash.

  4. Pedagogik texnologiyaning aspektlari.



Tayanch iboralar: Texnologik yondashuv, ta’limni texnologiyalashtirish, texnologiya, ishlab chiqarish texnologiyasi, ta’lim texnologiyasi (TT), o‘qitish, texnologiyasi (O‘T), pedagogik texnologiya (PT), pedagogik tizim (PT), o‘qitish metodikasi (O‘M), fan metodikasi (FM), konsepsiya (g‘oya), shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, tizimli yondashuv, faoliyatli yondashuv, suhbatli yondashuv, muammoli ta’lim, hamkorlikdagi ta’lim.
Ta’limga texnologik yondashuvning mohiyati. YUNESKO tomonidan tan olingan pedagogik texnologiya oqimi 30-yillarda AQSHda paydo bo‘ldi va70-80 yillarda barcha rivojlangan mamlakatlarni qamrab oldi. Ta’lim nazariyasi va amaliyotida o‘quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko‘rilgan. Ular o‘z ifodasini an’anaviy o‘qitish uchun mo‘ljallangan majmuali texnik vositalarning yaratilishida namoyon qiladi. Hozirgi vaqtda“pedagogik texnologiya ta’lim berishning texnik vositalari yoki kompyuterdan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmay, balki bu ta’limiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni tahlil qilish yo‘li orqali, yo‘l va materiallarni tuzish hamda qo‘llash, shuningdek qo‘llanilayotgan usullarni baholash orqali ta’lim jarayoni tamoyillarini aniqlash va eng maqbul yo‘llarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotdir” (Mejdunarodniy yejegodnik po texnologii obrazovaniya i obucheniya, 1978/79. London, Nyu-York, 1978).
Pedagogik amaliyotda yangi yo‘l va vositalarini jadal tatbiq etilayotganligini kuzatish mumkin. Biroq ba’zi ta’lim shakl va faol usullar o‘rniga bo‘linmas ta’limiy texnologiyalar zarur. Lekin ta’limiy jarayonni texnologiyali loyihalashtirish va rejalashtirishni, faqat texnologik bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan o‘qituvchi bajara olishi mumkin.
Siz ta’lim berishni texnologiyalashtirish asosini o‘rganishni boshlashingizdan avval, quyidagi maslahat va tavsiyalarga e’tiboringizni qarating.
1. Texnologiyalashtirish asosida ifodalangan va bu bilan albatta siz tanishishingiz zarur bo‘lgan qoidalar, shu zahoti sizga tushuntirish bermaydi, faqat ko‘zlanayotgan maqbul va samarali natijaga erishish uchun nima ish qilish zarurligini ko‘rsatadi. Har bir yo‘l va vosita o‘qituvchi-texnolog tomonidan, u intilayotgan, yakuniy natijaga erishishga ko‘rinarli qo‘shgan hissasi tomoni bilan baholanishi zarur. Qoidaning maqbulligini talqin qila turib, e’tiborni nafaqat unga, uni qo‘llashni nazarda tutuvchi vaziyat yoki sharoitlarga qaratish zarur. Gap shundaki, qoidalar odatda formula emas, boshqaruv xususiyatga ega bo‘ladi, madomiki ularni qo‘llash mumkin bo‘lgan, ta’lim jarayoni sharoitida ayrim noaniqliklar bor. Bundan tashqari, avvalda shu narsani o‘quv vaziyatida qo‘llab, muvaffaqiyatga erishgan o‘qituvchi-amaliyotchi yoki hammaga ma’lum bo‘lgan ta’lim berish texnologiyasining muallifida, shuni qoidasiz umumlashtirishdagi xatoliklar tarqalgan. Mohiyat shundaki, barcha turli-tumanlikdan mavjud sharoitda va o‘quv rejasida berilgan vaqtda ko‘zlanayotgan natijaga erishishni kafolatli ta’minlaydigan, so‘ngra esa undan shu sharoit uchun mos keladigan, ta’lim berish texnologiyasining- yagona majmuini loyihalashtirish mumkin bo‘ladigan, axborot, muloqot va boshqaruvning shunday yo‘l va vositalarini baholashi, farqlashi va tanlashni uddalashi muhim.

  1. Mashhur marketolog Dj.O’Shonessining“...kitoblar hech qachon tajriba o‘rnini bosa olmaydi degan fikriga qo‘shilish mumkin. Mahoratli oshpaz oshpazlik to‘g‘risida kitob yozishi mumkin, uni tayyorlash yo‘liga amal qilib, xuddi shunday chiqishini kutmaslik kerak, chunki uning mahorati bilan taqqoslab bo‘lmaydi- berilgan qoidani ishlatib muhim ko‘nikma va malakalarga bo‘lish mumkin emas, ular faqat amaliyotda egallanadi va“qo‘llaniladigan donishmandlik” deb ataluvchi amaliyotli donishmandlik bilan mustahkamlanadi, ya’ni vaziyat bilan muvofiqlikdagi donishmandlik” (Dj. O. Shonessi, 2000).

Ta’limni texnologiyalashtirish g‘oyasi yangilik emas. Bundan 400 yil avval chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta’limni texnologiyalashtirish g‘oyasini ilgari surgan. U ta’limni“texnikaviy” qilishga undagan, ya’ni hamma narsa nimaga o‘qitilsa, muvaffaqiyatga ega bo‘lsin. Natijaga olib keluvchi o‘quv jarayonini, u“didaktik mashina” deb atagan. Bunday didaktik mashina uchun aniq qo‘yilgan maqsadlar; bu maqsadlarga erishish uchun, aniq moslashtirilgan vositalar; bu vositalar bilan qanday foydalanish uchun, aniq qoidalarni topish muhimligini yozgan.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida o‘quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko‘rilgan. Ular o‘z ifodasini an’anaviy o‘qitish uchun majmuali texnik vositalarni yaratishda topgan.
Hozirgi vaqtda“pedagogik texnologiya o‘qitishning texnik vositalari yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo‘llash, shuningdek qo‘llanilayotgan usullarni baholash yo‘li orqali ta’lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish yo‘llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir”.
Barcha ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo‘liga o‘tkazish, maktab amaliyoti pedagogik jarayonini ixtiyoriy qurish va uni amalga oshirishdan keskin burilishi quyidagilarni anglatadi:

  • uning har bir qism va bosqichlarining izchil asoslanganligi(ta’lim jarayonini tartiblashtirish- batafsil aniqlangan va asoslangan, ishlarni ma’lum tartibidan tashkil topgan qismlar- muloqot, axborot va boshqaruvning yo‘l va vositalarini bo‘lish orqali mumkin qadar rasmiyatchilik nuqtai nazaridan rasmiylashtirilgan);

  • yakuniy natijani haqqoniy tashxis qila olishga yo‘naltirilganligi;

  • ta’lim jarayoniga mavjud sharoit va belgilangan vaqt ichida qo‘yilgan ta’limiy maqsad hamda ijobiy natijaga erishishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish texnologik jarayonining mukammal, aniq yo‘lga qo‘yilgan, izchil, muvofiqlashgan xususiyatini berish;

  • uning samaradorligi va inson imkoniyatlari(ko‘ch, vaqt)ni maqbullashtirish maqsadi bilan butun ta’lim jarayonini boshqaruvchanligi.

3. “Ta’lim jarayonini ixtiyoriy qurish va amalga oshirishdan, uning har bir qism va bosqichlarini izchil asoslangan, yakuniy natijani haqqoniy tashxislashga yo‘naltirilgan”ga o‘tish uchun asos zarur (V. Bespalko, 1989). Agarda siz ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishga o‘tish muhimligini anglamas ekansiz, unda“biz yangi texnologiyalarning yutug‘larini bermaylik, paydo bo‘lgan muntazamlik mexanizmini chiqarib tashlay olmaydi, yo bo‘lmasa majbur qilingan texnologiyalar ziyonli natijalarni ko‘paytirishi mumkin”.
4. Nihoyat, shaxsiy ta’lim berish texnologiyasini loyihalashtirish va mavjud ta’lim berish texnologiyasini qo‘llash“o‘qituvchi, vaziyat madaniyati, shuningdek shaxsiy yoki talabalarning shaxsiy xususiyatlari bilan yuzma-yuz kelish yo‘nalishi bilan ish tutmog‘i kerak” (E.S. Polat, 2000).

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə